M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n
-Mavzu: Rivojlantiruvchi ta’lim tehnologiyalari
Download 0.79 Mb.
|
loyiha 2 umk
- Bu sahifa navigatsiya:
- pedagogikasining
13-Mavzu: Rivojlantiruvchi ta’lim tehnologiyalari.
Reja: 1.Pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos hususiyatlari 2.Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi mazmuni 3.Maktabgacha ta’limda individuallashtirilgan ta’lim. Shaxsning intellektual qobiliyatini rivojlantirish davr talabi bo'lib, uni kamolga yetkazishning muhim asosi sanaladi. Yuqori darajada intellektual qobiliyatga ega shaxs: -tez o'zgaruvchan hayotiy vaziyatlarga moslashgan holda o'zini boshqara oladi; -hayotiy muammolarni hal etishda mavjud bilim, ko'nikma va malakalarini faol qo'llay oladi; -voqea-hodisalarga tanqidiy munosabatda bo'lib, mavjud muammolarni tahlil etish, vaziyatdan chiqish yo'llarini izlab topa oladi; -yangi g'oyalarni, ijodiy fikrlarni boshqalarga tushuntira oladi; -axborotlarni savodxonlik bilan o'zlashtira oladi. Shaxsni rivojlantiruvchi ta’limning o’ziga xosligi shundaki, bola kimningdir istagiga ko’ra emas, o’z imkoniyatlari, salohiyati, tabiati xususiyatlariga mos ravishda shakllanadi. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning markazida bolaning o’z imkoniyatlarini to’la namoyon etishga intilishi, yangi tajribani qabul qilishi, turli hayotiy vaziyatlarda ongli ravishda qaror qabul qilishga qodirligi turadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi pedagogik muhitning sifatlari: bolalar yoshiga mosligi, estetik jihatdan ko’rkamligi, gigiyenik talablarga javob berishi, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlanganligi, bolalarni barchasi foydalanishi mumkinligi, bolalar ruhiyatiga mosligi, rivojlantiruvchi ahamiyatga egaligidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning to’laqonli rivojlanishi uchun rivojlantiruvchi –predmetli o’yin muhiti va kattalarning ular bilan mazmunan boy muloqoti yagonaligi ham zarur omil hisoblanadi. Shunday ekan, maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi predmetli o’yin muhitini yaratish jarayoni psixolog, pedagog maslahatiga binoan tashkil etilishi kerak. Rivojlantiruvchi predmetli o’yin muhitining har bir komponenti qulaylik tamoyili, bola rivojlanishining asosiy qonuniyatlariga mos kelishi kerak. Rivojlantiruvchi predmetli o’yin muhiti turli yoshdagi bolalar tarbiyasiga oid pedagogik vazifalar va faoliyatni rivojlantirish qonuniyatlariga javob berib, predmetli o’yin muhitidan iborat bo’ladi. Tarbiyachilar barcha yosh guruhlarida rivojlanish markazlariga rahbarlik qilar ekanlar, bolalarni maqsadli yo’naltirib, ularni kuzatish va nazorat qilish talab etiladi. Rivojlantiruvchi predmetli muhit bola shaxsini qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonini tezlashtirish uchungina xizmat qilib qolmay, bolalarni ijodkorlikka, tashabbuskorlikka, mustaqil izlanishga, o’z kuchiga ishonishlariga, yangilikka intilishga, yaratuvchanlikka undaydi. Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina kо‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bо‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham. Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda kо‘zlangan natijalarga erishishga bо‘lgan chet el pedagogikasining yо‘nalishiga aytiladi (M.Klarin. 1989) milliy pedagogik adabiyotlarda bunday hollarda о‘qitishning didaktikasi yoki metodikasi haqida gapiradilar, biroq “texnologiya” termini hozirgi kunda juda keng tarqalgan bо‘lib kelmoqda. “Pedagogik texnologiya” sо‘z birligi – bu inglizcha an educational technology – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bо‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda о‘qitish nazariyasida yanada kengroq tarqalib kelmoqda. Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termin iva uning “о‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualiflar ta’lim-texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur etishlariga qarab kо‘plab ifodalarga ega bо‘ldi Texnologiya tushunchasi 60 – yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B. Blum, J. Koroll, P.Y.Galperii, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnalogiyalari mashxur. О‘qitishni tashkil qilishning texnalogik yondashuvlari V.P.Bespalko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Y.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib, sifatli, chiroyli, arzon mahsulotlarga bо‘lgan ehtiyoj kuchayotgan bir sharoitda raqobatga bardosh bera oladigan texnalogiyalarni yaratish kо‘nikmasiga ega bо‘lgan mutaxassislarni tayorlash ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardandir. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini ilmiy asosda tashkil etish zaruriyati pedagogika Fani oldida kasb-xunar kollejlari о‘quv faoliyatini texnalogiyalashtirish va ularni tatbiq etishning nazariy-amaliy asoslarini yaratish vazifasini qо‘ydi. Pedagogik texnologiya nazariyasi amerikalik psixolog olimlar – R.Gane va L.Briggslar pedagogik texnalogiya asosida tayangan holda о‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning samarali shaklini aniqlagan bо‘lsalar, ingliz olimi A.Romishevskiy pedagogik texnalogiya metodining о‘ziga xos variantini ishlab chiqqan. Amerikalik pedagog olimlar Bob Kizlik va F.S.Keller pedagogik texnalogiya nazariyasi g‘oyalarini yagona ta’lim tizimining muayyan bosqichiga tatbiq etish borasida muhim ishlarni amalga oshirdilar va oliy о‘quv yurtlari faoliyatiga pedagogik texnalogiya usulini qо‘lashning individuallashtirilgan tizimini yaratdilar Rus pedagog olimi V.Guzeyev pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyalarini yanada boyitib, integral pedagogik texnalogiya metodini ishlab chiqqan bо‘lsa, M.V.Klarin, V.P.Bespalko, V.Slastenin kabi olimlar rivojlangan mamlakatlarda shakllangan xorijiy tajribalar asosida pedagogik texnalogiya nazariyasi g‘oyalarini tahlil etish, tushunchalarini ilmiy jihatdan asoslashga muvaffaq bо‘ldilar. L.A.Boykova, L.K.Grebenkina kabi olimlarning tadqiqotlarida pedagogik texnologiya nazariyasining pedagogik faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish, bu borada samaradorlikka erishish, pedagoglar mahoratini oshirishdagi ahamiyati kabi masalalar yoritilgan bо‘lsa, taniqli rus olimi I.P.Ivanov jamoaviy-ijodiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasini yaratishga asosiy e’tiborni qaratdi. Tadqiqot muammosiga doir adabiyotlarni о‘rganish, ularning mazmunini tahlil etish shuni kо‘rsatdiki, bugungi kunga qadar yaratilgan manbalarda ta’lim jarayoni, uni samarali tashkil etish, ta’lim samaradorligini aniqlash kabi masalalar batafsil yoritilgan holda ta’lim jarayoni hamda uni texnologiyalashtirish borasida keng qо‘lamli harakat amalga oshirilmagan. Rus redagog olimlari N.YE.Shurkova, V.Y.Pityukov, A.P.Savchenko hamda YE.A.Osipovalar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar yagona pedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismi bо‘lgan ta’lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida tashkil etish borasidagi dastlabki urinishlardan biri hisoblanadi. So‘ngi besh yil ichida ta’lim muassasalari faoliyatini texnologiyalashtirishning nazariy asoslarini yaratish sohasida O‘zbekiston Respublikasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, M.O.Ochilov, B.Farberman, N.Saidahmedov, U.Nishonaliyev, S.Y.Mahmudov, О‘.Q.Tolipov, K.Zaripov, H.Abdukarimov, U.Sattorov va boshqalar tomonidan yangi pedagogik texnalogiyalar, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish afzalliklarini о‘rganish, shuningdek, muayyan о‘quv yoki mutaxassislik fanlarini о‘qitishni yо‘lga qо‘yishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Texnologik yondashuvlar tahlili shuni kо‘rsadiki, aksariyat о‘qitish texnologiyalari bо‘sh texnologiyalanganligi bо‘yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, Amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan. T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni о‘qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan о‘qish yoki о‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi. L.V.Zankov, T.Y.Galperin, V.I.Davidov tadqiqotlarida bosqichli о‘qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi. «Pedagogik texnologiya – psixologik va pedagogik о‘g‘itlar yig‘indisi bо‘lib, shakillar,metodlar, usullar, о‘qitish yо‘llari, tarbiyaviy vositalarning mahsus tо‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» (B.Lixachyov), «Pedagogik texnalogiya –о‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi» (V.P.Bespalko, «Pedagogik texnalogiya – rejalashtirilgan о‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P.Volkov),. «Texnologiya – ishlov berish, holatni о‘zgartirish san’ati, mahorati, malakali va metodik yig‘indisi» (V.M.Shepel), «Pedagogik texnalogiya – talaba va о‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali о‘quv jarayonini loyixalashtirish, tashkil va о‘tkazish bо‘yicha pedagogik faoliyatining har tomonlama о‘ylangan modelidir» (V.M.Monaxov), «Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jixozlar va metodologik vositalarda amalda bо‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi» (M.V.Klarin), «Pedagogik texnalogiya – о‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi» (G.K.Selevko, «Pedagogik texnalogiya – bu ta’lim shakillarini jadallashtirish vazifasini kо‘zlagan о‘qish va bilimlarni о‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning bigalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va belgilashning izchil metodidir» (YUNESKO), Pedagogik texnologigiya о‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishishdir. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina kо‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bо‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham. Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda kо‘zlangan natijalarga erishishga bо‘lgan chet el pedagogikasining yо‘nalishiga aytiladi (M.Klarin. 1989) milliy pedagogik adabiyotlarda bunday hollarda о‘qitishning didaktikasi yoki metodikasi haqida gapiradilar, biroq “texnologiya” termini hozirgi kunda juda keng tarqalgan bо‘lib kelmoqda. “Pedagogik texnologiya” sо‘z birligi – bu inglizcha an educational technology – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bо‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda о‘qitish nazariyasida yanada kengroq tarqalib kelmoqda. Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termin iva uning “о‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualiflar ta’lim-texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur etishlariga qarab kо‘plab ifodalarga ega bо‘ldi (uch yuzdan ortiq). “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bо‘yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud. 1. Texnologiya – bu biro-bir ishda, mahoratda, san’atda qо‘llaniladigan uslublar tо‘plamidir (talqinli lug‘at). 2. Pedagogik texnologiya – bu о‘quv jarayonini amalga oshirish mazmunli texnikasidir (V.P.Bespalko). 3. Pedagogik texnologiya – bu о‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P.Volkov). 4. Pedagogik texnologiya – bu о‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus tо‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik kо‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T.Lixachev). 5. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qо‘yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning о‘zaro munosabatlarini hisobga olib о‘qitish va bilimlar о‘zlashtirish butun jarayonini yaratish, qо‘llash va belgilash sistemali yondoshishidir (YUNESKO). 6. Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari tо‘plami, holatini о‘zgartirishdir (V.M.Shepel). 7. О‘qtishi texnologiyasi - bu о‘quvchilar va о‘qituvchilar uchun sо‘zsiz qulay sharoitlar yaratib berish bilan о‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil eti shva olib borish bо‘yicha har tomonlama о‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M.Monaxov). 8. Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir (T.Sakamoto). 9. Pedagogik texnologiya – о‘quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini о‘zgartiruvchi uning rivojlanish yangi sistemasidir (E.Bistereki va J.Seller). 10. Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali tо‘plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V.Klarin). 11. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan о‘qituvchi va quvchining faoliyatini sistemali, koseptual, qoidali, obyektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A.Fradkin). 12. Pedagogik texnologiya bilimlar egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashshni taxlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g‘oyalar, vositalarni о‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir. (Pedagogik kommunikasiyalar va texnologiyalar bо‘yicha AQSH assosiasiyasi). 5.2. Ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalardan foydalanish. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini о‘quv jarayonida qо‘llashga bо‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib boromoqda, bunday bо‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda о‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga о‘rgatilgan bо‘lsan, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini о‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil о‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham о‘zlari keltirib chiqarishlariga о‘rgatadi. О‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yо‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida о‘quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi ta’lim tizimiga ilg‘or G‘oyalarni tatbiq etish va shu asosda uning mazmunini takomillashtirish ijtimoiy zaruriyat sanaladi. Ushbu jarayon ta’lim tizimini boshqarish, uni demokratik va insonparvarlik tamoyillariga asoslanishini ta’minlash hisobiga kechadi. Ta’lim muassasalari faoliyati va ta’lim sifatini boshqarishda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish malakali mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi amaliy harakatlarning natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’lim, Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda dasturining xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishining, intellektual salohiyatining ortishi hamda jamiyat taraqqiyoti va ravnaqini ta’minlashdagi ahamiyatini baholab, shunday deydi: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi, hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning gullab-yashnayotgan, kuchli demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan iborat strategik maqsadimizga erishishning asosi bo‘lib xizmat qilishi lozim». Ta’lim sohasida aniq maqsad sari yo‘naltirilgan siyosatning amalga oshirilishi jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi ustuvor yo‘nalish sifatida mantiqan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturining qabul qilinishiga olib keldi. Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish – ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.Pedagogika - grekcha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi» - ma’nosini bildiradi. Insonlarni ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta’lim- tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish.Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid – Cho‘lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug‘ olimu adiblar, fozilu- fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Maxbub ul-qulub»i, Kaykovusning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir. Mazkur ta’limiy asarlarda inson shaxsini ma’naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g‘oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta’limiy uslub shakllanadi, natijada ta’lim-tarbiya olimlar diqqat markazida bo‘ldi.Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hokazolarni e’tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e’tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo‘lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og‘irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi, bilim berishda bolani qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi.Pedagogik fikrni rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedagogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo‘lib, u ta’limning ko‘rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi.Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo‘ldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan tashqari «Onalar maktabi» degan maktabgacha tarbiya qo‘llanmasi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o‘zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog‘bon daraxtning biologik o‘sish qonuniyatini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hisobga olishi shart, deydi. Komenskiy o‘qishga hammaning tortilishini, hamma umumta’lim olishi kerakligini uqtiradi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini о‘quv jarayonida qо‘llashga bо‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib boromoqda, bunday bо‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda о‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga о‘rgatilgan bо‘lsan, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini о‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil о‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham о‘zlari keltirib chiqarishlariga о‘rgatadi. О‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yо‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida о‘quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy о‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egallarini tayyorlashda zamonaviy о‘qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalarning о‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar о‘quvchitalabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bо‘lishlarini ta’minlaydi. Innovasiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir. Innovasion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda о‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, о‘zgarishlar kiritish bо‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan tо‘lik foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bо‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bо‘lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning о‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va о‘quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat kо‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, ularga quyidagilar kiradi: - о‘quvchi-talabaning dars davomida befarq bо‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; - о‘quvchi-talabalarni о‘quv jarayonida bilimga bо‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bо‘lishini ta’minlashi; - о‘quvchi-talabaning bilimga bо‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; - pedagog va о‘quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu о‘qituvchi va о‘quvchitalabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq deb hisoblaymiz, ya’ni о‘qitish jarayonida, maqsad bо‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qо‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi о‘qituvchi va о‘quvchi о‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, о‘quv jarayonida о‘quvchi – talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, о‘zlari xulosa qila olsalar, о‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, о‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, anna shu, о‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling