(“O‘zbеk xаlqi bаyrаmlаri” mеtоdik-bibliоgrаfik qo‘llаnmаdаn)
Bir qarich yer
Qadim zamonda bir yurtga yov bostirib kirmoqchi bo‘lib, bahona izlay boshlabdi. Lekin bu yurtning podshosi juda donishmand, oqil va tinchliksevar ekan. U dushmanning niyatini tushunibdi va behuda qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yovning lashkarboshisiga o‘zining uchqur arg‘umog‘ini, ya’ni zotdor otini beribdi. Ammo dushman bu bilan kifoyalanmabdi. U yana yurish boshlaymiz, deya dag‘dag‘a qilishdan to‘xtamabdi. Shunda podshoning lashkarboshilari yig‘ilib: “Shohim, o‘zingiz ayting, biz qachongacha bunday xo‘rlikka chidab, jim qarab turaveramiz? Buyuring, bizlar jangga kiraylik”, – debdi. Podsho yana bosiqlik bilan: “Yo‘q, bekorga qon to‘kilmasin”, – deb javob beribdi va urushning oldini olish uchun yov lashkarboshisiga o‘zining tilla qilichini in’om etibdi. Biroq makkor yov bu bilan ham kifoyatlanmabdi. U endi podshoga: “Mamlakating hududidagi hech narsa unmaydigan tashlandiq yerdan bir qarichini berasan. Yo‘qsa, xalqingni qonga belaymiz”, – deya do‘q-po‘pisa qilibdi. Shunda podsho qat’iyatga to‘lib, qurol-yarog‘ini shaylab, lashkariga qarata: “Qani ketdik, endi jangga kiramiz. Chunki Vatanning bir qarich yerini ham dushmanga berib bo‘lmaydi”, – deb kurashga otlangan ekan. (152 so‘z)
“Shаrq rivоyatlаri”dаn
Do'stlaringiz bilan baham: |