Madaniyаtshunoslik fanidan ma’ruza matni 1-mavzu. “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalalari va taraqqiyot qonuniyatlari. Mavzu rejasi


Ruhiy yoki «loyihaviy» mo‘tadillik


Download 41.56 Kb.
bet6/9
Sana13.04.2023
Hajmi41.56 Kb.
#1354620
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 маданият

Ruhiy yoki «loyihaviy» mo‘tadillik bayramlar, diniy marosimlar, o‘yin, tomosha jarayonlarida ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf qilish, qoniqarsiz istaklar, ro‘yobga chiqmaydigan niyatlar, amalda ta’qiqlanuvchi ziddiyatlarning mavjudligi ruhiy zo‘riqishlar paydo bo‘lishiga olib kelib, nafaqat ma’lum bir shaxs salomatligiga zarar yetkazadi, balki, ommaviylik kasb etib, jamiyat harakatini izdan chiqarishi ham mumkin. Shuning uchun madaniyatda keraksiz hissiyotdan xalos bo‘lish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Xullas kishilar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar va qadriyatlarda ularning bilimlari, qobiliyatlari, jamiyatga munosabatlari namoyon bo‘ladi. Demak, madaniyat inson faoliyatining tayyor mahsulotlari shaklida va insonning jonli qobiliyatlari bilimlari shaklida yashab turadi.
Kishilar ijtimoiy tajriba jarayonida zaruriy moddiy shart-sharoit va hayot vositalarini yaratish bilangina kifoyalanmay, ayni chog‘da o‘z ongini ham takomillashtirtb boradilar, ijtimoiy ong shakllarini (dunyoqarash, axloq, huquq, estetik ongni) vujudga keltiradilar va shu asosda ma’naviy ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradilar. Bularning majmui ma’naviy madaniyatni tashkil etadi. Ma’naviy madaniyat kishilar ma’naviy ijodkorligi faoliyatlari natijalari- tasavvurlari, g‘oyalar, ilmiy bilimlar, diniy qarashlar, san’at turlari, ahloqiy va huquqiy me’yorlarni ishlab chiqarishdan hosil bo‘ladi. Bunday ma’naviy qadriyatlar o‘zicha paydo bo‘lmasdan, balki muayyan taraqqiyot bosqichida tafakkur doirasi keng kishilar tomonidan yaratiladi. Ma’naviy madaniyat-ijodning shunchaki mahsuloti bo‘lmay balki ijodiy faoliyatni amalga oshiradigan kishilar o‘rtasidagi munosabatni ham bildiradi. Ma’naviy madaniyat inson ma’naviy fazilati va faoliyatining narsalarda moddiylashgan shaklida, inson tomonidan yaratilgan ma’naviy qadriyatlar shakli (ilm, san’at, huquq, axloq qoidalari)da namoyon bo‘ladi.
Madaniyatning quyidagi funksiyalari bevosita shaxs bilan bog‘liq:
1. «Gominizatsiya» - urug‘doshlik xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lib, u har bir «aqlli odam» uchun xos bo‘lgan-nutq, narsalarni ramziy ifodalash (yoki mavhum tafakkur) xususiyatlarini o‘rganishga imkon yaratadi.

Download 41.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling