M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet49/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Tayanch tushunchalar: dars, tarbiyaviy ishlar, rejalashtirish, tashkil etish, o‘tkazish, natijalarni tekshirish, tanlov shakllar

Har bir jamoat tashkilotining samarali ishlashi uchun faoliyati aniq maqsadni ko‘zlash va reja bo‘yicha olib borilishiga bog‘liqdir.


Kengash raisi o‘z tashkilotining ishini rejalashtirishdan avval, yuqori tashkilot ish rejasi balan tanishib chiqishi, jamoat hayotidagi navbatda xal qilish lozimligini belgilashi lozim. O‘quvchilar kengashining ish rejasi Har bir o‘quvchining qiziqishini Hisobga olgan Holda jamoat qiziqishlariga asoslangan bo‘lishi kerak. Rejada tadbirlar aniq ifodalanadi, ularni bajarish muddatlarini va javoblari ko‘rsatiladi. O‘quvchilar kengashi ish rejasi bilim yurti yig‘ilishida tasdiqlanadi va yoshlar ittifoqi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishiladi.
Ish rejasi hamma ko‘rinadigan joyga osiladi, vaqti-vaqti bilan olib borilayotgan ishlar Haqida o‘quvchilarga axborot beriladi.
Ish rejasi quydagi shaklda tuziladi:



#

Tadbirning
Nomlanishi

Tadbirni utkazish uchun javobgar shaxs

Bajarilish muddati

Bajarilgani Haqida malu-
Mot

1.













Yig‘ilish (majlis) tashkil etish va o‘tkazish tartibi.
Yig‘ilishlar odatda reja va zaruriyat tug‘ilganda undan tashqari o‘tkaziladi. Masalan, kimdir tartibni buzadi, o‘quvchilar kengashining qaysidir shu’basining ishi yomonlashadi, shunda tezda muxokama o‘tkazish zaruriyati yuzaga keladi va h.o. boshqa hollarda rejaga amal qilinadi. Yig‘ilishning asosiy hal qiluvchi tavsifi kun tartibi Hisoblanadi. Kun tartibiga asosiy talab – uning faolligi, yani muhokama etiladigan mavzu Hayotiy, Hayoliy emas, balki shu kunning muhim muammmosiga bag‘ishlangan bo‘lishi lozim. Kun tartibiga oldingi yig‘ilish qarorlarining bajarilishi Haqidagti tashkiliy ishlar shubasi axborotni kiritish zarur. O‘quvchilar kengashi yig‘ilishlarida iloji boricha, yotoqxona boshliqlarini maishiy yashash sharoitiga oid savollarni va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishi Haqidagi malumotlarni eshitish maqsadga muvofiqdir.
Yig‘ilishga (majlisga) tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar
1. Yig‘ilish o‘tkaziladigan kun va soatni tanlash. Bu ko‘p Hollarda o‘quvchilar a’zolarining va yig‘ilishga kelishiga bog‘liq bo‘ladi. Yig‘ilish o‘tkaziladigan kun va vaqti, Hamda uning kun tartibi bir necha kun oldin kengash azolariga ma’lum qilinishi maqsadga muvofiqdir.
2. Yig‘ilish o‘tkaziladigan joyni tanlash. Sharoit odamni tarbiyalaydi, shuni esdan chiqarmaslik lozim. Toza, Har xil ko‘rgazmali materiallar bilan bezatilgan xona – bezak emas, balki madaniy tarbiya vositasidir. Yig‘ilish odatda bir joyda o‘tkazilishi lozim.
3. Yig‘ilishga kimlar taklif qilinishi lozim? Bu kun tartibiga bog‘lik. Bilim yurti rahbariyati, o‘quv ishlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor muovini, yoshlar kengashi, kasaba uyushmalari rahbarlarini taklif etish mumkin. Tartibni buzish Hollari ro‘y bergan bo‘lsa, buning sababchilari chaqirtiriladi.
4. Ma’ruza o‘tkazilgan tadbirlarning mohiyatiga qaratilishi, ishchan, tanqidiy va o‘z-o‘zini tanqid ruhida bo‘lishi lozim.
5. So‘zga chiquvchilarni aniqlash, ularning muammolarini to‘la tushunishlariga yordam berish, ma’ruza bilan tanishtirish.
6. Qaror loyixasi. +aror loyixasi o‘quvchilar kengashi azolaridan saylangan muhaririyat Hayati tomonidan tayyorlanadi. U bilan kengash azolari qancha erta tanishsalar, shuncha yaxshi. +aror o‘z sharoitiga bog‘liq Holda qabul qilinadi.
O‘quvchilar kengashi xujjatlari.
Har bir tashkilot singari yotoqxona o‘quvchilar kengashi o‘z xujjatlariga ega bo‘ladi. Asosiy xujjatlarga quydagilar kiradi:

  1. Butun o‘quv yili uchun muhobil ish rejasi.

  2. Kundalik ( oylik) ish rejalari.

  3. O‘tkazilgan tadbirlar Hisobini qanday olib borish daftari

Yig‘ilishlar bayonnomasi daftarini qanday tutish lozim?
Har bir yig‘ilishning bayonnomasi mukammal bo‘lishi va unda quydagilar ko‘rsatilishi kerak:

  1. Yig‘ilish o‘tkazilgan sana.

  2. Kun tartibi.

  3. Yig‘ilishda qatnashgan o‘quvchilar kengashi azolarining ism-sharifi.

  4. Taklif etilganlardan kimlar qatnashganligi.

  5. So‘zga chiqqan o‘rtoqlar nutqining qisqacha mazmuni.

  6. Ko‘rib chiqilgan masala bo‘yicha qaror qabul qilinadi va bayonnoma yoziladi.

O‘tkazilgan tadbirlar Hisobini olib borish daftari o‘quvchilar kengashi ish rejasiga binoan to‘ldiriladi, shuningdek qo‘shimcha qilingan ishlar ham yoziladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling