Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 422.09 Kb.
bet12/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
Majmua

KUYOV HAM O’G'IL
Kelinlik libosiga burkanmagan qiz, kuyovlik sarposini kiymagan yigit bo'lmaganidek, kuyov odobi, izzat-ikromi, mavqei muammosini o'z boshidan kechirmagan oila ham yo'q desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Xonadonga kuyov kirib keldimi, o'z-o'zidan ma'lumki, u bilan o'nlab bir-biridan murakkab muammolar ham kirib keladi: yorga, qaynona-qaynotaga munosabat, qiz tomon qavmu qarindosh, yoru birodar, xesh-urug' bilan aloqa va muomala kabilar shular jumlasidandir. Xuddi kelinchakday o'zga oila, o'zga kishilar oilaviy odatlari, udumlari, rasm-rusumlari bilan bog'lanish, qabul qilish, ularga ko'kikishning o'zi bo'ladimi? Xalqning asrlar sinovidan o'tgan axloqiy o'gitlari shunday masalalarni hal etishda «yordam»ga keladi, ulardagi qaydlar, yo'l-yo'riqlarni bilib olib, amal qilinsa, kuyovlik madaniyati, odobida oqsamaslik, aksincha, yuksaklikka erishmoq mumkinligi ayon bo'ladi. Boshqa sohalarda bo'lganidek, kuyovlik odobining ham birlamchi-ikkilamchi yoxud katta-kichik tomonlari bo'lmaydi: hammasi joy-joyida, o'rni-o'rnida, o'z vaqtida bo'lmog'i va bajarilmog'i shart. Kuyov — o'g'il, qaynona — ona, qaynota— ota. Kuyov oilalar o'rtagida do'st-birodarlik aloqalarni o'rnatuvchi, ularni birlashtiruvchi, qadrdonlashtirib, urug'-aymoqqa aylantiruvchi kishidir. Ayni choqda o'zaro bitishuv asosida qurilgan yangi bir oilaning bosh-qoshi, ana shu oilaning ravnaqi, mustahkamligi va baxt-saodatini ta'minlovchi otadir. Oilaning buguni, ergasi, quda-andachilikning muntazamliligi ko'proq kuyovning odamiyligi, xulq- atvori va aql-idrok bilan ish tutishiga bog'liq. Kuyov yaxshi bo'lsa har uch oilada osoyishdalik ta'min etiladi: o'z ota-onasi ham, qaynona-qaynota ham, oilasi ham tinib-tinchiydi. Bordiyu aksi bo'lsa, butun oila bezovta, tashvishda... SHu boisdan ham xalqimiz deydiki:
Yaxish kuyov el ko'rki.
Kelining — oring,
Kuyoving — boring.
O’g'li borni o'rni bor,
Kuyovi borni ko'rki bor.
Ahmoq o'g'illi bo'lguncha,
Aqlli kuyovli bo'l.
Qiz ko'rganing — kuyov ko'rganing,
Kuyov ko'rganing — o'g'il ko'rganing,
Darvoqe, xalq an'anaviy tarbiya usulining axloq- odob javohirlari xazinasida kuyov bilan bog'liq, uning xulq-odobi, burchi, muomalasi, oiladagi o'rni, o'zini tuta bilishi borasida muhim axloqiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan ibratomuz qaydlar, pandu nasihatlar, qoidalar ko'p. Ha, xalq og'zaki ijodi va an'anaviy pand-nomasida axloq-odobi, yurish-turishi, xatti-harakati, xush zaboni, xush xulqi, xush fe'li bilan ajralib turuvchi kuyov-o'g'illar yuksaklakdan turib madh etilgani holda qo'rs,, tili zahar, badfe'l, badxulq, egoist, odob ko'chasidan o'tmaganlar qattiq qoralanadi, hayotning o'zida ham shunday: el yaxshi kuyovni, kuyov emas o'g'il deb biladi, yoshlarga ham ibrat namunasi qilib ko'rsatadi, yomonlaridan esa nafratlanadi, xatti-harakatini qattiq tanqid ostiga oladi... Misollarni ko'rib o'taylik:
Yaxish kuyov — o'g'il,
Yomoni — dushman.
Qizingni maqtama,
Kuyovingni maqta,
Qo'shiqlar, ertaklar, afsonalar va boshqa asarlarda bu mavzu ularning janr xususiyatlari va talablaradan kelib chiqib yana-da kengroq, chuqurroq ifodalanganligini ko'ramiz. Mana o'shanday qo'shiqlardan ayrim namunalar:
Kelini bor onaning
Bag'ri butun, yor-yor,
Bag'ri butun.
Kuyovi bor otaning
Qo'li ustun, yor-yor,
Qo'li ustun.
Yaxshi kelin uyning
Baxti, denglar, yor-yor,
Baxti denglar.
Yaxshi kuyov uyning,
Taxti o'nglar, yor-yor,
Taxti denglar.
Kelini bor uy
Sarishtali yor-yor,
Sarishtali.
Kuyovi, bor uy
Farishtali, yor-yor,
Farishtali.
Kuyov keldi demanglar,
O’g'il keldi, yor-yor,
O’g'il keldi.
Kuyov kirgan xonadon
Nurga to'ldi, yor-yor,
Nurga to'ldi.
Dono xalq deydi:
— Hoy, qaynona-qaynota, shuni bilginki, kuyoving ham farzanding, uni o'g'lingga aylantirib, mehr-muhabbat va izzat-hurmatini qozonish — sening o'zingga bog'liq. Kuyov ham bamisoli nihol. Oilangga kelib qo'shilgan kundan boshlab, unga oila bo'l. U ham o'z qiz va o'g'ling kabi shirin so'z, iliq mehr va xushmuomalaga muhtoj, sen uni ardoqlasang— kuyov-o'g'ling seni ham ardoqlaydi, qadrlasang — u ham qadrlaydi. Axir xalq og'zaki ijodida:
Kuyoving o'g'ling,
Kelining — gulzing. .
Kuyovni o'g'il qilgan qaynotasi,
Kelinni qiz qilgan qaynonasi.
Qaynona kelin bilan maqtansa,
Qaynota kuyovi bilan maqtanadi.
O’g'lim yo'q deb o'ksinma,
Kuyoving — o'g'ling.
Qizim yo'q deb o'ksinma,
Kelining — qizing,
deb ta'riflanishi, xalq an'anaviy pedagogikasida esa qat'iy tasdiqlanishi bejiz emas, albatta. Hikoyat: «Qadim zamonda bir podshoning ikki o'g'liyu bir qizi bor ekan. Qizini kuyovga uzatibdi. Kuyovi yaxshi ekanu, ammo podsho uni yoqtirmay hadeb kamsitaveribdi. O’g'illarini maqtagandan-maqtab, qiziga nuqul: «Kuyov — yov degani, men eringga ishonmayman, vaqti soati kelsa qand emas, pand yediradi», derkan. Bir payt yurtini yov bosibdi. Jangga birinchi bo'lib podshohning o'g'illari, keyin kuyov kiribdi. Podsho qiziga: «Ana ko'rdingmi, o'g'illarim birinchi bo'lib yovg'a tashlandi; kuyov — yov-da, jangga eng keyin kirdi. Hali xiyonat yo'liga o'tib, sen bilan meni dushmanga sotmasa bo'lgani», debdi. Keyin ota-bola bir tepalikka chiqib, jangni tomosha qilishibdi. Podshoning farzandlari xoinlik yo'lini tutib yog'iy tomonga o'tib ketibdi. Kuyovi qastdyan yaralansada, holdan toyguncha sherdek olishibdi. Keyin hushidan ketib yiqilib, u ham asir tushibdi. Podshoh sulh taklif qilibdi. SHunda yog'iy podshosi: — Qo'ling baland kelib, sen meni yengar eding. Ammo; askarlaring orasida xoinlar ko'p ekan,— debdi-da, podshoning ikki o'g'lini olib chiqib unga ro'baro' qilibdi. «Hamma yigitlaring anavu pahlavonga o'xshab senga sodiq bo'lganda edi, mendan ming chandon kuchliroq Iskandarni ham yenggan bo'larding», deb podshaning kuyovini ko'rsatibdi. Keyin: — Hoy bahodir, ota-onang bormi? Bo'lsa ayt, shu mardliging uchun boshidan-oyoq zarga ko'mayin,— debdi. — Qarshingda turgan podsho otam, men esa uning kuyov-o'g'liman,— deb javob beribdi yigit. Bahodirning mardonavor so'zidan ta'sirlangan g'olib podsho: — Sen kuyov — o'g'il emas, haqiqiy farzand ekansan, — debdi. — To'g'ri aytding,— debdi unga mag'lub podsho.— Ammo men shu kungacha xato o'ylab yurar ekanman. U haqiqatan kuyovim, anavu qo'rqoqlar o'g'illarim edi. Endi bildimki, kuyovim — kuyov emas, chinakam o'g'lim ekan. G'olib podsho oladigan bojidan voz kechib, o'z iziga qaytibdi. «Kuyov-o'g'il» degani shundan qolgan ekan». Folklor ekspedisiyalaridan birida ikki oila bilan tanishib qoldim. Biri Toshkent shahrida, ikkinchisi Farg'onada istiqomat qiladi. Ularning hayoti bilan chuqurroq tanisha borganim sari, qaynona-kuyov, kelin-qaynona munosabatlari oilaviy muammolarning muammosi ekanligiga, naqadar u murakkab, nozik, serqirra va serjiloligiga, oilaning tinch-osoyishtaligi va barqarorligi borasida o'ynagan roliga imon keltirdim. Oila zavolida, ota-onaning boladan (yoki aksi) judo bo'lib, yuzko'rmasga aylanib ketishiga qaynona-qaynotachilik va kelin-kuyovchilik sabab bo'lmayaptimikan, degan xulosaga keldim. Buni hayotda kuzatilgan oilalar, xalq og'zaki ijodi va an'anaviy o'gitnomalardagi qaynona — kelin, qaynota — kuyovnoma sahifalari ham tasdiqlab turibdi. Yezuvchilarimiz axloq-odobning ana shu nozik bobiga ham e'tiborni qaratib, u haqda qalam tebratsalar koshkiydi. Axir, arzimagan bahona bilan, qaynota — qaynona o'z kuyovi- ni haqoratlab, hatto uyidan quvib chiqargan kammi? Yoxud, bo'lar-bo'lmasga kuyov-o'g'lini yomonlab, qon-qaqshab qarg'ab yuradigan ota-onalar yo'q deysizmi?
Men kuyov-o'g'liga tuhmat qilib, o'n besh sutka, hatto undan ko'proq muddatga qamatgan qaynota-qaynonalarni ko'rganman. Suyukli nabiralarini, otasini nohaq qoralovchi, ko'ringanga uni yomonlab, ta'na toshlarini otuvchi qaynona-qaynotalar ozmi? Aksincha, xotini yaxshiyu, ammo uning ota-onasi, ya'ni qaynona- qaynotasi yomonga chiqqan kuyov-o'g'illarga nima deysiz? Arzir-arzimasga ran talashib yoxud janjallashib, bir umrga o'z xotini yo erining ota-onasi (ayni choqda o'zi- ning ham ota-onasi-ku!) bilan gaplashmay yurgan kelin-kuyovlarni- bilaman. Bunday hollarda masala shu darajada chuqurlashib, chigallashib ketadiki, ayb kimda ekanligini bilolmay dog'da qolasan. Yuqorida ikki tanish oila haqida so'zlagan edim. Ulardan birovi (aniq sabablarga ko'ra uning ismi- familiyasini ko'rsatmaymiz). fan doktori, nufuzli professor, ota-onasi yaxshi niyat va orzuda juda chiroyli ism qo'ygan, unga hammaning havasi keladi. Ammo, qaynotasi atigi bir oz ulug'roq yoshda bo'lishiga qaramay, uni «Kuyov bola» ba'zan esa «Kuyov to'ra», «Kuyovjon» deb chaqiradi. — SHu so'zni kim o'ylab topganikin-a,— deydi xunobi oshgandan-oshib professor. Axir ota-onam qo'ygak va hammaga ma'lum, boshpirtimga muhrlangan ismim bor-a? Yakka-yolg'izligimizda bilinmaydi, chidash mumkin. Ammo, kishilar, hatto talabalarim oldida ham qaynotam «kuyov bola», «kuyov to'ra», deb murojaat qiladilar, SHunda xijolatdan o'zimni qo'yarga joy tapolmay qolaman. Bir kun desangiz, uyga tengqur kasbdoshlarim yo'qlab kelishdi. SHuning ustiga qaynotam: ham kelib qoldilar. Har ikki gapning' birida «Kuyov to'ra, unday», «Kuyov to'ra, bunday» deyaversalar bo'ladimi? Unday demang, deb so'zlarini bo'lishga jur'at etolmayman, har holda, dadam. O’sha kuni yer yorilma- di-yu... SHu-shu tengqurlarim «Kuyov bola», «Kuyov to'ra» deb atashadigan bo'lishdi. Men u kishini qaynota emas, dada, deyman, u kishi ham o'g'lim, bolam, deb yoxud ismimni aytib muomala qilsadar bo'lmasmikin? SHuni ko'p o'ylayman... Ana, noo'rin ishlatilgan bir og'iz so'zning kishi qalbiga ta'siriyu o'zaro munosabachda tutgan o'rni. Ha, kuyovim ham, o'g'lim ham bir so'z, ammo o'ylamay-netmay noo'rin qo'llanishi kishi qalbini yaralab qo'yishi mumkin. Darhaqiqat, sizni kuyovingaz ota, dada, deb chaqirsa, eng yaqin kishi sifatida muomalada bo'lsa-yu, siz esa «kuyov to'ra», «kuyov bola» deb (o'zingiz anglama- gan holda kesatganday) tursangiz, shu yaxshimi?! Mayli, rasmiy ho'jjatlarda kuyov, pochcha so'zlara qo'llana bersin. Ammo jonli tilda, kunlik muomalada o'g'lim, farzandim, deb atashga nima yetsin: har ikki so'z ham bir og'izdan chiqadi-ku, axir! Qaysi oilada, kuyovga kuyov deb emas, balki farzand deb qaralsa, qolganlarning kattasi uka, kichigi aka deb bilsa, unday oiladan har qamday ko'ngilsizliklar, tina-kuduratlar ham yproq bo'ladi. Janjal, ginaxonlik va behuda tortishuvlar yo'qmi, bas, rohat-farog'at dam, omad ham, osoyishtalik ham, qut-baraka ham o'sha joyda. Yuqorida eslangan farg'onalik tanishimning uyiga borib qolsangiz, qaynona-qaynotaning kelin- kuyovga, uning aksi — kelin-kuyovning ularga munosaba- tini ko'rib hayratdan yoqangizni ushlaysiz. U X. ismli bu otaxonni 7 qizu 6 o'g'li bor. Otaning o'zlari shaxsiy pensioner. Bu oilada kelin-kuyov o'z farzaadlaridek, ya'ni biri o'g'il, ikkinchisi qiz. Qaynona-qaynota, quda-qudag'ay yoxud kelin-kuyov nomlari tilga olinganda og'izlaridan bol tomadi. Bir-birlariga qilayotgan muomalalaridan hatto toshlar erib ketadi, deyish mumkin. Kattasining ham, kichigining ham tilida faqat Siz. Kelin-kuyovlarni aytmaysizmi? Qaynota-qaypona, qayinsingil-qaynog'a, ovsin-bojalarning bir- birlariga izzat-hurmatni bajo keltirishlarida, o'rkiga qo'yishlarida ularga teng keladigani .toiilmaydi, desam mubolag'a qilmagan bo'laman. Bunday oilalardagi o'zaro munosabat, izzat-ikrom, oqibat xalq an'anaviy pandnomasining ibratli sahifalaridan, desak xato qilmagan bo'lamiz. Xullas, hamma bir-biriga hurmatda, sadoqagda, izzat-ikromda. — Ulug' Vatan urushida dadamdan ajrab qoldim,—- deydi biz bilan suhbatda otaning katta kuyovi vrach F. Q.— Ha, dadasiz o'sdim. Rostini aytsam, tengqurlarim «dada» deb chaqirganda ich ichimdan ezilib ketardim. Ammo, tabiat tantilik qilib yo'qotgan dadamning o'rniga dada topib berdi... Toleimga ming qatla shukurki, oilamning otalari qaynotam dadamning o'rnini bosdilar. Men u kishidan juda minnatdorman. Ha, dadamga kuyovgina emas, farzand bo'la olganimdan faxrlanaman. Odamiylik, minnatdorchilik tuyg'ulari bilan yo'g'rilgan va qalb amri bilan aytilgan bu so'zlarni otaxonning hamma kuyov-kelinidan eshitasiz. Xullas, oila totuvligi va ahilligi, bir so'z bilan aytganda, uning bezavol kamol topishida kattalar — qaynota-qaynona qanchalik muhim rol o'ynasa, kichiklar — kelin bilan kuyov ham shunchalik muhim o'rin tutadi. Biri ikkinchisini tushunsa, totuv yashasa, izzat-nafsiga tegmasa, inson sha'ni oyoq osti qilinmasa, hamma sohada uquvlik, mehr-muruvvat bilan ish tutilsa, bunday oila baxtiyor, osuda hayot kechiradi. Shunday qilib, qaynona-qgynotasiz, kelin-kuyovsiz xonadon deyarli topilmaydi. Shunday ekan, ular o'rtasidagi munosabat qanday asosga— o'zaro hurmat- sadoqat, samimiylik va vefodorlik, qisqasi, odamiylik asosiga qurilganmi yoki uning aksimi, oilaning taqdiri ana shunga bog'liq. Farzand kuyov bo'lgach, ota-ona, qaynota-qaynona ming-ming shukronalar bilan rang-barang udumlarni, urf-odatlarni bajaradilar. Afsuski, qizil imperiya davriga kelib, kelin-kuyov bilan bog'liq an'analar ham yo'qqa chiqdi, o'rniga milliy harakterimiz, urf-odatlarimizga zidlari paydo bo'ldi. SHu sababli ham biz uzoq yillar davomida qo'lga kiritilgan to'ylar, kelin-kuyovlar odobi bilan bog'liq xalq an'anaviy tarbiyasiga oid materiallardan ba'zi birlari bilan o'quvchilarni tanishtirIshni o'z burchimiz, deb bilamiz. ...Quyov tanlash ham, kelin tanlashdek, bir qancha jarayonlarni o'z ichiga oladi. Kuyovning kimligini srishtirish, ota-onasiga, avlod- ajdodlarini bilish, yashash sharoiti, ishlash joyi, shajarasi, urug'-aymog'I bilan tanishish, oshna og'aynilaridan xabardor bo'lish va boshqalar shular jumlasidandir. ...Farzand kuyov bo'lgach, ota-ona, qaynona-qaynota bir qator udumlarni, urf-ofatlarni, an'analarni ba- jarganlar: shulardan eng xarakterlisi quyidagilar bo'lgan: ..Kuyov ham qirq kungacha chillali hisoblangan. Kuyovga eng tansiq, kuchli ovqatlar tayyorlab berib turilgan. Bu qirq kun, ya'ni chillasi chiqquncha davom etgan. ..Kuyov muayyan muddatgacha qaynona-qaynotaga ko'rinmagan. Kuyov ko'cha-guzarga chiqqanda qaytishda uyga shirinliklar olib kelgan: qant-qurs, holva, shinni va hokazo, ...Kuyovning otda uydan chiqishi va otda qaytishi eng yaxshi udum hisoblangan. ...Kuyovning mahalla-ko'y, qo'ni-qo'shni oldidagi mas'uliyati yanada ortgan, chupki u to'ydan keyin ota qatoriga o'tgan. . ...Quyovni yomon ko'z, ins-jinslardan saqlash uchun qo'yniga non, tuz, 7 dona isiriq urug'i solib qo'yilgan. Duolar bitilgan tumorlar taqilgan. ...Vaqti-vaqti bilan kuyovga isiriq solish, ko'zti- kondan hatlatish, daryo, HOVUZ bo'ylariga olib borish, uch ko'cha boshida to'xtatmaslik. ...Kuyovning o'z qo'li bilan xayr-ehson qildirish, uzoq safarga yubormaslik, vaqt-bevaqt yolg'iz qoldir- maslik. ...Kuyov bilan, xususan, qaynona-qaynota o'rtasida samimiy, iliq, ota-bolalarcha munosabat o'rnatilgan. ...Xalq orasida chuqur ma'ioli bir ibora bor. Hamma unga amal qiladi. Bu — «Kuyovni payg'ambarlar siylagan», degan ibora. Xalqimiz ana shu iboradan kelib chiqib, kuyovga alohida hurmat ko'rsatib, uni alohida mehr-muhabbat va izzat-ikrom-bilan ardoqlaydi. Diniy rivoyatlarga ko'ra, payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom o'z kuyovlari hazrati Alini bag'oyat siylagan emishlar. Mazkur maqol shu asosda kelib chiqqan bo'lib, uni kuyovni siylaganda yoki siylash zarurligini katta-kichikka uqtirganda qo'llaydilar. Kuyovning obro'-e'tibori, sha'ni-sharafi bilan bog'liq yana bir «Kuyov keldi — xon keldi» maqolida ham qaynota-qaynona, qayinsingil va umuman quda-qudag'aylar tomondagilar uni bamisoli xon deb bilishlari, xonga ko'rsatilganday hurmat-e'tibor ko'rsatishlari ta'kidlanadi. Bunday izzatga esa kuyov o'z odobi, xush xulqi va shirinzabonligi bilan erishadi. Afsona: Baxt yangi oila qurgan kuyov-kelinning eshi- gini qoqib: «Men ' sizlarnikiga mehmon bo'lmoqchiman»,— debdi. Kuyov to'ra: «Garchi sen Baxt bo'lsang ham men xotinim bilan maslahatlashmay seni qabul qila olmayman. Biz boshdanoq nima ish qilsak o'zaro kelishib, bamaslahat, bir-birimizdan yashirmay, ochiq- oydin qilishni ahdlashib olganmiz.» Kuyov to'ra shunday deb, ichkariga kiribdi va voqeani xotiniga aytibdi. Kelinchak: «Ey, begim, siz bilan men, qaynotam bilan qaynonam birgalikda ahil, hamjihatlikda, totuv yashasak, shuniyg o'zi baxt emasmi? Boshqa baxtning kimga keragi bor?»—deb javob beribdi. Kuyov to'ra: «Dilimdagini topib aytdingiz»,— debdi-da, tashqariga chiqib kutib turgan Baxtga kelinchagi so'zlarini yetkazibdi. SHunda Baxt: «Men izlagan xonadon sohiblarda siz ekansizlar, topdim. Endi bu yerdan hech qaerga ketmayman»,— debdi-da, shu xonadonda bir umrga qolibdi... Xalq an'anaviy o'gitnomasidan mustahkam o'rin olgan va keng ommalashgan mazkur afsonining ma'nosini sharhlab o'ltirishga hojat bo'lmasa kerak. Qaynota-qaynona hurmati



Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling