M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi


Download 0.96 Mb.
bet63/107
Sana06.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1333271
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
Bog'liq
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023

O‘git-nasihat metodi. Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini xalq pedagogikasi janrlari orqali mehnatsevar qilib tarbiyalashda o‘git-nasihat metodidan foydalanish imkoniyatini beradi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, ko‘pchilik xalq maqollarida mehnat va mehnat ahli ardoqlangani kabi, ana shu maqollar orqali mehnatga muxabbat qo‘yish, mehnat qilish zarurligi pand-nasixat yo‘li bilan uqtiriladi. Masalan:
Urug‘ sepmay ekin o‘smas,
Mehnat qilmay roxat ko‘rmas.
Suvsiz xayot bo‘lmas,
Mehnatsiz roxat.
Ter to‘kib mehnat qiling,
Yerdan xatto zar unar.
Shu bilan birga, insonning mehnatsevarligi tufayli kuchli iroda va matonat tarbiyalanishi pand-nasixat yo‘li bilan uqtirib kelingan.
Seni ish yengmasin,
Sen ishni yenggin!
Shunga o‘xshash misollar ertaklarda ham ko‘p uchraydi. Masalan, “Shirin uyqu”20 ertagi insonning o‘z mehnati, peshona teri bilan topgan oddiy noni begonaning shoxona palovidan ham shirin bo‘lishi uqtiriladi.
Yuqorida keltirilgan maqol va ertaklar, shubxasiz, yoshlarni mehnatni qadrlashga, mehnatga muxabbatini oshiradi va mehnatsevar bo‘lib yetishishlarida kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Namuna ko‘rsatish metodi. Bu metod Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini xalq pedagogikasi orqali mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda yuqori o‘rin egallaydi. Bu metodda ishning “ko‘zini” bilib ishlash va unumli mehnat qilish yuzasidan namuna ko‘rsatishga alohida ahamiyat berilgan bo‘lib, u xalq og‘zaki ijodining deyarli barcha janrlarida o‘z aksini topgan. Masalan, “Oz yerdan ko‘p xosil” ertagida sevib mehnat qilish orqali inson kichik imkoniyatdan ham unumli foydalanishi mumkinligini tajribali dexqon chorikor yigitga yerga qanday ishlov berish kerakligini o‘rgatishi namuna qilib ko‘rsatiladi.21
Shu bilan birga xalq pedagogikasida xalol mehnat bilan yetishtirilgan xosil, pul-davlat ham totli bo‘lishini namuna qilib ko‘rsatadigan ertaklar ham mavjud. Bunga “Xar kimning mehnati o‘ziga shirish” ertagini misol qilish mumkin.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling