Madaniyatli rahbar; kechirim so’rash; ochiq chehra; stol; telefon; qog’oz
Download 275.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Т
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2.2. Xushmuomalalik
Tayanch iboralar:
beparvo chehrali, serjahl chehrali, tabassum chehrali. Nazorat savollari: 1. Odamlarni chehrasining holati bo’yicha necha guruhga bo’lish mumkin? 2. Beparvo va serjahl chehra nimani bildiradi? 3. Tabassumning biznesmenlar uchun ahamiyati nimada? 6.2.2. Xushmuomalalik Biznesmenlar uchun o’zaro va xalqaro munosabat qilishning universal vositalaridan yana biri xushmuomalalik hisoblanadi. Xushmuomalalik – bu ichki madaniyat va nafaqat hamkorlarni, boshqa insonlarni ham hurmat qilish belgisi va madaniyatli kishilar o’rtasidagi muomala qilishning odatga aylangan usuli sifatida qaraladi. Xushmuomalalik boshqalarga va o’ziga xurmat bilan qarashning, hamkorlar va suhbatdoshlar manfaatini hisobga olishning hamda ularning hurmatga sazovorligini tasdiqlashning elementar qoidasidir. Xushmuomalalik munosabatga aloqador biznesmen kishilarning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, natijada munosabat tomonlarining bir– birlariga bo’lgan hurmati oshadi, bu esa o’z navbatida munosabat obyekti 45 bo’lgan masalalarning ijobiy hal bo’lishiga, biznes bo’yicha aloqalarning yanada mustahkamlanishiga imkon beradi. Shu sababli ham bo’lsa kerak, Servantes “Xushmuomalalikdek bironta narsa ham shuncha arzon turmaydi va shunday qimmat baholanmaydi” – degan edi. Ma’lumki, xushmuomalalik haqiqiy va soxta bo’lishi mumkin. Esingizdan chiqmasinki, soxta xushmuomalalik – bu ikki yuzlamalik va madaniyatsizlik belgisidir. Haqiqiy xushmuomalalik esa biznesmen va boshqa madaniyatli kishilarning ichki madaniyati va his tuyg’ularidan kelib chiqadi va boshqacha muloqotga tushishga yo’l qo’maydi. Shuning uchun ham madaniyatli biznesmen hamkorlari bilan ham, ko’chada ham, jamoat joylarida ham, oila a’zolari va o’rtoqlari bilan ham bir xil haqiqiy muomalada bo’ladi. Madaniyatli odamning xushmuomalaligi uning kayfiyatiga bog’liq bo’lmaydi. Xushmuomalalik bir nechta shakllarda bo’lishi mumkin, masalan ochiq chehra bilan muomala qilish, hurmat–ehtirom bilan (katta yoshdagilar va boshliqlarga nisbatan) muomala qilish, vazminli muomala qilish (notanish kishilar bilan), xolis hurmat yuzasidan xushmuomalalik qilish (ya’ni odamshavandalik qoidalaridan kelib chiqgan holda) va o’ta xushmuomalali muomala qilish. O’ta xushmuomalalikning ham chegrasi bor, undan chiqmaslik kerak, chunki o’ta xushmuomalalik xushomadgo’ylikka va laganbardorlikka aylanib ketishi mumkin. Dunyo xalqlarining o’zaro munosabat qilish poydevorini xushmuomalalik, ya’ni shirinsuxanlik tashkil qiladi. Shu sababli ham shirinsuxanlik chet mamlakatlar xalqlari va millatlar urf–odatlariga hamda vatandoshlarga bo’lgan hurmat belgisi, boadablilik bilan munosabatga tushishning asosiy qoidalaridan bir hisoblanadi. Xushmuomalali biznesmenlar doimo izzat–hurmatda bo’ladi. “Yaxshi gaplar bilan ilon inidan chiqar” degan o’zbek maqolining mazmuni ham xushmuomalalik qanday katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Download 275.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling