M. X. Tadjieva Toshkent Pedagogika kolledji direktori,p f. n
-Mavzu: Ta’lim jarayoni va unga qo’yiladigan zamonaviy talabalar
Download 0.79 Mb.
|
loyiha 2 umk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys-stadi metodi Keys -stadi
6-Mavzu: Ta’lim jarayoni va unga qo’yiladigan zamonaviy talabalar
Reja: 1. Ta’lim jarayonini tashkil etish mzamuni. 2. Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv. Ta’lim jarayoni va unga qo’yilayotgan talablar. 3.Ta’lim jarayoni va unga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni o’rganish. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar,innavatsion tehnologiyaalar,pedagogic va axborot tehnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish,e’tibor kundan -kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’qituvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallasshga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hato xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchanlik yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o’quv yurtlarida va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalarning o’rni va ro’li benihoyat kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. (Innovatsiya inglizcha innovation)-yangilik kiritish,yangilikdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogic jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan foydalaniladi. Interaktiv metodlar- bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedogogik ta’sir etish usullari bo’libta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: -o’quvchi-talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka mustaqil fikrlashga ijod etish va izlanishga majbur etish; -o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqshlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlash; -pedagog va o’quvchi -talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu о‘qituvchi va о‘quvchitalabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq deb hisoblaymiz, ya’ni о‘qitish jarayonida, maqsad bо‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qо‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi о‘qituvchi va о‘quvchi о‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, о‘quv jarayonida о‘quvchi – talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, о‘zlari xulosa qila olsalar, о‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, о‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, anna shu, о‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, о‘quv predmetining о‘ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni о‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bо‘lib, u о‘kuvchi-talabaning extiyojidan kelib chikkanholda bir maqsadga yо‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Shu bilan bir qatorda о‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu darayonda о‘qituvchi о‘quv predmetining о‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, TSOni, eng asosiysi, о‘quvchining imkoniyati va extiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, о‘quvchitalabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak. Interfaol metodlar: diskussiya, trening va о‘yinlar. Hozirgi kunda bu metodlarning о‘qitish shakllari va usullari bilan biriktirilgan modifikatsiyalari (о‘zgartirish) foydalaniladi.Masalan: 1) leksiya-diskussiya; 2) treninglar; 3) keys-stadi; 4) «ochiq javoblar bilan» muhokama; 5) «yakunlanmagan xulosa bilan» suhbatlashish; 6) juft bо‘lib yoki kichik guruhlarda ishlash; 7) «aqliy xujum»; 8) bellashuv; 9) grafik-organayzerlar; 10) qoida bо‘yicha va qoidasiz о‘yin; 11) о‘zining loyihalarini reklama qilish. 5.3. Keys-stadi metodi Keys-stadi inglizcha sase-aniq vaziyat, stadi-ta’lim cо‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bо‘lib, aniq vaziyatlarni о‘rganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni о‘rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u о‘quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yо‘li sifatida qо‘llanilsa, metod xarakteriga ega bо‘ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, Yuqoridagi chizmadan kо‘rinib turibdiki, maqasadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham о‘qituvchi, ham о‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qо‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog‘liq. О‘qituvchi Vosita Shakl Metod Mazmun Maqsad Natija О‘quvchi talaba О‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan metodlarga qо‘yiladigan talablar.Ta’lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qо‘yiladi: 1. О‘quv materialini о‘rganish yо‘li fikr yuritishning didaktik usullarini, milliy istiqlol g‘oyasiga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulqatvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak. Shu talab nuqtai nazaridan qaraganda, ta’lim metodi tarbiyalovchi xarakterda bо‘lishi, ya’ni bilimlarni о‘zlarshtirishgagina emas, balki ta’limning tarbiyalovchilik imkoniyatlarini ishga solishga ham yordam berishi kerak. 2. Ta’lim metodi ilmiy dalilar bilan ravshan va aniq asoslangan bо‘lishi lozim Ana shunda о‘qituvchi, bu metod bilan ishlashda qanday vazifalarni qо‘yib, hal qilish mumkinligini va qanday vazifalarni amalga oshirib bо‘lmasligini kо‘ra oladi. Metodning ilmiyligi о‘quvchilarning ravshan va aniq fikr yuritishini: materiallarni о‘zlashtirish jarayonidagi dalil-isbot va muhokamalarning maqsadi, vositalari, usullari, asosiy va ikkinchi darajali natijalarni ham bildiradi. 3. Ta’lim metodlarning tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi. О‘quv materialini о‘rganishning har qanday alohida olingan usuli, garchi, shu darsda qо‘llanish uchun juda qulay bо‘lsa ham, о‘qitishning boshqa metodlari bilan birga qо‘llanilmaganda о‘quvchilar aqlining о‘sishiga uncha ta’sir kо‘rsatmasligi mumkin. 4. Ta’lim metodlari oldiga muqarrar sur’atda qо‘yiladigan yana bir talab – ularning tushunarli bо‘lishidir. О‘qitish yо‘li о‘quvchiga tushunarli va maqbul bо‘lishi, о‘quv materialini о‘rganish usullari esa uning bilimlarni о‘zlashtirishdagi yosh imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. 5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga о‘rgatish va о‘quv jarayonida kо‘rsatmali qurollardan iloji boricha kо‘proq foydalanish zarurligi ta’lim metodlari oldiga qо‘yiladigan muhim talabdir. Ta’lim metodlarini ta’limni ongli va faol shaklda olib borish tamoyili nuqtai nazaridan asoslash zarurligi ham muhim talablardan biridir. Bolaning о‘quv mashg‘ulotlariga ongli munosabatda bо‘lishi, о‘quv materiali mazmunini ongli ravishda tushunishi, undagi bilish faolligi va qiziqishining darajasi о‘qituvchining tushuntirish metodlariga va bolalarning bilimlarni о‘lashtirish usullariga bog‘liq. 6.Ta’lim metodlari oldiga qо‘yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli va puxta bо‘lishidir. Ta’lim metodlari yaxshi natija beradigan bо‘lishi lozim. О‘qituvchining tushuntirish va о‘quvchilarning о‘zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mо‘ljallangan natijani berishi kerak. О‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda kо‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bо‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda о‘qituvchiga u tomonidan bо‘lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun о‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, о‘quvchitalabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun о‘qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bо‘lishi, shuningdek, juda kо‘p metodlar. Usullarni bilishi kerak bо‘ladi. Xar bir darsni rang-barang, qiziqarli bо‘lishi avvaldan puxta о‘ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq. Darsning texnologik kartasini qay kо‘rinishda yoki shaklda tuzish, bu о‘qituvchining tajribasi, qо‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq. Texnologik karta qanday tuzilgan bо‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bо‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi tо‘liq о‘z ifodasini topgan bо‘lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi о‘qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari о‘z aksini topadi. Ta’limning interfaol metodlari. Inter ingliz tilidagi «inter» old qо‘shimchasidan iborat bо‘lib, u tom ma’noda о‘zaro ta’sir, yо‘nalganlik ma’nosini anglatadi. Bu yerda inter sо‘zi keng doirada, xalqaro miqyosdagi ta’sir, harakat, yо‘nalganlik mazmuniga ega. Interfaol atamasiga kelsak, u «interactive» ya’ni keng xalqaro miqyosdagi harakat faolligini bildiradi. Lotincha inter sо‘zining ma’nosi – ichki potensial imkoniy quvvat degani. Ma’lumki, har bir inson о‘z ichki imkoniy quvvatiga va о‘zgalarda qaytarilmas fazilatga ega. Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda va tartibda о‘qituvchining о‘quvchilar bilan olib boradigan mashg‘ulot turlarini tushunamiz. Hozirgi kunda, umumta’lim maktablarida ta’limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarqalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bо‘lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlari odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog‘langan hamda bilim berish, о‘rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan. Davr о‘tishi bilan kо‘pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bо‘ladi. Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh – guruh bо‘lib, tо‘plab о‘qitishni taqozo qilgan hamda ta’lim bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, о‘qituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan. Shu davrga kelib о‘qitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bо‘la boshlaydi. Buning natijasida sinf – dars tizimi paydo bо‘la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bо‘lgan kishilar murabbiy, о‘qituvchi bо‘lib faoliyatkо‘rsatdi. 7-Mavzu:Shaxs sifatlari tuzilishi Reja: Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling