Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati


DINB204 DINSHUNOSLIK  DINB204


Download 441.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana17.11.2023
Hajmi441.33 Kb.
#1783029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-MAVZU ma\'ruza

DINB204
DINSHUNOSLIK 
DINB204
11 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag’batlantirish va jazo berish (haqiqiy va 
o’limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim ahamiyatga ega.
Integrasion-dezintegrasion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir 
tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integrasiya shaxslar, ayrim 
ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni 
saqlasa, dezintegrasiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integrasion funksiya ma’lum bir 
ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. Agar 
shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo’lmagan g’oyalar, 
ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo’lsa, 
dinning funksiyasi dezintegrasion bo’ladi. 
Madaniyatni targ’ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma’lum bir 
qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan 
bo’lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag’batlantirib, ba’zilarini inkor etgan 
holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko’paytirish, ilmiy-ma’naviy merosni 
nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi. 
Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash funksiyasi ba’zi jamoat 
tartiblari, institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida 
qonuniy qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga 
oshiradi. Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida 
ba’zi ko’rinishlarga, ularga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. 
Bunda majburiy va e’tiroz qilib bo’lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, 
birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olib, ularni hamma 
uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning 
bahamjihat yashashiga ko’malashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini 
mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib 
o’tishlarida kuch bag’ishlagan; to’rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy 
qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va 
shu yo’l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. 

Download 441.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling