Madaniyatli rahbar; kechirim so’rash; ochiq chehra; stol; telefon; qog’oz
Download 275.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Т
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2.4. Kamtarlik
Tayanch iboralar:
muloqotga tushish, sabr–toqat va hatti–harakat, diniy kitoblar, siyosiy va xalqaro ahamiyati Nazorat savollari: 1. Biznesmenlar o’z faoliyati davrida hamkorlari va boshqa kishilar bilan muloqotga qanday tushishlari mumkin? 2. Sabr–toqat qoidasi qaysi kitoblarda o’z aksini topgan? 3. Sabr–toqatning siyosiy ahamiyati nimada? 4. Millatlararo munosabatda sabr–toqatning ahamiyatini tushuntirib bering? 6.2.4. Kamtarlik Kamtarlik etiketning eng asosiy va qadimiy qoidalaridan biri hisoblanadi. Kamtarlik – bu shaxs tomonidan jamiyat va fuqarolar oldidagi o’zining burchini anglab yetganlik darajasidir. Demak, kamtarlik biznesmenlarga nisbatan vatani va o’z xalqi oldidagi vazifalarini va xuquqlarini anglab yetganligidir. Quyida kamtar biznesmenlarga xos asosiy fazilatlar keltirilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat: - kamtar va madaniyatli biznesmen hyech qachon va hyech qayerda o’rta yoki kichik biznes xodimlariga nisbatan o’zining xalqaro yoki katta biznes xodimi ekanligini ta’na qilmaydi; - o’zining tengqurlariga va boshqa fuqarolarga nisbatan hammaga tegishli vaziyatlarda hyech qachon oshiqcha huquqga ega bo’lishni talab qilmaydi; - o’zining hohishi bo’yicha jamiyat talablariga to’liq bo’yso’nadi va amaldagi etiket qoidalariga ko’ra hatti–harakat qiladi; - o’zini va jamiyat azolarini hurmat qiladigan biznesmen o’zining shaxsiy ehtiyojlarini boshqa oddiy fuqarolarning moddiy sharoitiga qarab chegaralaydi; - o’z burchini anglab yetgan va biznes–etiket talablariga itoat qiladigan biznesmen kam ta’minlangan oilalarga nogiron va yetimlarga moddiy yordam ko’rsatib boradi, xalqning ijtimoiy hayotini yaxshilashda faol ishtirok etadi; - hamkorlarga va suhbatoshlarga nisbatan, ularning jamiyatdagi o’rnidan qaysi millat va elatga mansubligidan, yoshidan va jinsidan qat’iy nazar, katta hurmat–ehtirom va xushmuomalalik bilan muloqot qiladi; 48 - o’zining xalqi oldidagi xizmatiga, hatti–harakatiga, gapiradigan gaplariga tanqidiy nuqtai–nazardan qaraydi. Kamtar biznesmen o’zining vatani va xalqi oldidagi xizmatlarini ta’na qilmaydi, boshqa fuqarolarga nisbatan o’zini boyroq va aqlliroq deb ko’rsatishga harakat qilimaydi. Download 275.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling