M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Guruh murabbiylarining ish yuritadigan xujjatlari


Download 0.96 Mb.
bet59/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

Guruh murabbiylarining ish yuritadigan xujjatlari,
jurnallari hamda ularning mazmuni, shakli.
O‘quvchining o‘qishga qabul qilingan paytdagi ma’lumotlari.
1.1. O‘quvchining anketasi:

  • o‘quvchining fotosurati;

  • ismi, otasining ismi sharifi, familiyasi;

  • tug‘ilgan yili, kuni, oyi;

  • millati, jinsi, oilaviy ahvoli;

  • ijtimoiy kelib chiqishi;

  • uy manzili, aloqa b o‘limining indeksi;

  • Toshkent shahridagi turar joyining manzili, telefoni;

  • ota – onasi haqida ma’lumotlar;

  • ish staji, xarbiy xizmatga munosabati va h.o.

1.2. O‘qishdagi ma’lumotlar:

  • o‘qishga kirgan yili, buyruq nomeri;

  • boshlang‘ich k o‘rsatgichi( imtihonlardagi test ballari);

  • stepedniya turi;

  • yoshlar ittifoqi, kasaba uyushmasiga azoligi va h.o.;

  • qiziqishi va jamoa ishlaridagi vazifalari;

O‘qish jarayonidagi ma’lumotlar:
O‘quvchining o‘qishi, davomati va jamoa ishlaridagi faoliyatini baholovchi tavsif va har bir o‘quv yilining oxirida murabbiy tomonidan yozib boriladi.
2.1.Murabbiylik ish rejasi.

  • tashkiliy ishlar;

  • o‘quv ishlari;

  • ma’naviy, mafkuraviy, iqtisodiy va huquqiy tarbiya;

  • tarbiyaviy soatning ish rejasi, mavzulari;

  • bilim yurti tadbirlari.

2.2. O‘qish jarayonida t o‘ldiriladigan malumotlar:

  • davomat ( haftalik), o‘zlashtirish ballari;

  • davomati past, hulqi qoniqarsiz o‘quvchilar t o‘g‘risida malumotlar ( suhbat, ota-onasiga yozilgan xat nusxasi, tushuntirish xati, majlis qarorlaridan k o‘chirma, farmoyish yoki buyruqdan k o‘chirma).

  • jamoat ishlarida qatnashishi;

  • shanbalik va navbatchilikda qatnashish;

  • murabbiylik soati, majlis qarorlari va h.o.

Ko‘pdan beri olib borilayotgan pedagogik tajribalar hamda mutaxassislarning fikricha o‘sib kelayotgan yosh avlodga maqsadga muvofiq tasir k o‘rsatishda guruh tarbiyaviy soatlarning ish mazmunini aniqlash va puxta rejalashtirish, yani mavzularini fasllarga, bayramlarga, tarixiy sanalarga, voqealarga qarab, tinchlik, d o‘stlik, birodarlik, oila, baxt, kasb, sevgi, tabiatni sevish, vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosi, insoniylik, axloqiylik, halq urf-odatlar, an’analar singari tarbiyaviy muammolar asosida tanlash muvoffaqiyatga erishishning garovi ekanligini k o‘rsatmoqda. Bunda quydagilarga e’tibor berish kerak.
«Inson va insoniy munosabatlar».
Bunda jamiyatimizdagi mavjud insoniy munosabatlar, o‘qituvchilari, jonajon bilim yurti, o‘z ota-onasi, d o‘stlari, ustozlari va boshqa kishilarga jamiyat mulkiga, ona Vatan boyliklariga munosabat, yurish-turish madaniyati, muaomalasi, rostg o‘ylik, halolik, mehnatga ongli munosabatda b o‘lish.
«Davlat mustaqilligi va inson xuquqi haqida nimalarni bilasiz?»
Bunda mustaqilligi, uning ma’nosi va mohiyati, mustaqil davlat siyosati va iqtisodiyotining mazmuni, tashqi dunyo mamlakatlari bilan d o‘stona aloqalar, milliy mustaqillik imkoniyatlari, vatandoshlar bilan ishbilarmonlik doirasida aloqalar o‘rnatish, dunyo siyosiy voqealarga huquq darajalari, ona Vatanimizga, mehr-muhabbat, sadoqat, e’tiqod kabilarga e’tibor berish.
«Go‘zallik olami».
Bu tushunchada g o‘zallikning mohiyatiga, uni hunukdan farq qilishga, nfosat va etikaga tushunchalari, hayotda insonning kiyinishiga , turmushda, mehnatda, ahloqda muomala va nutq madaniyatiga va boshqalarga k o‘prok e’tibor berish.
«Navr o‘zi olam».
Ushbu mavzu orqali o‘quvchilarda tarixiy va hamisha navqiron bahor bayrami Navr o‘z haqida tushuncha hosil qilish, ularda ona yerini sevish, zamin va tabiatni avaylab asrash. Xalolik va poklikka undash, ezgulik, insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalab borishdir.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling