DINB204
DINSHUNOSLIK
DINB204
6
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Din tushunchasiga olimlar tomonidan yuzlab ta’riflar berilgan. Bunda, turli
soxa va dunyoqarash egalari, o’z soxalari va qarashlaridan kelib chiqib dinga ta’rif
berishgan. Shu tufayli turfa xil ta’riflar yuzaga kelgan. Quyida ularning ba’zilarini
keltirib o’tamiz:
«Din, insonning
muqaddas
deb
bilgan
narsalariga
nisbatan
munosabatidir».
Rudolf Otto
«Din, ruhiy borliqlarga nisbatan ishonchdir».
Edvard Teylor
«Din, insonning abadiyatni anglashini ta’minlovchi, aql va mantiqqa tobe’
bo’lmagan zehniy malaka yoki iqtidordir»
Maks Myuller
«Din, malakalarimizni erkin holda qo’llashni to’suvchi ta’qiqlar
majmuasidir»
Salmon Reynax
«Din, e’tiqodlar, xatti-harakatlar va ijtimoiy hayotning muayyan
shartlariga ko’ra tashkil etilgan muassasalar tizimidir»
Vitold Taylok
«Din, eng buyuk ijtimoiy qadriyatlar shuuridir»
Edvard S. Amis
«Din, muayyan jamoatning vujudga kelishini ta’minlovchi marosim va
e’tiqodlar majmuidir».
Emil Dyurkgeym
Umuman olganda, olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy
xususiyatga ega bo’lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g’ayritabiiy
iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish obyekti -
Xudo bo’lishi shart hisoblanadi.
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga -
transsendent va immanent ilohlarga bo’lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar
olamidan tashqarida, insonlarga hyech qanday aloqasi bo’lmagan, qusur va
nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi
Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yaxvelarni keltirish
mumkin.
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo’lagi sifatida tasavvur qilingan,
insonlarga o’xshab ketadigan, biroq g’ayrioddiy yaratuvchilik, buzg’unchilik,
rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo’lgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar
DINSHU
NOSLIK
Do'stlaringiz bilan baham: |