Madaminov Doniyorbek O`qituvchi: Shohruh Toshtemirov merkantilizm tushunchasi uning


Download 22.79 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi22.79 Kb.
#1553227
1   2   3
Bog'liq
Doniyor ITT

Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII
asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrga
kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan
rag‘batlantirilishi sababli, mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari keng
va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‘rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi.
«Savdo balansi» nazariyasi Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko‘proq pul mablag‘larini jamg‘arish emas, balki aktiv savdo balansiga erishishdir.

Merkantilizm iqtisodiy ta’limot va davlat siyosati sifatida Fransiyada ancha rivoj topdi. Fransiyada merkantilizm vakillaridan biri, mashhur «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) asarining muallifi Antuan Monkreten (1576–1621) hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini – jamg‘armani ko‘paytirishning, mamlakat xo‘jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaradi. A.Monkreten pul boyligini ko‘paytirish yo‘llarini qidirdi, o‘z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, hunarmandchilik maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o‘z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni mamlakat boyligini so‘rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi Fransiya tashqi savdosini kengaytirishni ko‘zda tutadi, u nisbatan monetarizm g‘oyasini, shuningdek, savdo balansi konsepsiyasini aks ettiradi.



Merkantilizm rivojlangan asrlar oxiriga kelib,
G’arbiy yevropa mamlakatlari orasida Ayniqsa Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlarida keng tarqala boshlagan, davlat boshqaruvida asosiy iqtisodiy maslahatlarni bera olgan g’oyadir.
Hozirgi kunda ham bilamizki hududi jihatdan mittigina davlatlar ham iqtisodiyoti ancha ilg’or.
Buning asosiy sababi albatta bu davlatlarning Tashqi Iqtisodiyotida deb o’ylayman, merkantilizm faqat yevropa g’arbida emas balki janubida ham keng tarqalgan. Merkantilistlardan biri Gaskar Skaruffi ham Italiyada o’z faoliyatini yuritgan.
Merkantilistlar rivojlangan o’rta asrlarda iqtisodiyotni tez boyitish orqali davlat hisobiga yaxshigina daromad kirita olishgan, ya’ni bir davlatdan arzon narxda Tovar sotib olib boshqasiga qimmat narxda sotishgan. Aynan men aytib o’tgan davlatlarda T. Men(Angliya) , A. Serra(Italiya) , A. Monkreyten(Fransiya) kabi merkantilistlar tayyor mahsulotlarni sotib olib, boshqa joylarga sotishgan va savdo rivojiga muhim hissa qo’shishgan.
Barcha davrlarda har bir davlat o’z iqtisodiyoti rivoji uchun har hil g’oyalarni ilgari surgan. Bu g’oyalar o’sha davr mamlakatlari uchun eng foydali deb hisoblangan. Menimcha Merkantilizm ham 15- asrning ikkinchi yarmidan, 18- asrning birinchi yarmiga qadar yevropa hususan, G’arbiy yevropa mamlakatlari uchun davlat boshqaruvida tovar-pul,moliya-kredit savdo munosabatlarida muhim o’rin tutgan.
Download 22.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling