Madaniyаtshunoslik fanidan ma’ruza matni 1-mavzu. “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalalari va taraqqiyot qonuniyatlari. Mavzu rejasi
Download 41.56 Kb.
|
1 маданият
Qadriyatlar deganda insonlar uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmui tushuniladi. Qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarning mohiyatidir.
Qadriyatlarning hayotidagi o‘rni va ahamiyati baholash tufayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Ayrim hollarda ehtiyoj va manfaatlar bir-biriga zid kelishi mumkin. Muayyan ijtimoiy guruh, millat, sinflar uchun oliy qadriyat hisoblangan hodisalar boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi mumkin. Tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyat turkumiga kiritish yoki kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, orzu-istaklari, maqsadlaridan kelib chiqadi. Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Ular mohiyatiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Avvalo, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar: yer va yer osti boyliklari boshqa tabiat ne’matlari katta ahamiyat kasb etadi. Inson mehnati, aqli bilan yaratilgan moddiy boyliklar moddiy qadriyatlar hisoblanadi. Madaniy-ma’naviy qadriyatlarga ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlar yaratgan boyliklar mansub. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: erkinlik, tenglik, birodarlik kabilar ham o‘rin tutadi. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida istiqlol tufayli qo‘lga kiritilgan barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyatga ega. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi. Umuminsoniy qadriyatlar mazmuni jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishiga muvofiq keladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan qancha ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning taraqqiy etishiga shu qadar keng imkoniyat ochiladi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. Bular: Yer yuzidan ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish va hokazolardir7. Download 41.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling