M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n


-Mavzu:Pedagogik jarayonni loyihalashtirishda rivojlantiruvchi ta’lim tehnologiyalari


Download 0.79 Mb.
bet24/35
Sana09.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1472888
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
loyiha 2 umk

9-Mavzu:Pedagogik jarayonni loyihalashtirishda rivojlantiruvchi ta’lim tehnologiyalari.
Reja:
1.Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi.
2.Pedagogik texnologiya mezonlari, aspektlari va qo’llanilish darajalari.
3.Pedagogik texnologiyaning tuzilishi va mezonlari.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo’lib: u texnik vositalar haqidagi ta'limot deb hamda o’qitish jarayonini loyiqalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Ayrim mualliflar esa o’qitish texnologiyalariga fan va san'at oralig’idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar.
Shunday qilib, ba'zi yondashuvlarda pedagogik texnologiyalar o’qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.
Boshqa yondashuvda esa texnologiyaga ta'lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta'minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta'limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va ?arbiy Yevropada ta'limni isloh qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi. B. Blum, J. Keroll, P.Ya. Galperin, V.I. Davidov, N.A. Menchinskaya, Z.I. Kalmikova, L.I. Zankov texnologiyalari mashxur. O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari
V.P. Bespalko, N.F. Talizina, L.M. Fridman, Yu.N. Kulyutkina, G.S. Suxobskoy, T.V. Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.I. Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.
Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko’rsatadiki, aksariyat o’qitish texnologiyalari bo’sh texnologiyalanganligi bo’yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan.
T. Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya'ni o’qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o’qitish yoki o’qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi.
L.V. Zankov, T.Ya. Galperin, V.I. Davidov tadqiqotlarida bosqichli o’qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.
1. Pedagogik texnologiyada hali ko’p aniqlanmagan masalalar bor. Bu muammoni tadqiq etish o’qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik mohiyatini aniqlash bilan bog’liq.
Pedagogik texnologiya o’ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta'lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi.
Ta'lim texnologiyasi deganda ta'limning belgilangan maqsadi va talabaning bilim darajasiga ko’ra o'quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalda bo’lishini ta'minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi.
Ta'lim texnologiyali muammolari, mualliflik maktablari va o'qituvchi-novatorlarning ulkan tajribalari doimiy ravishda umumlashtirishni va sistemalashtirishni talab etadi. Sistemani tashkil etuvchi poydevor asosi sifatida pedagogika uchun yangi bo’lgan tushunchadan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi - pedagogik jarayonlarni taxlil qilish va loyihalashtirishga yangicha "texnologik" yondoshish va "texnologiya". Pedagogik texnologiya tushunchasi pedagogik leksikaga mustahkam kirib keldi.Ammo uni tushunish va ishlatishda turlicha o'qishlar katta farqi bor. Bugungi kunga kelib pedagogik texnologiya tushunchasini 300 dan ortiq ifodalanishi mavjud.Pedagogik texnologiya mezonlari, aspektlari va qo'llanilish darajalari.
"Pedagogik texnologiya" lar uchta aspektlar bilan taqdim etiladi:
(3-chizma)

Mazkur darajalarga to’liq izoh beriladigan bo’lsa, umumpedagogik (umumdidaktik) daraja:


umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta'limning ma'lum bos?ichida ushbu region, o’quv yurtida yaxlit ta'lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda pedagogik texnologiya pedagogik tizimga o’xshashdir: unga o’qitishning maqsadlari, mazmuni, vosita va metodlari to’plami, faoliyat ob'ekti va sub'ekti algoritmi kiradi.
Xususiy metodik (fan) darajasi: xususiy metodik pedagogik texnologiya "xususiy metodik" ko’rinishida qo’llaniladi, ya'ni bir fan, sinf, o’qituvchi doirasida o’qitish va tarbiyalash ma'lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to’plami sifatida ishlatiladi.
Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o’quv-tarbiyaviy jarayonning alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).
Pedagogik texnologiyaning tuzilishi va mezonlari.
Dastlabki ma'ruzalarda pedagogik texnologiya haqidagi tushunchalardan texnologiya o’quv jarayoni - o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, uning tuzilishi, vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog’liqligini ta'kidlab o’tilgan edi.
Shu nuqtai-nazardan pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi:
1. Konseptual asosi.
2. O’qitishning mazmunli qismi:
"o’qitish maqsadlari - umumiy va xususiy, aniq;
"o’quv materiali mazmuni.
3. Prosessual qismi - texnologik jarayon:
"o’quv jarayonini tashkil etish;
"o’quvchilar o’quv faoliyati metodlari va shakllari;
"materiallarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish bo’yicha o’qituvchining faoliyati;
"o’quv jarayoni diagnostikasi.har qanday pedagogik texnologiya ba'zi bir metodologik talablarga yoki texnologiklik mezonlariga javob bera olishi kerak. Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi:



Konsetuallik. har bir pedagogik texnologiyaga ta'lim maqsadlariga erishish falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ma'lum ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo’lishi kerak.


Tizimlilik. Pedagogik texnologiya sistemalilik belgilariga ega bo’lishi kerak: jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog’liqligi, yaxlitligi.
Boshqariluvchanligi o’qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko’zlash, rejalashtirish, lohalashtirish, bosqichma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o’zlashtirish mumkinligini ko’zda tutadi.
Samaraliligi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda mavjud va natijalar bo’yicha samarali, harajatlar bo’yicha optimal bo’lishi, o’qitishning ma'lum standartiga erishishni kafolatlashi kerak (ya'ni, 70% foizdan ortiq o’quvchilar "yaxshi" bahoga va "a'lo" bahoga o’qishlari kerak, bu esa agarda sinfda 25 ta o’quvchi bo’lsa - shundan 19 tasi deganidir).
Qayta yangilanishi pedagogik texnologiyani boshqa bir turdagi ta'lim muassasalarida, boshqa sub'ektlar bilan qo’llanilishini (takrorlanishini, qayta tiklanishini) nazarda tutadi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling