M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n


O’qitishning noan’anaviy texnologiyalari


Download 0.79 Mb.
bet27/35
Sana09.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1472888
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
loyiha 2 umk

O’qitishning noan’anaviy texnologiyalari talabalar faolligini oshirishga, peda-gog va talabalar o’rtasida hamkorlik va qaytuvchan aloqa o’rnatilishiga, yangi zamonaviy o’qitish texnologiyalarini o’quv jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan.Bunda noan’anaviy o’qitish orqali talabalarni majburiy itoatkorlikdan ongli mas’uliyat-lilikka yo’naltirish amalga oshiriladi.
Noan’anaviy ta’limda talabalar quyidagilarni o’rganadilar:
• nazariy bilimlarni amaliy qo’llash usullarini izlab topishni;
• o’quv materialini birgalikda muhokama qilishni;
• tashabbus ko’rsatish, shaxsiy fikrlarini shakllantirish,
• ifodalash va asoslashni;
• individual farqlarga qaramasdan hamkorlik qilishni,
• layoqatlarini namoyon qilishni;
• bir-birining muvaffaqiyatini ko’rsatish, bir-birini qo’llab-quvvatlashni;
• umumiy vazifani bajarish uchun tuzilgan kichik guruhda mahsuldor ishlashni.
Markazda talaba bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijo-biy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
- talabaning o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish;
- o’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
-talaba tashabbusi va mas’uliyatini qo’llab-quvvatlash;
-lider-yetakchilar sonini ko’paytirish;
-amaliyot orqali o’rganish;
- ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlash;
- o’qituvchi- talabalar uchun o’quv jarayonini yengillashtiruvchi shaxs;
-o’quv jarayonini baholash.
Noan'anaviy bo'lmagan dars - noan'anaviy (noma'lum) tuzilishga ega bo'lgan improvizatsiya qilingan o'quv mashg'ulotlaridir. Pedagogik adabiyotlarning tahlili bir necha o'nlab turdagi nostandart darslarni ajratish imkonini berdi, ammo ular bitta maqsadga birlashtirilgan - asosiy qonunning bajarilishiga olib keladigan yangi usullar, shakllar, texnikalar va o'qitish vositalarini ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.
Darslarni o'tish jarayoni o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi aloqa bilan yaratiladi, an'anaviy dars - ko'p hollarda ta'lim jarayoning birdan-bir modeli bo'lib qo'lmoqda. An'anaviy dars - passiv dars berish usuli bo'lib, darsning samaraliligi uni rejalash-tirilishiga bog'liq bo'ladi. Ma'lumki an'anaviy darsda ta'lim jarayonining markazida o'qituvchi turadi. An'anaviy dars o'tish modelida ko'proq ma'ruza, savol -javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an'anaviy dars samaradorligi ancha past bo'lib, o'quvchilar ta'lim jarayonining passiv ishtirok-chilariga aylanib qoladilar.Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo'lgan talablarda o'zining aniq ifodasini topadi.
11-Mavzu: Maktabgcha ta’limda texnologik va loyihalashtirish jarayonlarining bosqichlari.
Reja:

  1. Maktabgcha ta’limda texnologik yondashuv

  2. Maktabgcha ta’limda texnologik yondashuv loyihalashtirishning bosqichlari.

Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi ta’lim tizimiga ilg‘or G‘oyalarni tatbiq etish va shu asosda uning mazmunini takomillashtirish ijtimoiy zaruriyat sanaladi. Ushbu jarayon ta’lim tizimini boshqarish, uni demokratik va insonparvarlik tamoyillariga asoslanishini ta’minlash hisobiga kechadi. Ta’lim muassasalari faoliyati va ta’lim sifatini boshqarishda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi amaliy harakatlarning natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’lim, Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda dasturining xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishining, intellektual salohiyatining ortishi hamda jamiyat taraqqiyoti va ravnaqini ta’minlashdagi ahamiyatini baholab, shunday deydi: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi, hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning gullab-yashnayotgan, kuchli demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan iborat strategik maqsadimizga erishishning asosi bo‘lib xizmat qilishi lozim».
Ta’lim sohasida aniq maqsad sari yo‘naltirilgan siyosatning amalga oshirilishi jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi ustuvor yo‘nalish sifatida mantiqan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturining qabul qilinishiga olib keldi.
Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish – ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.Pedagogika - grekcha so‘z bo‘lib,
«bola yetaklovchi» - ma’nosini bildiradi. Insonlarni ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta’lim- tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish.Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid – Cho‘lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug‘ olimu adiblar, fozilu- fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Xojibning
«Qutadg‘u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Maxbub ul-qulub»i, Kaykovusning
«Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.
Mazkur ta’limiy asarlarda inson shaxsini ma’naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g‘oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta’limiy uslub shakllanadi, natijada ta’lim-tarbiya olimlar diqqat markazida bo‘ldi.Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida»,
«Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hokazolarni e’tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e’tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo‘lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og‘irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi, bilim berishda bolani qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi.Pedagogik fikrni rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedagogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo‘lib, u ta’limning ko‘rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi.Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo‘ldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan tashqari «Onalar maktabi» degan maktabgacha tarbiya qo‘llanmasi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o‘zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog‘bon daraxtning biologik o‘sish qonuniyatini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hisobga olishi shart, deydi. Komenskiy o‘qishga hammaning tortilishini, hamma umumta’lim olishi kerakligini uqtiradi.
Hozirda ota – bobolarimiz orzu qilgan kun keldi va uning soyasida farzandlarimiz o’sayapti. Ya’ni, bugungi mustaqillik farzandlariga Mustaqil Vatan bag’rida tug’ilib, o’nib – o’sib, kamol topib bormoqlik amalga oshmoqda va farzandlarimizni chin ma’noda toza havodan nafas olish, musaffo osmon ostida yashash baxtiga muyassar bo’lganligini komil ishonch bilan ayta olamiz. Shuning bilan birga Davlatimiz tomonidan barkamol shaxs tarbiyasi asosida barkamol avlodni shakllantirish kabi ustivor vazifani uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qoymoqda. Buning amalga oshishida dastlab yoshlar ongiga ma’naviyatli odam, madaniyatli kishi, milliy – ma’naviy qadriyatlar va shu kabi tushunchalar hamda ularning mazmun – mohiyatlarini singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab ular orqali yoshlar ongida ozod va obod Vatan, mustaqil davlatning o’ziga xos yo’li, o’z – o’zini anglash, intellektual salohiyatli barkamol shaxslarni tarbiyalashga erishish mumkin.
Ma’lumki, milliy tarbiyada milliy qahramonlari, Davlat arboblari, donishmandlarning turmush tarzi, ilohiy va muqaddas kitoblardagi inson tarbiyasiga oid (bola tarbiyasiga oid rivoyatlar, hikoyatlar, hikmatlar va shu kabilar) didaktik materiallar qimmatli manbaa bo’lib hisoblanadi. Donishmandlarning ibratli turmush tarzi, hayotiy pand nasihatlari xalq pedagogikamizning asosini tashkil etadi. Ota – bobolarimizning har bir purmano fikri avloddan avlodga sayqallashib bizgacha yetib kelmoqda. Ular milliy tarbiyada muhim ma’naviy didaktik asos bo’la oladi. Quyida shunday o’gitlardan biri bo’lmish imorat qurishdagi fikrni va uning uzluksiz ta’lim tizimiga qiyosini keltiramiz.
Maktabgacha ta’lim bola 6 – 7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat yoki nodavlat MTT ida amalga oshiriladi.
YunESKO qarori bilan 1997 yilda “Maktabgacha ta’lim” uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi sifatida kiritildi. Oldingi “Maktabgacha tarbiya” termini “Maktabgacha ta’lim” bilan almashtirildi.
Sir emaski, bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimiga mamlakatimizda katta e’tibor qaratilgan. Buni butun dunyo rivojlangan mamlakatlari tan olmoqda. Bunga sabab Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston kelajagini qurishda asosiy ishtirokchi bo’ladigan bolalarni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashga katta e’tibor bermoqda. Jumladan, uning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli asarida ham “Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan.
Bolaning ongi asosan 5 – 7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi”, deyilgan
Ushbu fikrlar nafaqat oila va oila muhitiga taalluqli, balki MTT dagi ta’lim – tarbiya jarayonining barcha jabhalariga tegishli. Chunki, bolalarning intellektual salohiyatini shakllantirishning eng muhim – boshlang’ich bosqichi ham aynan 5 – 7 yoshdagi bolalarga to’g’ri keladi. Buning isbotini mazkur tadqiqot ishining 3 – bobidagi “Iste’dodli bola xonadoningizda” mavzusidagi oila darsi mashg’ulotlariga e’tibor berish orqali topasiz.
Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etishdan asosiy maqsad bolalar ta’lim – tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablariga muvofiq keladigan hamda har tomonlama yetuk va sog’lom bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart – sharoitlar yaratish va bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota – onalarga yordam berish.
MTT ning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • bolalar sog’lig’ini mustahkamlash va ularning hayotini muhofaza qilish;

  • bola shaxsiga munosabatni shakllantirish;

  • bolaning ma’naviy, jismoniy va intellektual rivojlanishiga hissa qo’shish va ularning bilimga qiziqishini rivojlantirish hamda mehnat ko’nikmalari elementlarini shakllantirishga ko’maklashish;

  • bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilishga o’rgatish;

  • bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash;

  • O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar asosidagi ta’lim mazmunini amalga oshiradi.

Hozirda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirishda zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanish jiddiy ahamiyatga ega. Buni amalga oshirish uchun esa, avvalo, pedagog-tarbiyachilarning o‘zlari ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Buning uchun ushbu masalalarni maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari malakasini oshirish kurslarida o‘rgatib borilmoqda.
Zamonaviy pedagogik-texnologiyalarning turlari va yo‘nalishlari ko‘p bo‘lib, ulardan maktabgacha ta’lim muassasasilarda ko‘proq qo‘llaniladiganlaridan bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim, didaktik o‘yinlar, interfaol mashg‘ulotlar, muammoli vaziyatlar yaratish, loyihalash metodi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Shu jumladan, maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengashlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishga zamonaviy yondashuvlardan biri sifatida belgilangan maqsad va vazifalarga mos keladigan ilg‘or pedagogik tehnologiyalar, interfaol usullardan foydalanish ham muhim o‘rin tutadi.
Bulardan aqliy hujum va klaster (tarmoqlash) metodlari turli mavzularda ko‘proq ishlatilib, turlicha talqin etiladi. Masalan, klaster usulining turli mavzularga moslashtirilgan holda qo‘llanish shakllari klaster-chambarak, klaster-oval, klaster-yulduzcha, klaster-uzum shodasi va shu kabilardan iborat.
Klaster ─ bu interfaol usul hisoblanib, pedagogik-didaktik srategiyaning muayyan shaklidan iborat. U tarbiyalanuvchilarda fikrlash qobiliyatini kengaytirishga yordam beradi. Unda aniq bir ob’ekt tanlanib ob’ektning turli qirralari ochib beriladi va albatta tarbiyalanuvchilarda psixik protsesslarning rivojlanishiga yordam beradi. Bunda bolalarning ko‘rishi, sezgisi, xayol tezligi, nutqi va albatta tafakkuri rivojlanadi. Bolalar xayol kilishga, o‘ylashga, tasavvur kilishga, eng asosiysi esa, (xatomi, to‘g‘rimi) fikrlashga harakat qiladilar.
Bunday mashg‘ulotlarda ishtirokchi-tarbiyachilarni kichik guruhlarga ajratiladi yoki yakka tartibda topshiriqlar beriladi. Berilgan topshiriq-mavzulari yoki muammolarning yechimlarini topish uchun ularni mashg‘ulot rahbari bilan hamkorlikda pedagogik va psixologik nuqtai nazarlardan tahlil etib, xulosalar umumlashtiriladi.
Interfaol usullarni qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat:
- tarbiyalanuvchilar guruxlarga bo‘linadi, yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi yoki A-3 formatidagi qog‘ozda oldindan tayyorlangan sxemani osib qo‘yish mumkin.
- har bir bola guruh oldida o‘z fikrini aytadi, u xato yoki to‘g‘ri fikr bo‘lishidan qat’iy nazar, tarbiyachi buni qabul qiladi va mashg‘ulot yakunida tegishlicha tuzatishlar kiritadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling