Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 422.09 Kb.
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet sayti
- Ishning maqsadi
Qo’shimcha adabiyotlar:
Stanislavskiy K..Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.Xo‘jayev tarjimasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2011. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari.-Toshkent: O‘DSI bosmaxonasi, 2008. Norboy Ortiqov Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. –Toshkent: O’zbekiston, 1997. Qorabayev U. O‘zbekiston bayramlari.-Toshkent: O‘qituvchi,1991. 19.Qorabayev U. O‘zbek xalq o‘yinlari.-Toshkent: San'at, 2001. 20 Musulmonova О. Ма’vaviy qadriyatlar– sod’lom avlodni tarbiyalash vositasi. –Т.: 1995. 21.Nоrboy Оrtiqov Ма’naviyat: Мilliy va umuminsoniy qadriyatkar. –Т.: O’zbekiston, 1997. Internet sayti: www.ziyonet.uz www.google.ru www.fikr.uz Amaliy mashg’ulot 4-Mavzu: Nikoh to’yi – oila negizi Reja: 1.Nikoh to’yi bilan bog’liq rasm-rusumlar. 2.Non ushatar, sovchilik. 3.Kuyovsinar odatlari 4.Nikoh to’yi marosimlari Ishning maqsadi: Nikoh to’yi bilan bog’liq rasm-rusumlar, non ushatar, sovchilik, kuyovsinar odatlari, nikoh to’yi marosimlar haqida bilimlarga ega bo’lish va bu boradagi bilimlarni mustahkamlash. Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari. Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi. Har bir ota-ona farzand ko'rgach, uning yaxshi kuni— to'yiga atab yig'inib boradi, balog'atga yetgach, el-yurtga to'y berib o'g'lini uylantirishni, qizini turmushga chiqarishni muqaddas burchlari deb bilishadi. Xalq nazarida, pandnomasida va diniy ta'limotda birgina ulug' va tabarruk to'y bor. Bu muqaddas nikoh to'yidir. Nikoh to'yi shuning uchun qutlug'ki, u oila orqali insoniyat jamiyatini davom ettirishga, Allohning mo'min bandalari va Muhammad payg'ambarning sodiq ummatlari ko'payishiga xizmat qiladi. Nikoh to'yining boshqa to'ylardan farqi tomoni shundaki, uni bir oila o'tkaza olmaydi. Boshqa hamma to'ylarda oila boshlig'i nimani to'plab, elga qanday to'y bersa, nikoh to'yida ikki—kuyov va kelin tomonlar o'zaro kelnshishga, fikrlashishga majbur. Nikoh to'yi juda muhim, muqaddas va hayotiy, ayni choqda, nihoyatda nozik, savobli va xayrli bo'lganidan hamma davrlarda unga ehtiyotkorona yondashib, tantanavor, bayramona, chiroyli qilib o'tkazishga harakat qilishgan. Darhaqiqat, ota-bobolarimiz har qanday kishi hayotida bir martaba bo'ladigan nikoh to'yini nafaqat kelin-kuyov yoxud ularning oila a'zolari xotirasida, balki qarindosh-urug'lar, yor-do'stlar, qolaversa, mahalla-ko'y, qishlab yaqindan kelib, qatnashgan mehmonlar qalbida ham o'chmas iz qoldiradigan, umrbod saqlanib qoladigan tarzda o'tkazishga harakat qilganlar. Yeshlar boshini qovushtiradigan nikoh to'ylari uzoq yillar davomida shakllangan bo'lib, o'zida xalqning o'nlab udumlari, urf-odatlari, rasm-rusumlarini birlashtiradi. Demak, nakoh to'yining ham o'ziga xos «odobnomasi», «odatnomasi» bor. Uning tarkibidagi urf-odatlarning har qaysisida yangi oilaga ezgu-maqsad, kelin-kuyovga istak, tilak yashirin bo'lgan, Nikoh to'ylari bilan bog'liq rasm-rusumlar quyidagilardir: .. Uzoq vaqt asta-sekinlik bilan to'y taraddudiga kirishish; bo'lg'usi kelin yo kuyovning yetti pushtini surishtirish. Masalan, Amir Temur bu ishda tutgan yo'li haqida shunday deydi. «O'g'illarim, nabiralarim., yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa bor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko'rdim. Kelin bo'lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog'lik-salomatligini, jismonan kamolatini aniqladim. Kelin bo'lmish nasabi, odob-axloqi, sog'lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo'lsagina el-yurtga katta to'y-tomosha berib, kelin tushirdim». Muomalali, didli-farosatli sovchi tanlash va sovchi qo'yish, nonushatar,qalliq o'ynarga, fotiha to'yi, oq o'rar, : yaloq qizartar, uy ko'rar, sarupo bichar, quyov sinar, olovdan aylanish, oyna ko'rsatar, qo'yinga tuxum solar, it irillagar, kampir o'ldi, elash, yopa qo'l botirar, ... bet och ar, ... chorlar. ... sug haqi, ... oqliklar, ... sirq kun chilla o'tagan?- o'choq, surpa, o'slov bilan tanishtirish. ... Non, paxta, un, tuz bilan bog'liq udumlar, ... quda-anda tortishuv- bellashuvi. ..kelyan salom, ... kelpn.choyi, ,.. kuyov qo'liga bola tutqazyash... ko'gan (kuvan) boylar, ... chimildiqda kelin-kuyov sinovi, . .. kuvi pishar, ... yangalar odobi kabi nikoh bilan bog'liq yuzdan, hatto undan oshiq udum, urf-odatlar, rasm-rusumlar borki, ulardan hech qaysisi 70 yil qatag'on qilingani kabi diniy-reaksion mohiyatga ega emas, aksincha, barchasi insonni e'zozlash, qadrlash, ularga bo'lgan mehru-muhabbat va ezgu niyatlarni ifodalaydi. Bu odatlar qoralaganimiz kabi yosh lar muhabbatini rad qilmaydi, balki sevgini o'yin- ermak deb qaramaslikka, uni muqaddas bilishga, oila qurishda shoshmashosharlik qilmaslikka undaydi. Ularning har birida nurli bir tilak, yorqin bir maqsad, o'ziga xos odobnoma mujassam. Mana, ayrimlariga diqqat qilaylik. Non ushatar — qiz tomonning rozilik belgisi olingach, bir juft non sindiriladi. Bu ishni bir nikohli bajaradi va davradagilarga (kelin va kuyovga ham) bir burdadan taqsimlanadi. Nonni o'rtaga qo'yib, nonday qadrlansin, e'zozli bo'lsin, nasibasi butun «bo'lib qo'sha qarisin deb niyat qilinadi. Xuddi shu o'rindan to'y taraddudi, oldi-berdisi boshlanadi. SHungacha taraflar bir-birlarining shajarasini, yashash tarzini, kasbi-korini, el orasidagi mavqeini o'rganib chiqishgani uchun non sindirardan so'ng qilib, so'zidan qaytmaydilar. Kimki so'zidan qaytsa, Xudodan qaytgan sifatida el nazaridan chetda qoladi. Qay tomon labzidan qaytganiga qarab qiz berishmaydi «yoki kuyov qilishmaydi. Ko'gan boylar — kelinga ko'gan berib, qoziqqa bog'lattirar ekan, moling ko'p bo'lsin, ko'changga sig'masin deb niyat qilinadi. Kuyov sinar — bu har joyda har hil. Bir joyda suyovri chatir to'nka yordirib, o'zga yerda yuk ko'tartirib « boshqa joyda o'choq qazdirib sinashadi. Ammo qay yo'sinda bo'lmasin, sinash orqali kuyovning aqliy butunligi, fahm-farosati, jismoniy baquvvatligi, ro'zg'or ishiga uquvi tekshirib ko'riladi. Zero, kelinni otdan ko'tarib tushirish, uyga ko'tarib kiritish odatlari topqirlikni, baquvvatlilikni talab qilganki, shu sababli ota-ona o'g'lini kuyov bo'lguncha shu ishlarga o'rgatgan. Bordi-yu ko'yov sinov shartlarini bajarolmasa xotin-xalaj, tengqurlari-yu bolalar—to'y ishtirokchilari oldida qanchalik uyatga qolishi ma'lum. Oriyatli yigit-lar esa sharmandayu sharmisor bo'lib qolmaslik uchun sinovlarga puxga hoesrlik ko'rishgan. Nikoh to'ylarida barcha udumlar tartib, odob bilan bajarilgan. Kelin yoki kuyovning axloqiy xislatlari, hayosi, ibosi, muomalasi, izzat-ikromni bilishi alohida diqqat-e'tiborda bo'lgan Kelin kamida bir yil ibo saqlab, qayvota-qaynonaga, kuyovning yaqinlariga yuzini ko'rsatmay yurgan bo'lsa, kuyov ham kuyovchorlargacha qaynata qaynonaga yuzma-yuz bo'lmagan. Nadomatlarkim, bizning davrimizga kelib odob-axloqning bu nozik, iboli pardalari yirtildigina emas, yoshlar yuzidan bir yo'la sidirib olib tashlandi. Biz qadriyatlarimizni, an'analarimizni batamom oyoq osti etib, ezgu odaglarning barchasini zararli, eskilik qoldig'I sifatida rad qilib, o'ruslar yoki o'zga ovro'poliklar kabi ko'cha-ko'yda tanishib, ahd-paymon qilib ketaverishni, bo'lg'usi qaynota yoxud qaynona oldida yuzini rapidaday qilib, uyalmay-netmay, o'g'lingga tegaman yoki qizingga uylanaman, deb aygishga targ'ib-tashviq etdik. Hatto to'ylar haqidagi qo'llanmalarda ham milliy an'analarga yot, axloqimizga zid shunday fikrlarni targ'ib qilib keldik. Yoshlarga seni partiya, komsomol, davlat himoya qiladi, ota-onang, qarindoshlaring fikri bilan hisoblashma, ular to'yingga rozilik bermasa komsomol to'ylari qilamiz, deb badiiy asarlargacha yaratdik. Navbatda hali hayot murakkabligini bilmagan, anglab yetmagan yoshlar mafkuramizning noto'g'ri daldasi bilan ota-ona, oiladan ayrilib yoxud ular gapiga quloq tutmay, komsomol to'ylariga o'gib ketdilar. «Komsomol to'ylari bizning hayotimizda tobora keng yoyilmoqda. Bunday to'ylariga kelin bilan kuyov ishlayotgan korxona va muassasalarning kollektivlari aktiv qatnashmoqda. Shuning uchun ham bunday to'ylar alohida tantanavor tus olmoqda, to'y marosimlariga alohida fayz bag'ishlamoqda... eskirib qolgan zararli urf odatlarni, diniy rasm-rusumlarni surib chiqarmoqda, nikoh to'yi marosimini quvonchli, chiroyli, sira unutilmaydigan voqeaga aylantirmoqda» . Ushbu kichik bir tashviqotga e'tibor beraylik. Kuyov va kelinning ota-onalari, navbati bilan kelin va kuyovning qoshiga kelib ularni o'padilar. Kelin va kuyov hozir bo'lganlarning gulduros qarsaklari ostida raqsga taklif qilinadilar... Axir, qaysi ota o'z qizini turmushga, chiqarganda kuyovnikiga qo'shilib boradi? Tomirida o'zbekning qoni oqqan har bir ota bundan iymanadi. Ehtimolki mualliflar uyalmas, lekin qizini erga bergan otaning to'yga borishi, yana ko'pning ichida kuyovini o'pishi gunohi azim hisoblangan, sharqda, aynan bizda. Yoki uyat-andishani unutib, endi chimildiqqa kirayotgan kelin-kuyovga iboni o'rgatish o'rniga davrada ochiq yuz bilan raqs tushirish qaysi turkona odob qoidasiga mos keladi? Bilmadik. Ammo shuni angladikki, biz milliy qadriyatlarimiz ildiziga o'zimiz bolta uraveribmizki, natijada birgina o'q tomir qolibdi. Epdi shuni asrash kerak. Xullas, nikoh to'yini «Komsomol to'yi», «Qizil to'y», «Yangi to'y», «Sovet to'yi» kabi nomlarda atab, bizga yot an'analarni majburiy singdirish bu tantanali shodiyonaning mazmunini deyarli o'zgartirib yubordi. Oqibatda bu marosimimizga qadimdan esh bo'lib, davom etib kelayotgan qadriyatlar unutila boshladi. YOr-yor aytishlar, kelin salomlar, tortishuv-bellashuvlar, kelin-kuyov, quda-anda, ota ona bilan bog'liq bag'oyat ibratli an'analar, bazm oqshomlarini bezab turgan to'y ashulalari, o'yinlari, aytishuvlari, laparlari siqib chiqarildi. Kuyovni sinash, qo'liga bola tutqazish, kuyov qochdi, uy bezash, sarpo yoyish chimildiq, kelin bilan bog'liq tortishuv, sochqi, non, tuz, un sepish-oqliklar, kelin yo'lini to'sish, shop olish, quda-andalar bellashuvi, torgishuvlari va yana qanchadan-qancha mazmunli, ma'noli udumlar atayin yo'qotildi. To'y o'yin folklori: erkaklar raqslari, bolalar o'yinlari (kurash, quloq cho'zish, lanka, chopish, sovunlangan xodaga chiqish, poyga, ot o'yin, bellashuv va boshqalar), qizlar musobaqasi, ot, eshak, piyoda musobaqalar kabi qadimdan suyak surib kelgan xalqona udumlarning har birida olam-olam ma'no bor edi. Non, paxta, tuz, un, tosh, olov, shuningdek nikoh dasturxon, pazandachilik, kiyim-kechak va boshqalar bilan bog'liq «oqliklar», olovparastlik, ruhiy poklanish, yangi oila, yangi xonadon sha'ni, obro'si bilan bog'lid qadriyatlar, to'yda osh-qatiq, non-tuzni isrof dilmaslik, tejash kabilarini aytmaysizmi? Bulardan tashqari ichkilik qo'llamaslik, oilaviy moddiy imkoniyatlarga amal qilish, to'yni majlisxonaga ay- lantirmaslik, keksalar duoxonligi, olqish va talablari, kelinni uy hayvonlari, ro'zg'or buyumlari bilan tanishuvi, mehmonnoma qoidalari, oilaviy pazandachilik sirlarini o'rgatish, xullas, yangi tushgan joining o'z qonun-qoidasi, odobi, sha'ni, an'analari-yu qadriyatlariga ko'niktirish, odatlantirish singari milliy an'analar deyarli yo'qolib ketdi, Qani ayting-chi, qaysi nikoh to'ylarimiz ana shu qadimiy, chiroyli va foydali, odobli odatlar asosida tashkil etilib, qadriyatlarimizni ko'z-ko'z qilmoqda? Aksariyat bazm oqshomlarida, qizlar bazmlarida, quda-anda, kuyov-kelin chorlarida muayyan qolipdagi quruq ssenariy yotadi, deyish mumkin. Darhaqiqat, hozirgi paytdagi nikoh to'ylarida ichkilikbozlik, majlisbozlik, «men sendan o'taman» qabilidagi tantilik, ovrupo musiqa asboblarining quloqni qomatga keltiruvchi shovqin-suroni, otarchilar odobsizligi-yu pulbozlik hukmron. Yana kelin-kuyovdan tortib qaynona-qaynotagacha mezbonlaru mehmonlardan tortib yetmish yashar qo'ni-qo'shnilargacha o'rtaga chiqib olib anglab bo'lmaydigan musiqalarga o'xshasa-o'xshamasa o'yinga tushishlarini aytmaysizmi! Ko'pni ko'rgan, ko'pni bilgan dono, oqilu zukko kishi.lar bir yoqda qolib ketib, ona suti og'zidan ketmagan yoshlarning kelin-kuyovga 7 o'g'il, 7 qiz ko'rish tilagini bildirayotganini, mast-alast kishining qo'lida qadah bilan gandiraklab- sandiraqlab, kelin poshshaning yaxshi xislatlarini uzundan-uzun axtar-saxtar so'zlar bilan ta'rif etishini qanday izohlash mumkin? Buning ustiga keksa-yoshning qadah so'zi aytish, o'rtaga chiqib olib o'zini ko'rsatish, xonanda-yu sozandaga qasdma-qasdga pul qistirish musobaqasi boshlanib ketadi. Yemak, ichmak mo'l-qo'lligidan kim nima istak bildiryapti, qaysi xonanda xonish qilyapti, anglab bo'lmaydi. Bir so'z bilan aytganda, hozirgi zamon mafkura frontining jangchilari, yangi turmush—yangi an'analar jarchilari, sosialistik vatanparvarlik, oilaparvarlik, baynalminallik tarafdorlari, shuningdek, ayrim rahbarlar nikoh to'ylariga aralashib, bo'lar-bo'lmas, arzir-arzimas ssenariylar asosida ularning asl, xalqona, milliy ruhini butunlay o'zgartirib yubordilar. Nikoh to'ylarini quvnoq, esda qolarli qilib o'tkazish o'rniga inson sha'niga, qadriyatlariga butunlay munosib bo'lmagan rasm-rusumlar, odatlar tomoshasiga aylantirib qo'yganimizni sezmay qoldik. Odam tug'ilishidan to umrining oxiri- gacha ko'pdan-ko'p udumlar, rasm-rusumlar, urf-odatlar, an'analar bilan bog'liq qadriyatlarga o'ralgan bo'ladi. Axir dono xalqimiz «qadrlaganni qadrla» deb bejiz aytmagan-ku? Bizningcha, to'y marosimlarida go'zal milliy urf-odatlarimizni tiklash uchun mahalla komitetlari faollari, oliy bilimgohlar sa'y-harakat qilishlari, tashabbusni o'z qo'llariga olishlari zarur. To'y o'tkazish komissiyasi a'zolari, keksalarimiz nikoh kechalariga boshchilik qilsalar milliyligimiz tiklanishiga shak-shubha yo'q. Kezi kelganda xalq an'anaviy tarbiya usulida katta o'rin tutgan kelin-kuyov, qaynona- qaynota odobnomasiga qisqacha to'xtalib o'taylik. Download 422.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling