M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


-MAVZU: Mehribonlik uylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning o‘ziga xosliklari


Download 0.96 Mb.
bet61/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

13-MAVZU: Mehribonlik uylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning o‘ziga xosliklari.
Mavzu rejasi:
1.Mehribonlik uylarida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy ishlar mazmuni.
2.Mehribonlik uylarida tarbiyachilarning faoliyatini tashkil etish. Innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati.


Tayanch tushunchalar: mehr-muruvvat, iymon, e’tiqod, sabr, intizom, ma’anviy-axloqiy fazilatlar, to‘garaklar, umumpedagogik, mehnatsevarlik, estetik madaniyat, yuksak ma’naviyatli shaxs, tarbiya texnologiyalari,jarayon.

“Mehnatsevarlik” tushunchasi mehnatni sevish, uni qadrlash, e’zozlash, xoh aqliy, xoh jismoniy mehnat bo‘lishidan qat’iy nazar, uning ne’matlarini asrash-avaylash tushuniladi. Mehnat inson hayotini sermazmun va boy qilishga qaratilgan jarayon bo‘lib, bu jarayonga muhabbat bilan munosabatda bo‘lish mehnat intizomi me’yorlirini ongli ravishda bajarish, o‘z vazifalariga ijodiy yondashish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, shaxsning har qanday mehnat turiga nisbatan axloqiy munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi. Shu sababli qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz tomonidan ham Avestoda(Zardushtiy), Islom dini ta’limoti tomonidan ham mehnatsevarlik ulug‘lanib kelgan.


Xususan, “Avesto”da mehnatsevar insonlargina yaxshi va farovon turmush kechirishi ta’kidlangan. Shu asarda mehnatni sevmaydiganlar boshqalarning yaxshi, to‘kin va shirin hayotiga bir umr faqat havas qilib yashashlari, agarda mehnat qilmasalar va mehnatni sevmasalar hech qachon yaxshi turmush kechira olmasliklari aytiladi. 10
Islom dini ta’limotida mehnatni sevadigan kishilarni “axloqli” deb sanalib, mehnatni sevish va mehnat qilishning savobini ibodat qilish va namoz o‘qish savobi bilan tenglashtiriladi. Zero, halol mehnat ma’naviy hayotning mezoni, inson hayotining ko‘rki, bezagidir. Mehnat insonga baxt-saodat, farovonlik bahsh etadi va uni uch balojan – yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan saqlaydi, deyiladi.11
Mehnat tarbiyasi masalasiga Sharqning buyuk mutafakkirlari (Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn-Sino, Alisher Navoiy va boshq.) va G‘arbning mashhur pedagoglari (Ya.A.Komenskiy, I.G.Pestalossi, K.D.Ushinskiy va boshq.) katta e’tibor berganlar, mehnatkashlarni va o‘z mehnatiga muhabbat bilan munosabatda bo‘lganlarni ulug‘laganlar. Ular o‘zlarining turli asarlarida yoshlardagi qiziquvchanlik, tejamkorlik, do‘stlik va odamiylik kabi yuksak fazilatlar mehnatsevarlik orqali vujudga kelishini, peshona teri va mehnatga mehr bilan yaratilgan ne’mat nihoyatda qadrli bo‘lishini g‘oyat ta’sirchanlik bilan ifodalaganlar.
Sharq allomalari o‘z asarlarida yoshlikdan uch narsani qo‘ldan bermaslik kerakligini uqtirganlar – vaqtni, o‘qishni va mehnatni, shuning uchun ham ularning iste’dodlari yoshliklaridan namoyon bo‘lgan. Yoshlikdan ular axloq-odob bobida barchaga namuna bo‘libgina qolmasdan, maqsad sari intilish, halol ter to‘kish, mehnatni sevish bobida alohida ajralib turganlar. Ularning butun insoniyatga mashhur bo‘lishlarining zamirida mehnat yotgan bo‘lib, inson axloqini shakllantiruvchi vosita esa – mehnat, deb hisoblaydilar. Aql-idrok va mehnatgina kishilarning hayoti va pok axloqini belgilab beradi. Ular o‘zlarining ko‘plab asarlarida axloqiy tarbiyaning bosh mezoni mehnat ekanini isbotlab berganlar.12
Buyuk allomalardan biri bo‘lmish Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida, dexqonchilik va bozor hunarlari haqida gapirib, shunday deydi: “Har bir hunarni qilsang ham, chaqqon bo‘lgil va pokiza ish qilgil. Sening ishing hamma xunarmandlarning ishidan yaxshiroq bo‘lg‘ay”.13
Alisher Navoiy chinakam insonning eng asosiy xususiyati deb bilgan. Mehnat kishini bezashini, uni har tomonlamakamol toptirishini yuksak ko‘tarinki ruh bilan madh etgan, yoshlarni sidqidildan mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga chaqirgan. Bunga Navoiyning quyidagi baytlarini misol qilib keltirishimiz mumkin:
Umrni zoe’ etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kalidi bil.
Mirzo Ulug‘bek esa yosh avlodga tarbiya berishda yaratilgan ne’matlarni e’zozlash va qadrlashga o‘rgatish lozimligini ta’kidlagan.14
Abu Rayxon Beruniy o‘zinig “Xindiston” asarida mehnatni ulug‘lab, olimlar mehnati tufayli ilmiy yodgorliklar bunyod etilishini ta’kidlasa, Xoja Baxovuddin Naqshband esa uvaysiy bo‘lgani, o‘zini hatto o‘tin tashishdek mashaqqatli mehnatdan ayamagani bizga ma’lum.15
Taniqli chex pedagogi Ya.A.Komenskiy yashagan davrda faqat qobiliyatli kishigina o‘qishi kerak, deb hisoblanar edi. Lekin olim o‘z faoliyati davomida bolaning ta’lim olishi jarayoniga mehnat shakllaridan biriga qaraganday munosabat bo‘lib, unga hammaning jalb qilinishi kerakligini uqtiradi. Shu bilan birga olim shunday deydi: “Mehnat kishini ulug‘laydi shuning uchun mehnatga ham kishini yoshlikdan o‘rgatish kerak”.16
Mashhur shveysariyalik pedagog I.G.Pestalotsi esa mehnat tarbiyasini bolalarning jismoniy kuchlari hamda aqliy va axloqiy qobiliyatlarini o‘stiradigan vosita, deb qaragan. Olim odamning kamolotga yetishi uchun mehnat tarbiyasining ahamiyati katta ekanini uqtirib, bolalarning ko‘nglini xushvaqt qilishga va aqlini o‘stirishga yordam beradi, deb hisoblagan. 17
Bundan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, “mehnatsevarlik” deganda biz shaxsda mehnatga – mehnat jarayoni va uning natijasiga, shu jarayonning ob’ekt va sub’ektlariga xurmat bilan qarash, mehnat ne’matlari hamda shu ne’matlarni bunyod qilishda foydalaniladigan mehnat qurollari va uskunalariga ehtiyotkorlik bilan, ne’matlar va ular tayyorlanadigan xom ashyolarga esa tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, mehnat intizomi me’yorlarini ongli ravishda bajarish va o‘z faoliyati (aqliy yoki jismoniy bo‘lishidan qat’iy nazar) jarayonida tirishqoqlik hamda ijtimoiy faollik fazilatlarini namoyon qilishini tushunamiz. Shaxsda mehnatkashlik, mehnatga sevib munosabatda bo‘lishni tarbiyalash esa undagi insonparvarlik, intizomlilik, odamiylik, vatanparvarlik kabi yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishga va rivojlantirishga yordam beradi.
Mavzu taqazosiga ko‘ra, mehnatsevarlik bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim tushunchalar izohini keltirishni lozim ko‘rdik. Ular ta’lim bosqichlariga mos holda izohlangan:
Tartiblilik - ma’lum tartib, qonun-qoida talablariga javob beradigan; tartib asosida, izchil harakat birligini ta’minlashni uddulash fazilati. Bunday fazilat egasi har doim tartib-intizomga rioya qilish, intizomli bo‘lishni o‘zining odatdagi hislati darajasiga ko‘tara oladi.
Uyushqoqlik - bir maqsad yo‘lida birlashish, uyushish, harakat qilish bilan bog‘liq fazilat bo‘lib, amaliy jihatdan uyushib, qovushib harakat qilish, ish faoliyatida yaxshi uyushish, jipslashish ma’nolarini anglatadi. Bunday hislat egalarida ish-harakat, ayniqsa o‘yin jarayonida birgalikda harakat qilishda tabiiy moyillik ko‘zga tashlanadi.
Kirishuvchanlik – muloqot jarayonida, birgalikdagi ishlarda o‘zini chetga olmaslik, boshqalar bilan hamkorlik qilishga moyillik va rag‘batga egalik. Bunday fazilat egalari faqt suhbat va muloqotlar jarayonida emas, balki birgalikda qilinishi lozim bo‘lgan amaliy faoliyat turlarida ham boshqalar bilan hamkorlik qilishga, birgalashishga tayyor bo‘ladi.
Qiziquvchanlik – qiziqishga, havas mayliga ega bo‘lishdan iborat fazilat. U insonning tug‘ma tabiati bilan bog‘liq. Inson bolaligidan boshlab atrofidagi narsa-hodisalarning mohiyatini, tabiatini bilishga qiziqadi. Mehnatsevarlik ham mana shu qiziquvchanlik bilan bog‘liq holda kamol topadi. Qiziquvchanlik shaxsning o‘zini, o‘zligini ko‘rsatish bilan aloqador holda undagi irodaviylik xislatlarining tarbiyalanishiga ham ko‘mak beradi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling