M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n
Download 0.79 Mb.
|
loyiha 2 umk
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kirish
- 3. «Teta—poya» mashq
- 5. Mustaqil bajariladigan mashq
An`anaviy dars — muayyan muddatga mo’ljallangan, ta’lim jarayoni ko`proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an’anaviy dars — ko`p hollarda ta’lim jarayonining birdan — bir metodi bo’lib qolmoqda.
Ma`lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. Shu bois, ba’zida an’anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi. An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma’ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib, o’quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.An`anaviy dars o’tishda mashg’ulotning bosqichlarini quyidagicha rejalashtirish mumkin.3 1. Kirish. O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning mavzusi va mashg’ulot rejasi bilan tanishtirish. 2. Yangi mavzuni yoritish. Yangi mavzuni kichik — kichik bo’lakchalarga bo’lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko’rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o’quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta’minlash. 3. «Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o’quvchilar bilan qadam va qadam hal qilish va tahlil qilish: 4 . Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o’qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi. 5. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda oqituvchi yordamisiz bajarishadi. 6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash. 7. Yakunlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o’quv maqsadlarini jamlash. Ko`rinib turibdiki, an’anaviy dars mashg’ulotida barcha dars bosqichlari qadam va qadam amalga oshiriladi va hech qanday g’ayrioddiylik mavjud emas. Bu o’quvchini darsga bolgan ishtiyoqining sustligini va dars o’tishdagi bir xillikni ta’minlaydi. Shunday bo’lsada, an’anaviy o’qitishda o’ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjuddir. Zero, an’anaviy ta’lim metodlari quyidagi afzalliklarga ega: Ma`lum ko`nikmalarga ega bolgan va aniq mavhum tushunchalarni, fanni o`rganishda foydali ekanligi. Bu an’anaviy ta’limda ilmiylik tamoyilining amal qilayotganligi va o’quvchida tizimli bilimlarning hosil bolayotganligidir. O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi, ta’limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar sust ishtirok etsalar ham, dars mashg’ulotida ular yuqori intizom namunalari ko`rsatadilar.Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg’ulot bosqichlarining to’liq amalga oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladi.4 An’anaviy ta’lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki, bu o`quv jarayonida noan’anaviy ta’lim metodlarini qo’llash ehtiyojlarini paydo qiladi. Bu kamchiliklar quyidagilardir.O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday pasivllika olib keladi. O`qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. Chunki, o’quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-harakatlar qat’iy talab asosida sodir boladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni uyg`otmaydi.O`quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. Chunki, har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida sodir bolayotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo’lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi.Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir-xil bo`lmaganligi sababli, sinf bo`yicha o`zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin. Ya’ni, an’anaviy ta’limda mashg’ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil uslublarni, xotirani mustahkamlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g’oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi. O`qitishning noan’anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin. Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta’lim modellari deb ham atashadi. Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayon-larni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko’rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o’quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta’lim olishini ko`zda tutuvchi metod. Hamkorlikda o`rganish modeli — o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga talim olishini ko’zda tutadigan metod. O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo’naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod. Noan’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o’quvchi bo’lgan) o`qitish metodlarning afzalliklari: O`qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.O`z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi. O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi.Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi.O`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.O`quvchilar-ning predmetning mazmuniga. O`qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati. Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchining shakllanishiga yordam berishi. Nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi.Muammolar yechish ko`nikmalarining shakllanishi. Noan’anaviy o’qitish metodlari quyidagi kamchiliklarga egadir.Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko’p vaqt talab etilishi.O`quvchilarni har doim ham kerak-licha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi rolining past bo’lishi. «Kuchsiz» o`quvchilar bo’lganligi sababli «kuchli» o`quvchilarning ham past baho olishi.O`qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muam-molar yechish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi. 5Shunday qilib, bugungi kunda dars mashg’ulotlarida ham an’anaviy, ham noan’anaviy o’qitish modellaridan foydalaniladi. Bunda mavzuning xususiyatiga, o`zlashtiriladigan materialning mazmuniga va o`quv maqsadlarining tarkibiga va nazorat tizimining qanday tashkil etilish jihatlariga e’tibor beriladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli -tuman bolalar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish bolalarning o`zlashtirish darajasini ko`tarilishiga olib kelar ekan. An’anaviy dars – muayyan muddatga mo’ljallangan, ta’lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, uni yoritish,mustahkamlash va ya-kunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganida, an’anaviy dars– ko’p hollarda ta’lim jarayonining birdan-bir asosiy metodi bo’lib qolmoqda.Ma’lumki, an’anaviy ta’lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. An’anaviy dars o’tish modelida ko’proq ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib, talabalar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman talabalar faoliyatini faollashtiruvchi metodlar bilan boyitish talabalarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib kelar ekan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling