M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n


Katta guruhlarda ishlash. Texnologiya 3X4


Download 0.79 Mb.
bet28/35
Sana09.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1472888
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
loyiha 2 umk

Katta guruhlarda ishlash. Texnologiya 3X4.
Har bir guruh “mevalar” so‘ziga 3 tadan ta’rif beradi. Plakatga 5 daqiqa ichida har bir guruh o‘z fikrini chizadi. Shundan so‘ng birinchi guruh o‘zining plakatini ikkinchi guruhga, ikkinchi guruh uchinchi guruhga, uchinchi guruh to‘rtinchi guruhga, to‘rtinchi guruh birinchi guruhga plakatni beradi. Har bir guruh qabul qilingan plakatga o‘z fikrlarini chizib, keyingi guruhga uzataveradi. Fikrlar qaytarilishi kerak emas. Har bir guruh o‘zining birlamchi plakatini qayta qo‘liga olmagunga qadar o‘z fikrlarini chizib borishlari kerak. So‘ngra har bir guruh 3 daqiqa ichida taqdimot o‘tkazadi.
Guruhlarga bo‘linish. “Halqacha”o‘yini.
“Halqacha” o‘yini davomida bolalar 4ta kichik guruhlarga bo‘linadilar, o‘yin bolalar diqqatini jamlashga yordam beradi. Bolalar musiqa ohangi ostida xonada sayr qiladilar. Tarbiyachining “1 ta halqa hosil qiling, 2 ta halqa hosil qiling” degan buyrug‘idan so‘ng o‘zlariga juftlik topib olib birlashishlari lozim. O‘yin bolalar 4 kishidan iborat guruh tashkil etganlarida yakunlanadi. Shu tariqa 4 kishidan iborat guruhlar tashkil etiladi va har bir guruh aniq bir stol atrofiga o‘tiradi.
1.“Keling tanishamiz” o‘yini
Tarbiyachi bolalarga to‘ldirish uchun kartochkalar tarqatadi. Kartochka to‘ldirilganidan so‘ng bolalar xohishiga ko‘ra bir nechtasi muhokama qilinishi mumkin.
Keling tanishamiz
Mening ismim-
Mening hayotdagi eng muhim rolim- bu-
Ishda men-
Bo‘sh vaqtimni o‘tkazishning eng sevimli shakli- bu
Men haqimda insonlar bilishi kerak bo‘lgan narsa-
Ish faoliyatimda yordam beruvchi mening kuchli tarafim-
Interfaol o‘qitish mashg‘ulotini o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratishingiz tavsiya etiladi.
1. Mashg‘ulot ishtirokchilarini, mavzuni tanlash:
2. Ishtirokchilar yoshi, ularning qiziqishlari, kasbi;
3.Ushbu mavzuda ushbu guruhlar bilan avval mashg‘ulot o‘tkazilganmi?
4. Ushbu mashg‘ulotga guruhni qiziqtira olish.
Mashg‘ulotga kerak bo‘ladigan shartlarga quyidagilar kiradi.
1. Mashg‘ulotga aniq maqsad qo‘yiladi;
2. Tarqatma jihozlar tanlanadi;
3. Texnik jihozlar bilan jihozlanadi;
4. Ishtirokchilar bilan ta’minlash;
5. Asosiy savollar, ularning ketma-ketligiga rioya qilish;
6. Hayotdan olingan amaliy misollar keltira olish kerak.
Interfaol usullardan foydalanganda boshlovchi quyidagilarni bilishi lozim
1. Interfaol usullar, uning mazmun- mohiyati;
2. Ta’lim maqsadini amalga oshirishda interfaol usullarning o‘rni va roli;
3. Interfaol usullarni qo‘llash tamoyillari;
4. Ta’limiy va ishchanlik o‘yinlari;
5. Tinglovchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo‘llari;
6. Tinglovchilarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari;
7. Ko‘rgazmali-texnik vositalaridan foydalanishni bilish;
8. Faollashtiruvchi usullar.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling