M. X. Baybayeva Nizomiy nomidagi tdpu "Pedagogika" kafedrasi
Download 0.96 Mb.
|
2-курс ТИМ МАЖМУА 2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-MAVZU: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalari bilan olib boradigan ishlarning mazmuni. Mavzu rejasi
- Tayanch tushunchalr
Nazorat savollari
Iqtisodiy tafakkur va uning shakllanishi. Iqtisodiy tafakkur va amaliyot. Iqtisodiy tafakkurning iqtisodiy madaniyatni shakllanishiga ta’siri. Tadbirkorlik madaniyati nima? Iqtisodiy madaniyatni shakllanishi? Iqtisodiy madaniyatni ikki shakli? Iqtisodiy tafakkurni namoyon bo‘ladigan jarayonlari? 15-MAVZU: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalari bilan olib boradigan ishlarning mazmuni. Mavzu rejasi: 1.Yoshlar ittifoqiining faoliyati, maqsad va vazifalari. 2.Yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalari bilan olib boradigan faoliyati. 3.Yoshlar ittifoqining faoliyatini yo‘nalishlari Tayanch tushunchalr: darsdan tashqari ta’lim, tarbiya, uning turlari, shakllari, iqtisodiy tarbiya, huquqiy tarbiya, estetik tarbiya, ekologik tarbiya, ularni rejalashtirish, o‘z – o‘zini tarbiyalash mustaqillik, iqtidorli yoshlar tarbiyasi. Huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan sanaladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotni rivojlantirishning muhim talablaridan biri ham aynan yoshlarning huquqiy va siyosiy hayotdagi faolligini oshirishdir. Bu esa bir necha omillarni o‘z ichiga oladigan o‘ziga xos murakkab jarayon. Mazkur jarayonda dastlab masalaning ilmiy yechimini topish ijobiy samara beradi. Shu bois yoshlar huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish jarayonini biz respublika akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari misolida tadqiq etishni maqsad qilib qo‘ydik. Shu o‘rinda masalaga ilmiy-nazariy jihatdan yondashishdan oldin yoshlar tushunchasining yosh chegara doirasini aniqlashtirish to‘g‘ri bo‘ladi. Yoshlar o‘ziga xos ijtimoiy guruh sifatida olimlar tomonidan muntazam olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarning diqqat markazida bo‘ladi, sababi aynan yoshlar mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarning ko‘rsatkichi hisoblanadi va jamiyat rivojining salohiyatini belgilab beradi. «Yuventologiya» yoshlar haqidagi fan (lotincha «yuventus» – yoshlik, o‘smirlik; o‘spirinlik, yosh insonlar va yunonchada «logos» – so‘z, fikr, o‘qish degan ma’nolarni anglatadi) vakili V.V.Pavlovskiy ushbu guruhning yosh doiralarini o‘smirlik va balog‘atga yetganlik umumiyligi o‘rtasida o‘tish holatini egallovchi 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan davr deb belgilaydi23. «Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati»da yoshlar tushunchasiga: «Yoshlik chegarasi beqaror va aniq ajratilishi qiyin, lekin soha mutaxassislari ko‘pincha uni 15-30 yil bilan o‘lchaydilar. .... Mazkur ijtimoiy guruhga shu toifa ichidagi muloqotga mo‘ljal qilish xosdir»,24– degan izoh berilgan. Ko‘pchilik sotsiologlar yoshlarga mansublikni 16 yoshdan 29 gacha, deb belgilashadi. S.I.Ikonnikova va T.S.Lisovskiylar yosh avlodning yosh jihatini tahlil etib, bunda faqat yosh alohida ahamiyat kasb etmasdan, balki ularning hayotga munosabatlari, qarashlari va maqsadlari o‘xshashligining muhimligini ta’kidlashadi. Yosh avlod o‘zi yashayotgan ijtimoiy makonda ijtimoiy xususiyatini yo‘qotmaydi. Yoshlardagi qarashlar, qiziqishlar, qadriyatlar, harakatlar va xohishlarning umumiyligi ularning jamiyatga nisbatan shakllanadigan hayotiy pozitsiyasining asosiy ko‘rsatkichidir. V.Chuprovning ta’kidlashicha, «...yoshlarning o‘ziga xos alohida ijtimoiy muhim jihati ... yosh avlod vakillarining ijtimoiy munosabatlar tizimini... meros qilib olishi va uni qayta ishlab chiqib, hayotga moslashtirish qobiliyatlari bilan belgilanadi»25. Yoshlar deganda hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ hujjatiga muvofiq 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar26 va o‘zining manfaatlarini ta’minlashni amalga oshirishga intiluvchi istiqbolli fuqarolar, ya’ni aholining ijtimoiy faol qismi tushuniladi. Buning uchun ushbu ijtimoiy guruhga jismonan ulg‘ayish, shaxs sifatida shakllanish, jamiyat hayotining asosiy sohalari (iqtisod, huquq, siyosat va oilaviy munosabatlar)da huquqiy muomalaga kirishish kabi xususiyatlar xosdir. Yoshlar guruhi (kasb-hunar kolejlari va akademik litsey o‘quvchilari) o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan, e’tibortalab ijtimoiy guruh hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi kunda ushbu o‘quv yurtlarida 15-16 yoshdan 18-19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘qiydi. Mutaxassislar yoshlarning mazkur ijtimoiy guruhini o‘spirin yoshlar, deb atashadi. Tarbiya ensiklopediyasida: o‘spirin – inson taraqqiyotining taxminan 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davri; pedagogikada «katta maktab yoshi» ham deyiladi. O‘spirinlik so‘ngida, odatda, yigit-qizlar jismoniy va ruhiy jihatdan balog‘atga yetadilar. O‘zbekiston Respublikasida 1992–2016 yillarda amal qilayotgan ta’lim tizimiga ko‘ra, o‘spirin yoshidagilar kasb-hunar kollejlari yoki akademik litseylarda tahsil olishi yo‘lga qo‘yilgan edi27. O‘spirinlikda tuyg‘ularning rang-barangligi va teranligi kuzatiladi. Ular salbiy holatlarni og‘ir kechiradilar, adolatsizlik, nohaqlik singari ko‘rinishlarga murosasiz bo‘lishadi va bundan kuchli ta’sirlanadilar. «O‘spirinlik» tushunchasiga quyidagi mualliflik ta’rifini ishlab chiqdik: O‘spirinlik – odamning bolalik bilan yoshlik o‘rtasida kuch-quvvatga to‘lib toshgan, intilishlar chegara bilmaydigan, romantik xayollar og‘ushida, qahramonliklar ko‘rsatishga, ko‘pchilikning e’tirofi va e’tiborini qozonishga, o‘z tushunchasi darajasida adolatga bor kuchi bilan intilib yashaydigan, taxminan 15-18 yoshlik e’tibortalab davri bo‘lib, u inson hayotida muhim yosh bosqichidir. O‘spirinlar qahramonliklar ko‘rsatishga, ko‘pchilikning e’tirofi va e’tiborini qozonishga intilib yashashadi. O‘spirinda o‘z-o‘zini anglash kuchli bo‘ladi. Ular o‘z-o‘zini anglashda o‘z-o‘zini tarbiyalash bosqichiga o‘tishga qobil bo‘lishadi. Har xil ijtimoiy guruhga mansub yoshlarni alohida guruhlarga bo‘lib o‘rganish, ilmiy tadqiqotning aniqligi va samaradorligini ta’minlaydi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi yoshlarning aksariyati 15-18 yoshdagi o‘quvchilardan iborat bo‘ladi. Ularning muayyan qismini esa 18 yoshga to‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shu bois yoshlarning ushbu ijtimoiy qatlami huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishda ularning yosh psixologiyasiga ham e’tibor qaratish dolzarb sanaladi. Ushbu tahlillarga asoslanib biz tadqiqotimizda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qiydigan 15-19 yoshdagi o‘quvchilarni nazarda tutamiz. Yoshlarning o‘spirinlar, deb atalmish mazkur toifadagi ijtimoiy qatlami yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lmaganligi uchun ularning ayrimlarida taqlidchilik ustunlik qiladi. Bundan, tabiiyki, ayrim huquqbuzar yoki jinoyatchilar o‘z manfaati yo‘lida foydalanishadi. Huquqiy madaniyatning aksi bo‘lgan huquqbuzarlik, aslida, o‘spiringa berilgan noto‘g‘ri tarbiya yoki munosabatning oqibatidir. Agar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi o‘quvchilarga nisbatan huquqiy tarbiya ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib tizimli tarzda ilmiy yondashuv asosida amalga oshirilmasa, ijobiy samara bermasligi mumkin. Chunki yoshlarning ushbu guruhi jismoniy, biologik, psixologik va demografik xususiyatlariga ko‘ra boshqa yoshlar guruhlaridan ajralib turadi. Bu esa hozirgi kunda mamlakatimizda 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tishi hamda mazkur toifa yoshlarining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ularning ta’lim olish jarayonidagi muammolarni davlat miqyosida hal etish masalasining naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2829-son qarori bu borada muhim huquqiy asos bo‘ldi. Unda, akademik litseylarda o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta’lim maktablarining eng iste’dodli o‘quvchilarini jamlash, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlari hamda ruhiy xislatlarini e’tiborga olgan holda mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish bosh maqsad etib belgilandi28. Ushbu qaror o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tarish, o‘quvchi-yoshlarning jahon andozalariga mos sharoitda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy hamda ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib kamol topishi yoxud ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoiylik tuyg‘ularini shakllantirish, eng asosiysi, ijtimoiy faol, huquqiy va siyosiy madaniyati yuksak, mustaqil fuqarolik pozitsiyasiga ega, yangicha fikrlaydigan avlod vakillarini tarbiyalashni nazarda tutgani bilan ahamiyatlidir. Binobarin, o‘spirinlar jamiyatda to‘laqonli hayot kechirish uchun kelajakda egallashi lozim bo‘lgan o‘z o‘rinlari haqida jiddiy bosh qotiradigan bo‘lishadi. Ular kelajakda yaxshi yashash uchun bu davrda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishini bilishadi va shunga qarab o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishadi. Mamlakatimizda akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga hozirgacha har yili 500 ming atrofida o‘spirin yoshlar o‘qishga kirib, bitirayotgani katta masala mavjud ekanligini anglatadi. Ya’ni, mana shu yoshlarning mamlakat huquqiy tizimiga o‘z huquq va erkinliklari hamda burchlarini o‘zlashtirgan holda kirib kelishi muhim sanaladi. Ular huquqiy madaniyatining yuksalishi mamlakatimizdagi tub islohotlarning mazmun-mohiyatini teran anglaydigan, huquqiy jihatdan yetuk, siyosiy faol fuqarolarning mustaqil hayotga yo‘naltirilganini anglatadi. Ushbu sohadagi ishlarimizning ideal emasligi hozirgi kunda barchaga ma’lum. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev qayd etganidek,«bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xatarlarga duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-kuy bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim»29.Shu nuqtai nazardan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mavjud muammolarni bartaraf etish zarurati mavjud. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida belgilanganidek,«manfaatdor tashkilotlarning ishtirokida yoshlarni huquqiy tarbiyalashning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqishlari kerak»30. Yoshlarning huquqiy madaniyati o‘spirinlik davrida alohida ahamiyat kasb etadi. Sababi bu paytda, unda ulg‘ayish bilan bog‘liq turli o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. U o‘ziga e’tibor talab qiladi. Mustaqil faoliyat yuritishga harakat qiladi. Shu paytda u har xil toifadagi do‘stlar orttiradi, bu paytgacha unga aytilgan narsalarga tanqidiy qaray boshlaydi, maktab davriga nisbatan mustaqil va o‘z nuqtai nazariga ega bo‘ladi, ota-onaning pand-nasihatlari, qattiqqo‘lligi, doimiy nazorati yoqmaydi, uning mustaqil fikrlashga, mustaqil qaror chiqarishga intilishi kuchayadi. Demak, aytish mumkinki, birinchidan, huquqiy madaniyat jamiyat huquqiy va siyosiy tizimi bilan bog‘liq murakkab jarayon. Yoshlar siyosiy madaniyati – shaxsning erta bolalikdan dastlab oilada, maktabgacha ta’lim muassasasi, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari yoki mavjud tashqi ta’sir doirasida davlat, siyosiy tizim, siyosiy institutlar va siyosiy jarayonlar haqidagi siyosiy ong, siyosiy bilim va siyosiy xulq-atvorining yig‘indisidir. Agar o‘quvchi bunday bilimlarga ega bo‘lmasa, boshqa faol siyosiy kuchlar tomonidan siyosatning qurboniga aylanishi mumkin. Aynan shu boisdan ham yoshlar huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini yanada shakllantirishda esa yoshlarning yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatisiz belgilangan natijaga erishish mushkul bo‘lishi shubhasiz. Xullas, «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «yoshlar huquqiy va siyosiy madaniyati» tushunchalari bir-biri bilan mantiqan chambarchas bog‘liq. Ushbu kategoriyalarni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil va tadqiq etish, mamlakatimizda yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi hamda mazkur jarayonga munosib vorislarning tayyorlanishiga zamin yaratadi. Nazorat uchun savollar 1.Yoshlar ittifoqiining faoliyati, maqsad va vazifalari. 2.Yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalari bilan olib boradigan faoliyati. 3.Yoshlar ittifoqining faoliyatini yo‘nalishlari Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling