Madaniy hodisa sifatidagi ahamiyati
DINB204 DINSHUNOSLIK DINB204
Download 441.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU ma\'ruza
DINB204
DINSHUNOSLIK DINB204 9 MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI Taniqli tarixchi, dinshunos Shahristoniy quyidagicha yozadi: «Bilginki, johiliyat davrida arablarda uch turdagi ilm sohasi mavjud edi: 1. Nasablar, tarixlar va dinlar ilmi; 2. Tush ta’birlari ilmi; 3. O’lkashunoslik ilmi». Shuningdek, «Ixvon as-Safo» risolalarida keltirilishicha, ilmlar ikki guruhga bo’linadi: 1. Inson a’zolari haqidagi ilm (Anatomiya); 2. Dinshunoslik ilmi. Ibn Nadim esa: «Dinshunoslik fani h. IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to’g’ri kelib, aynan shu davrda Beruniy o’zining «Hindiston» asarini yozgan. G’arb mamlakatlarida dinshunoslik fani ko’pincha nemis tilidagi «RELIGIONS WISSENSCHAFT» yoki ingliz tilidagi «HISTORY OF RELIGIONS» kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «Ixvon as-safo» risolalari, Beruniy va Shahristoniy asarlarida qo’llanilgan «نايدلاا ملع» (Dinlar ilmi) yoki « نايدلاا خيرات» (Dinlar tarixi) atamalarining harfiy tarjimasidir. Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. G’arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo’l ochgan va kattagina e’tibor qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma’ruzalar o’qigan. O’zining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so’zini qo’llagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina yetishish mumkin, degan fikrni olg’a surgan. Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va Shantepi de la Sosse bu borada izchil faoliyat olib borganlar. Shunday qilib davrlar o’tishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy olgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan soxada bir qancha mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Biyenchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixayel Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling