Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 422.09 Kb.
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarish tartibi
Amaliy mashg’ulot
1-Mavzu: Farzand kutishga oid urf odatlar Reja: 1.Farzand kutish bilan bog’liq udumlar. 2.Chaqaloq bilan bog’liq irim sirimlar 3.Bolaning birinchi qadami bilan bog’liq udumlar Ishning maqsadi: Farzand kutishga oid urf odatlarva bu boradagi bilimlarni mustahkamlash. Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari. Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi. Dono xalqimiz qadriyatlari orasida yangi avlodning ona qornida payo bo’lishi, dunyoga kelishi va kamolga erishuvi bilan bog’liqlari bag’oyat ibratlidir. Bu haqda qanchadan-qancha aqidalar,rivoyatlar, hikoyalar, afsonalar, hikmatlar, yaratilgan. Hayotiy voqealar yozib qoldirilgan. Ularga asosida xalqimizning umumta’lim-tarbiyasi, donishmandligi, ahloq-odobi jamuljam bo’lgan pedagogik qarashlari - ma'naviy, axloqiy hamda ruhiy tarbiyasi an’analari yotadi.Dastavval, xalq qadriyatlari farzandni ona qornida homila belgisi nishoni bera boshlagandanoq asrab-avaylab, saqlash va unime’yorida rivojlantirishga alohida e’tibor berishdan boshlanadi. Yana ham aniqrog’i, kuyov-kelinning birlashib, qovushishidan boshlanib muntazam davom etadi.Rivoyat qilishlaricha, Ibn Sino qishloqda yashab tabiblik qilar ekan. Shu qishloqlik bir yigit va qiz turmush qurib, yaxshi hayot kechira boshladi. Oradan to’qqiz oyu to’qqiz kun o’tib kelin-kuyov farzand ko’rishibdi. Yosh ota-ona chaqaloqning kelajagi xususida bir-birlariga maslahat solishibdi. "Balamizni qanday tarbiya qilamiz? Uni shunday tarbiya qilaylikki, katta bo’lganda el-yurtga foydasitegadigan chin inson bo'lsin ”, - debdi er. Xotini: “To’gri aytasiz, men shuni o'ylab turgan edim. Yaxshisi, hakim Ibn Sinodon so‘rab kelaylik”, deb taklif kelibdi. Er-xotin bolani ko’tarib, Abu Ali ibn Sino huzuriga borishibdi.Kichik tor bir kulbada yashasa-da, do‘ng’i ketgan ulug’ hakim er-hotinni samimiy kutib olib, nima ish bilan kelganliklarini so’rabdi. Bolamizni qanday tarbiyalash haqida maslahat bersangiz. Toki kamolga yetganda xalqiga foyda keltiradigan, e’tiborli kishi bo’lsin - debdi er Qachon tug'ildi?—deb so'rabdi Ibn Sino — Erta bilan tug’ildi — erining o'rniga hotini javob beribdi.Eh azizlar, kechikibsizlar, - debdi Ibn Sino, - bola erta tongda tug’ilgan ekan, hozir choshka bo'ldi. Bola tug'ilishidan to’qqiz oy oldin uning tarbiyasi haqida qaygurish kerak edi. «Xotini boshdan, bolani yoshdan", deb bekorga aytishmagan, ahir. Bu rivoyat zaminida katta hayotiy haqiqat bo'lib, yosh oila farzand kutayotgan lahzalardanoq tarbiya ilmini o'ganishi zarur degan g’oya bor. Zero, bu haqiqatdan kelib chiqib, homila va bolaning birinchi davri tarbiyasi, ma’naviy va jismoniy kamolati bilan bog’liq, bizning zamonamizga kelib unutilgan yohud unutila boshlagan qadriyatlarimiz xususida qisqacha to’xtalib o’tmoqchimiz.Xalqimizning farzandi bilan bog’lik qadriyatlarini uning "o'nta bo’lsa o'rni, qirqta bo’lsa qilig'i boshqa" degan purmano maqolidan ham anlab olish qiyin emas. Darhaqiqat, ko'p bolali ayol hamda erkak eng ezozli ota-onalar sanalib, ularning xonadonlari ham Fayzli, Kurkam, Nufuzli, Namunali hisoblanadi. Bunday xonadonning ayoli quni-qo‘shni, hatto ayollarga maslahatgʻoʻy, yul-yoʻrik koʻrsatuvchi kayvoni hisoblansa, erkagi ko’pchilikka ota sanalib,el-yurt orasida juda ham katta obro' e’tibor qozongan. (Voajab, yana shunday bag’oyat xalqchil, ibratli odatga bolta urib, oilani, bola tug’ish va tug’dirishni rejalashtirmoqchi bo’ldik). Xalqimizda farzandga mehr-muhabbat, uni qadrlash onada nishona ko’rina boshlaganda, ayniqsa, kuchaydi va muntazamlilik tus oladi. Chunonchi, homila paydo bo’lgach, muayyan muddatdan erkakni unga yoqinlashtirmakka, qo'pol muomala va so'zga yo'l qo’ymaslikka, ayolga og’ir ish qildirmaslik, yuk kutartirmaslik shartlarini eslaylik. Muomala ham o’zgartiriladi. Xushmuomalalik, shirinsuxanlik, mehribonlik, saxovatlilik ishga solinadi. Yostigi ostiga non pichoq, piyoz, tuz va boshqa narsalar qo'yish, o'zini yolg’iz qo'ldirmas, tunda hovli yoki ko'chaga yolg’iz chiqarmaslik, doimo yonida odam bo’lishlik, yongan chirog’ini o'chirmaslik, tug'ilajak bola hoh o'g'il, hoh qiz bo'lsin, baribir unga atab kiyim-kechaklar tikish, ismlar bilan, onaning yemak-ichmoqlarini yaxshilash, ayniqsa, ko’ngli istagan ovqatni muhayyo qilish, shirin orzular, yaxshi niyatlar aytib,ko’nglini ko’tarish, sovg'a- salomlar kelib turish, erkalashlar, yupatishlar kabi o’nlab odatlar ona va bola qadriyatlari bilan bog’liqdir. Chunki ona ko’ngliga qaramaslik homilaning sog’lom o‘sishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi isbotlangan, - vaqti-vaqti bilan isiriqlar solish, duo bitilgan tumorlar osish, muqaddas qadamjolar, aziz- avliyolar maqbaralari, mozorlarga ziyoratlarga olib borish, hayvonlar yoniga hayvonlar qo’shish, tug'ilajak farzand uchun –qo’y, echki,mol ot bog’lash, ko’chatlar ekish yer ajratish, uy solish, atamalar atash, nazirlar berish, hayr-ehsonlar qilish kabi ko’pdan-ko’p udumlar, odatlar, ananalar ham ona-bola qadriyatlariga borib taqaladi. Yuqorida sanab o'talgan udumlarning har-birida o'ziga xos ibrat bor. Afsuslar bo’lsinki, ona va homila bilan bog’liq ko'plab udumlar bizning davrda unutildi, nazar-pisand qilinmay qoldi. Ulardan ko’pchiligi diniy, demak zararli, deb qoralangan bo’lsa, boshqalari o'zimizning laqmaligimiz tufayli unutila boshlandi. Bunda yuqoridan turib berilgan ko'rsatmalar, yolg’on-yashiqdan iborat buyruqlar, “dohiy”va "dohiycha" lar, kommunistik partiyaning "donoligi", sobet tuzumining puch, soxta,quruq gaplardan iborat "oqilona" siyosati katta rol o'ynadi, albatta. Aytilganu, ammo butunlay teskarisi bo’lib, qog’ozda qolib ketgan bir-ikki qoidani keltirmasdan ilojimiz yo’q. “Ayollar organizmi uchun zararli bo’lgan sohalarda ayollar mehnati taqiqlansin, ayollarning tunda ishlashi taqiqlansin ... Yana bir ko’chirma: “... Sovet hokimiyati hotin-qizlarni ozod qilish uchun, ularning "kuchli" jins bilan teng huquqli qilish uchun ikki yil ichida shu qadar ko’p ishlar qildiki, butun dunyodagi ilgor, madaniy, “demokratik” respublikalarning hammasi birga 130 yil davomida shunday ish qilgan emas” Yuqoridagi birinchi ko’chirma boshdan-oyoq yolg’on, aldovdan iborat bo’lsa, ko’chirma to’g’riligi, ammo aksincha bo’lishi bilan ajralib turadi. Darvoqe, bolalarning ko'plab ona qornidan o’lik tug'ilishi, yohud nimjon holda dunyoga kelishi, onalarning bola tashlab qo'yishi, ayollarimizningm husn-jamoli yo’qolib, rangi zafaronqaddi-qomati bukilganligi va boshqalar ana shu "g'amxurlik"ning oqibat-natijasi bo’lsa kerak. Shaxsan men 40-50 kilogramlab "ok oltin" ni boshiga qo'yib paxtazordan chiqayotgan ikkiqat onalarni, bolasini orqasiga bog’lab (quldorlik mamlakatlarida ham taqiqlangan odat), engashib paxta terayotgan ayollarni, yangi chaqalog’ini dala shiyponida ishdan qolaman deb shoshib pishib emizayotganlarni ko’p ko’rganman. Kuniga ming-ming marta erga egilib-turib chopiq chopayotgan,g’oza yagana qilayotgan, paxta terayotgan, g‘ozapoya sug‘irayotgan ayollarni kuzatib, ezilgan kunlarim ko’p bo’lgan, Ular orasida homilador ayollar yohud yangi bo’shalgan ayollar yo'q edi, daysizmi?! Bu ham mayli-ya, chidasa bolardi. Ikkiqat ayolga qarab ham duq-po’pisalar qilish, haqoratlashlar, qo’rqitishlar, hatto kaltaklashlar-chi? Shudgor ichida, dala shiyponida, yo’lda-cho’lda qo’rquvdan, og’ir mehnatdan, kaltakdan, do’q-po’pisadan bola tashlab qo'ygan yohud homilador holda o'zini yoqib yuborgan, osgan, ariq-kanallarga tashlaganlar oz bo’ldimi?!Ha, biz ayollarni ezishda, xususan, homilador yohud yangi bo’shalgan onalarimiz haq-huquqlarini kamsitishda, oyoq osti qilishda, shaxsiyatlarini qadrsizlantirishda, qisqasi, ularning qul, jonli robotlarga aylantirishda boshqa mamlakatlardan yuz o’ttiz yil emas, ming yillar ilgarilab ketdik, desak to’g’riroq bo’lardi. Ho’sh, bolani ona qornida, onani homiladagi e’zozlovchi shu qadar ibratli udumlar, an’analar bor ekan, farzand dunyoga kelganda qanday qadriyatlarbo’lgan. Darvoqe, farzandning dunyoga kelish arafasi, yorug' jahonni ko’rishi va birinchi qadam tashlashi bilan bog’lik bir qator xalqona qadriyatlar borki, bizm ulardan ba’zi birlarigagina to'xtalamiz. Homila yaqinlasha boshlaganda mahalla yohud qishloqning kayvoni ayoli - doya chaqiriladi. Xalq og'zaki ijodi, an’anaviy tarbiyaga oid materiallarni izlab, qishloqma-qishloq, ovulma-ovul kezib yurishganda menga o‘nlab-yigirmalab o‘gil-qizlar, hatto butun-butun qishloq ahliga doyachilik qilgan tabarruk doya-momolar bilan uzoq vaqtlar suhbatlashishga tog’ri kelgan. Xatto katta-kichik, oddiy yohud amaldor kishilar o’z doyalari nomini faxr bilan tilga olishlarining guvohibo’lganman. Qoʻli yengil, epchil doyaning gap-so’zi, muomalasi, xalq muomalasini yaxshi o’zlashtirgani, homilaning kelish vaqti-soati va qonun-qoidalarini yaxshi bilishi, eng asosiysi, onaning ruhiy holati, kayfiyati va hatti- harakatlarini payqab-ilgab olishi tug’ilish jarayonining oson ko’chishini ta'minlagan. Ana shu eng nozik, eng mas'uliyatli doya vaqt, sharoit, onaning say- harakatlaridan kelib chiqib, uni ruhiy tayyorlash maqsadida qadimdan suyak surib kelgan odatlardan foydalanadi.Qumg’onda yohud choynakda choy qaynatish, ketmon, bolta, otashkurakni olovda qizdirish, temirni taqillatib, ovoz chiqarish, qo‘y-qo‘zini tushovdan bo’shatish, otani kuchaga “haydab yuborish”isiriq tutatish, sandalga o'tqazish, kulflangan narsalarning kulfini ochib, sandiq-jovonlar qopqog’ini kutarib qo'yish, qozonda osilgan narsalarni pastga tushirish, bolalarni ovoz chiqartirib, u yoqdan-bu yoqqa choptirish va boshqalar shular jumlasidandir. Bu odatlar hamma joyda har hil bo’lib, bolaning dunyoga kelishuv bilan bog’liq.Farzand dunyoga kelgach, suyunchi olib-berishlar, o't yoqib elas-elas qilish, paxtaga solishkulga yotqizish, qulog’iga azon aytish, pok suviga olish, qora yassi yoki qayroq tosh ustida kindigini kesish ma’lum muddatgacha uni o'ptirmaslik, keyinroq borib ism qo'yish odatlari ham yangi insonning dunyoga kelishi, onaning esa"og’ir yukdan" omon qutilganini anglatuvchi qadriyatlarimizdan bo’lib, xalqona donolik, odob-axloqning ko’rinishlaridandir. Kishini ranjitadigan joyi shundaki, xalq tabobati, xalqona ahloq-odobga asoslangan farzandning dunyoga kelishi bilan bog’lik ana shu qadimiy,ishonchli tajribalar va sinovlardan o'tgan qadriyatlarga ham qarshi chiqdik. Bir misol. Qadim qadimlardan egizakning dunyoga kelishi katta tantana, ayni chog’da juda nozik, qaltis hisoblangan. Darhaqiqat, bir-ikki daqiqada ikki yohud hisobga uchta toyloqday-toyloqday farzandlar dunyoga kelishining o'zi bo'ladimi? Bu xalq qadriyatlarida o'zgacha ifodalanadi-da, nima qilib bo’lsa ham har ikkala go'dakni saklab qolishga onaning oyoqqa turib ketishiga harakat qilinadi. Xalqning aytishicha, egizaklarning bittasi ota-onadan bo'lsa, qolgani ruhdan yaratilgan emish. Egizak tuqqan ona ham tabarruklashtirilib, jannati hisoblanadi va unga yanada boshqacharoq qaraladi, u hatto ba'zi bir xastaliklarni davolovchi, tasodiflarning oldini oluvchi hisoblanadi. Egizakni tabarruklashtirish payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga borib taqaladi. Bibi Fotima onamiz Hasan bilan Husan ko'rgan bo'lib, ular ilohiy kuch-qudrat, axloq-odobga ega ekanlar. Ularni so'kib urishib bo'lmasmish, hatto sansirash gunoh emish. Kinnachilar, yo'yimchilar, qoqirimchilarning bemorlarni davolayotganlarda «mening qo'lim emas, Bibi Fotimaning qo'llari» deb takrorlashlari, uning nomini tabarruk bilib, alohida mehr bilan tilga olishlari ham ana shundan. Bibi Seshanba marosimini ham Bibi Fotimaga bog'laydilar. Bibi Seshanba yoxud Seshanba sig'inadigan avliyo bo'lib, charx yigiruvchi ayollarning pirlari hisoblanadilar. Onalarimiz Bibi Seshanba onaga sig'inib, seshanba kunlari uning sharafiga ziyofat beradilar va muruvvat; madad tilaydilar, mushkullarini oson qilishni iltijo qiladilar. Bu qadriyat ham onalarni, xususan, egizak ato qilgan ayollarni e'zozlash, qadrlash, hurmat-ehtiromini o'rniga qo'yishdan, egizaklarni asrab-avaylab voyaga yetkazishdan, bir so'z bilan aytganda, ma'naviy-ruhiy qadriyatlardan kelib chiqqan avaylashlarimizdir. Go'dakning pok suviga olipishi ham bag'oyat ibratli qadriyatlarimizdandir. Darvoqe, bola pok suviga shivmagunicha, garchi undan jannat isi kelsa-da, upish,quchish mumkin emas, qachonki, pok suviga olib, yuvib-tarab bo'lingandan keyingina qo'lga olinadi. Opa-bola qadri, qadriyatlari haqida gap borganda chilla, ya'ni chaqaloqning ilk qirq kunlik davrida amal qilinadigan marosimlarga to'xtalib o'tmaslikning iloji yo'q. Bu chaqaloqning onasiga ham taalluqlidir. Darvoqe, chaqaloq bo'lgan oilada yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari yana bir qancha marosimlar o'tkaziladi. Qirq kungacha kech kirishi bilan chaqaloq bilan onasining oldiga hech kimni qo'ymaslik, onani yolg'iz hovliga chidarmaslik, uyida yolg'iz qoldirmaslik, chiroqni qirq KUN o'chirmaslik, ko'pni ko'rgan, ko'pni biladigan momolarni yoniga qo'shib qo'yish, yomon ruhlar, ziyon-zahmat yetkazmasligining oldini olish, vaqti kelsa folbinlar, kinnachi-yu duoxonlardan foydalana bilish, uydan isiriqni uzmaslik, chaqaloq oldiga yuzsiz kirmaslik, uning kiyim-boshini yolg'izlatmaslik, ko'zmunchoqlar taqish, beshakka solish, elas-elas joyni qirq kun yig'maslik, uning atrofiga o'ltirmaslik, ona yuz-qo'l yuvish uchun chiqqanda o'rniga biron-bir ayolni o'tqazib qo'yish, hech kim bilan ko'rishmaslik, yumushga urinmaslik, beshikka belash, boshiga pichoq. piyoz, qalampir, kulcha, tuz, bir siqim tuproq tugib isiriq, ko'zmunchoqlar osib qo'yish. Bo'ri, ot, qo'chqor suyaklaridan maydalab tugunchakka solib, beshik dastasiga bog'lash. Onaning non tishlab turishi, sochqilar sochish va boshqa bag’oyat bebaho udumlarning har biri bir olam.Kezi kelganda chaqaloqqa ism qo'yish qadriyatlari haqida ikki og'iz so'z aytmoqchimiz. Ism qo'yish bilan bog'liq ibratli udum hamda marosimlarimiz bor. CHaqaloqqa ism qo'yish bamisoli bayramga aylangan. Ismni bobo-momo, ota-ona, qolaversa, el-yurt orasida e'tiborli, hurmati baland.., so'zining nufuzi bor oqsoqollar, keksalar tanlashgan. Men hech bir xalqni bolaga ism qo'yishdagi an'analarini kamsitmagan holda, shuni alohida ta'kidlamoq chimanki, o'zbeklarda ism qo'yish ham axloq-odob, ta'lim-tarbiyaning oliy nuqtalaridan bo'lgan deyish mumkin. Ism qo'yish — san'at sanalgan. Darvoqe, har bir ismning o'z tarixi, o'z ma'nosi va o'z estetikasi bor. SHunday nomlar borki, ma'nosining o'zi bir olam! Ammo ISM qo'yish va uning davomiyligida xalqqa xos ehtiyotkorlik, fahm-farosat ham borki, unga e'tibor qilmaslik aslo mumkin emas. CHunonchi, ba'zi ota-onalar farzandlari kasallikdan chiqmay qolsa, uning ilk bor qo'yilgan ismini almashtirib, boshqa nom qo'yadilar. Natijada qo'shaloq ism bo'lib qoladi. Yovuz; yaramas ruhlarni chalg'itish, turli urf- odatlar, e'tiqodlar bilan bog'liq ismlar ham uchraydi. Umuman, ota-bobolarimiz, yaxshi, serma'no ism qo'yishga harakat qilganlar. Bundan har qanday xalq, elat ibrat olsa arziydi. Shuni e'tirof etish kerakki, bizning davrimizda. toptalmagan, oyoq osti qilinmagan, kamsitilmagan biron-bir qadriyat qolmadi. Qadriyatlar deyarli yoppasiga «taftish» qilindi. Yo’q oqilmagan, taftishu tahqir qilinmagan biron-bir qadriyat qolganligini ko'rsatib turish qiyin. Ism qo'yishda ham xuddi shunday bo'ldi. maddohlari sovet oilalari o'z farzandlari ismini sotsialistik turmush tarziga mos keladigan, «baynalmilal» atamalar bilan atashni bajonu-dil qo'llab, quvvatladilar, vaqti-vaqti bilan maslahatlar berdilar. SHunday ismlardan: Xalqimizda bolaning unib-o'sishi, unda guruch tishi chiqa boshlashi, birinchi qadam, birinchi so'z, birinchi kiyinish bilan bog'liq qadriyatlar ham rang-barang, ayni chog'da juda ibratlidir. Ammo hozircha dunyoga kelgan farzandimizning oiladagi tarbiyasi haqida xalq pandnomalariga e’tiborni qaratamiz. Download 422.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling