M. Xоliqоvа, Sh. Ergаshеvа diktаntlаr to‘plаmi (5-9 sinflаr uchun) Tоshkеnt 2012 Тақризчилар


A.Suyunоv Ismlarning munosabat shakllari


Download 398 Kb.
bet41/74
Sana22.11.2021
Hajmi398 Kb.
#176450
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Bog'liq
Diktantlar to`plami-7(1)

A.Suyunоv

Ismlarning munosabat shakllari
Uzuk voqeasi
Abu Ali ibn Sino chaqaloqligida cho‘milayotganida onasi qimmatbaho uzugini yo‘qotib qo‘ygan ekan. U uzugini ko‘p qidiribdi, lekin hech topa olmabdi. Keyin uni kanizak olgan, deb gumon qilib, bechora kanizakni rosa kaltaklashibdi. Kanizakni urishayotganida Abu Ali yig‘lay boshlabdi, kaltaklashdan to‘xtashsa, chaqaloq ham yig‘idan to‘xtabdi. Hamma bundan ajablanib, uzukni yo‘qoldiga chiqarishibdi.

Ibn Sino tilga kirganida birinchi aytgan gapi shu bo‘libdi: “Sizlar o‘sha vaqtda kanizakni nohaq urgan edinglar. Onam meni cho‘miltirayotganida uzugi tog‘oraga tushib ketgan edi. U tog‘orani ag‘darganda uzuk ham suv bilan kir o‘raga tushib ketgan. Mening tilim chiqmagani ushun sizlarga aytolmagan edim. Kanizakni urganinglarda yig‘lab, to‘xtaganlaringda yig‘idan to‘xtaganimning sababi shu edi”.

Shundan keyin o‘rani kavlashgan ekan, uzuk topilibdi.

Bu voqeani eshitgan-u bilganlar Ibn Sinoning zehniga qoyil qolishgan ekan. (117 so‘z)




Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling