Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 422.09 Kb.
bet11/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
Majmua

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Stanislavskiy K..Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.Xo‘jayev tarjimasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2011.

  2. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari.-Toshkent: O‘DSI bosmaxonasi, 2008.

  3. Norboy Ortiqov Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. –Toshkent: O’zbekiston, 1997.

  4. Qorabayev U. O‘zbekiston bayramlari.-Toshkent: O‘qituvchi,1991.

19.Qorabayev U. O‘zbek xalq o‘yinlari.-Toshkent: San'at, 2001.
20 Musulmonova О. Ма’vaviy qadriyatlar– sod’lom avlodni tarbiyalash vositasi. –Т.: 1995.
21.Nоrboy Оrtiqov Ма’naviyat: Мilliy va umuminsoniy qadriyatkar. –Т.: O’zbekiston, 1997.
Internet sayti:

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.google.ru

  3. www.fikr.uz


Amaliy mashg’ulot
5-Mavzu: Kelin – kuyov axloqi
Reja:
1.Kelinlik odobi, mas’uliyati
2.Kuyovning oiladagi mas’uliyati
3.Chilla davrining o’ziga xos tomonlari
4.Kuyov ham o’g’il, kelin ham qiz.
Ishning maqsadi: Kelinlik odobi, mas’uliyati, kuyovning oiladagi mas’uliyati, chilla davrining o’ziga xos tomonlari, kuyov ham o’g’il, kelin ham qiz haqida bilimlarga ega bo’lish va bu boradagi bilimlarni mustahkamlash.
Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari.
Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi.
Kelin kelgani, Uyga nur kirganch Kelin ham qiz. Og'zaki ijod odobnomasi, shuningdek, xalq an'anaviy tarbiya usulida va hayotning o'zida yaxshi-yomon kelinlar haqida ham yorqin sahifalar mavjud. Darvoqe, xalqimiz oilaparvar qaynona va qay- notalar sha'niga hamdu sanolar aytish bilan birga kelinlar, ularning nafaqat umr yo'ldoshlari—erlari, balki qaynona-qaynotalari oldidagi burchlari, ular bilan iliq munosabatlari kabi insoniy fazilatlari, xulq-atvorlari borasida ham hayot haqiqati va axloqiy-falsafiy qarashlardan kelib chiqib, qanchadan- qancha yo'l-yo'riqlar aytgan, pandu-nasihatlar bitgan. Ular bir joyga jamlansa bormi, ajoyib kelinnoma majmuasi yuzaga kelgan bo'lur edi. Xalq kelinnomasida kelinning qaynona, qaynotaga munosabati qay darajadaligi eng avval oila shirinligi,- barqarorligi, boqiyligi va bola tarbiyasida muhim rol o'ynashi ajib hayotiy . tarzda tasvirlanganini ko'ramiz.
Xalq kelinga qarata:
Qaynona — ona,
Kelin — bola.
Kelin-saynona do'stligi
Uyning bekam-ko'stligi.
Onangni kiftingda tutsang,
Qaynonangni boshingda tut.
Otangga izzatda bo'lsang,
Qaynotangga hurmatda bo'l.
Izzat qilsang qaynonangni,
Murodingga yetasan.
Hurmatingni so'qotsang,
Yarim yo'lda qolasan,
deb pandu nasihatlar qilsa, o'git bersa kelin tilidan esa:
Qaynamni dedim qaymoq yedim,
Qaynamdan ketdim — tayoq yedim,
— deydiki, uning zaminida chuqur ma'no yotadi. Naql qiladilar:
Zamonlar zaminida uchta qiz bor ekan. Ularning onasi qo'lini ko'sov, sochini supurgi silib, o'zi yemasdan qizlariga yedirib, o'zi kiymay ularga kiydirib, voyaga yetkazibdi. Vaqti-soati kelib katta qizga sovchi kelibdi. Ona qizni kuzatar ekan: Dilbandim, shu kundan boshlab kelinsan. SHu kungacha otang bitta edi — ikkita bo'ldi, onang bitta edi — ikkita bo'ldi. Endi sening g'amxo'ring ham, 'maslahatgo'ying ham qaynona-qaynotangdir. Birovini ona, ikkinchisini ota deb bilib? Bizni qanchalik yaxshi ko'rgan bo'lsang undan ziyodroq ko'r.Ahil bo'lsang olasan — noahil bo'lsang oldirasan. «Serjan» jal uyda baraka bo'lmas», deydi mashoyixlar, aslojanjal qilma, deb nasihat qilibdi. Ona o'rtancha qizi bilan kenjatoyini ham shunday pandu nasihatlar bilan kuyovga uzatibdi. Oradan bir oz vaqt o'tib, «Bolam qanday yashayotganini bir ko'rib, xabar olay», — deb katta qizinikiga boribdi. Qizi eri bilan qaynotasiga yaxshi muomalada bo'lar, ammo qaynonasini yoqtirmas, uni yomon ko'rar ekan. «Erimni onasi begona, menga ona bo'larmidi», — deb uni hecham ona demabdi. Qaynona — kelinni, kelin — qayonani yomonlabdi. Ayb ko'proq qizida ekanligini bilgan ona: «Oxiri baxayr bo'lsinda», — debdi-da, o'rtancha qizining uyiga boribdi. Hol- ahvol so'rasa: — Quyovingiz bilan onasi yaxshi-yu otasi yoqmaydi, sassiq, qurumsoq chol, — debdi qizi. «Obbo, bu qizim ham baxtini qo'lidan boy berib qo'yibdi-ku»,— deb, ona kenjasinikiga yo'l olibdi. — Oyijon, siz aytgandek qaynonam ona, qaynotam ota bo'lishdi. Ro'zg'orimning og'ir-yengilini barobar ko'tarishadi, ularni siz bilan otamday hurmatlarini joyiga qo'yaman. SHundan bo'lsa kerak, meni qo'yarga joyi o'ltirishga o'rin topolmaydilar, Xuddi sizlarga o'xshab o'zlari yeyishmasa—yeyishmaydiki menga yedirishadi, kiydirishadi juda baxtliman, biram yaxshi kishilarki,—debdi qizi. Qaynona-qaynota ham kelinlarini toza maqtashibdi. «Qars ikki qo'ldan chiqadi» deganlari shu-da, — deb ona ich-ichidan quvonibdi. Keyin qiziga qarab:— Ona qizim, baxtingni topganing shu, endi uni mahkam ushla, tag'in opalaringga o'xshab qo'ldan chiqarib yuborma, — debdi. Oradan unchalik vaqt o'tmay katta qizi bilan o'rtanchasi ko'ch-ko'ronini aravaga ortib kelib qolishibdi. Kenja qizi onasining aytganlarini qilib, shirin tiliyu, xush muomalasi bilan tushgan joyida baxtini topib, tinib-tinchib ketibdi. «Ro'zg'or totuvchiligy—oila baxti», deb sruni. aytadilarda. Farzandning kelin bo'lish 'mo'nosabati bilan bog'liq xalq udumlari, rasm-rusumlari, odatlari ham juda ko'pki, ularsiz an'anaviy tarbiya usulining kelin- kuyov — qaynona-qaynota odobi bobini mukammalroq tasavvur qilish qiyin. ... Xalqda kelin bilan kuyovning har birining o'ziga xos alohida-alohida odobi bo'lib, u yoshlikdan boshlab ota-ona, qarindosh-urug' tomonidan o'rgatib borilgan. Biz to'ydan keyin boshlanadigan kelin-kuyov bilan bog'liq udumlarning ayrim ibratli nuqtalarigagina to'xtalib o'tamiz. Kelinning xulq-odobi, yurish-turishi, kiyinish madaniyati, sihat-salomatligi, ota-onasi, avlod-ajdodi, yetti pushti e'tiborga olingan; Kelin bo'lib tushgach, kelin-kuyovni ehtiyot qilish uchun bir qator udumlar, rasm-rusumlar amalga oshirilgan; Kelinchakka og'ir yuk ko'tartirilmagan, qiyin ishlar buyurilmagan; . Kelinchak qirq kungacha chillali sanalib, vaqt- bevaqt oldiga odam qo'yilmagan, begona kishi esa also yo'latilmagan; Vaqti-vaqti bilan isiriq solib, ko'z-ko'z qilingan, ins-jinslar haydalib turilgan; Kelinchakning ovqatiga alohida e'tibor qilingan; ko'ngli tusagan taomlar muhayyo etilgan. Kelinchak chilla davrida yolg'iz qoldirilmagan, doimo yonida qarindosh-urug'lardan biri — keksa ayol yoki qiz bo'lgan; ... Kelinchak-kuyovga solingan o'rindan hatlash, uni bosish, o'ltirish man etilgan; ... Kuyovning kelinchak oldiga kirib-chiqishiga alohida ahamiyat qilingan. Kuyov qorong'u tushmasdan chillali kelinning oldiga kirib olgan; ... CHillali davrida kuyovga spirtli ichimliklar mutlaqo ichirilmagan. Mabodo ozmi-ko'pmi iste'mol qilingan bo'lsa, kelinchakka yaqinlashtirilmagan. SHu o'rinda buyuk sohibqironning biz qalamga olgan yana bir odatini qayd etib o'tish o'rinlidir. «Ug'illarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlariga yaqinlashnshni man etdim. Zero, sharobning ta'sirida bunyodga kelgan farzand nasl-nasabning buzilishiga ta'sir etgay, debon pokiza tutdim» . CHillali davrda kuyov uzoq safarga mutlaqo jo'natilmagan, ertalab ketib kech saytadigan joyga borganda esa albatta uyga sovg'a-salom bilan kelgan; ... Yangi kelinchakka atab qo'ni-qo'shnilar, mahallako'y topgan-tutgadlarini olib kelib turgan: issiq non tansiq ovqat, qatiq, sut, qaymoq, o'sma, qalamsir mun- choq, xina, isiriq, meva-cheva, qovun-tarvuz va boshqalar shular jumlasidandir. ... Kelinchakni yolg'iz qoldirmaslik, zeriktirmaslik uchun mahalla-ko'yning bo'yga yetgan qizlari navbatma- navbat uning yoniga kelib turishgan; .. Qorong'u tushgachg kelinchakni yolg'iz tashqariga chiqarishmagan; ... Eng asosiysi, hamma — kattalardan tortib qichiklargacha xushmuomalada bo'lib, shirin so'zlardan so'zlashganlar. Asabga tegadigan qiliq yoki so'z aytilmagan. Xalq o'z hikmatlarida kelinlarni, mana nimalar deb ogohlantiradi:
Qaynotaga tosh otsang,
Tosh olasan.
Qaynonangga osh bersang,
Osh olasan.
Erim desang — qaynotangni de,
Bolam desang — qaynonangni de.
Eringni sevsang,
Bolangni sevsang,
Qaynotangni ham suy.
Qaynonangni ham suy.
Bo'lay desang izzatda,
Qaynonangga bo'l hurmatda.
Yashay desang rohatda,
Qaynotangga bo'l izzatda.
Hayotda odamiyligi, o'zining mehnati va ibratli xulq-atvori bilan hammani hayratga soluvchi, yoshi ulug' qaynona-qaynotasiga, qayin-qayinog'ayu qayinsingillariga juda yaxshi munosabatda bo'luvchi, hatto qo'ni-qo'shni, mahalla-ko'y va qarindosh urug'lar orasida ham tilga tushgan, ular dilidan joy olgan, qisqasi, oilaning ko'rki va ifgixori bo'lib qolgan kelinlar ko'p. Farg'onalik kelin Fotimaxon Qarimova, mana, nimalar deb yozibdi: «Oila a'zolari totuv bo'lsa, yumushlar o'yin-kulgu bilan bitib ketadi. Men ishlayotgan kolxozda jamiyat boyligichi yaratayotgan kelsinlar qanchadan-qancha... Tasavvur qilayliga, ana shu kelinlarning qaynonalari yaqin yordamchi, jon- kuyar bo'lmasalar kelinlar jamiyat, xalq uchun shuncha foyda keltiraolgan bo'larmidilar? Qarang-a, xonadonlarimizning eng jonkuyari, mehriboni aziz qaynona onalarimiz bizning ro'zg'orimiz to'kis bo'lishi, bolalarmizning orzu-havasini ko'rishimiz uchun butun umrlarini bag'ishlab yashayaptilar. Bejiz aytilmagan «Qaynonali kelin — qarqara kelin», deb. Dildan chiqarib aytilgan bu gaplarda zarracha bo'lsa-da yelgoni- yo'q. «Har kim ekkanini o'radi. Alohida kattalar munosabati yoshlarga saboq bo'ladi. Arap qaynona-kelin bo'lar bo'lmasga janjallashaversa, yoshlar ham notinch hayotga, bir-birini hurmatlamaslikka o'rganadilar», deb yozibdi boshqa bir toshkenglik kelin Nazira Razzoqova. Kelinlarimiz qalbidan chiqqan va misnatdorchilik his- tuyg'ulari bilan to'lib-toshgan bunday so'zlardan yana ko'plab keltirish mumkin. Xalq donishmandligining yorqin ifodasi bo'lmish maqollar orasida:
Aqlli kelin uy ko'rki,
Aqlsiz kelin to'y ko'rki.
Onam desa kelini .
Bolam deydi qaynona.
Izzat qilsa kelini
Boshga qo'yar qaynona.
Qizi bor uy sarishtali,
Kelin bor uy farishtali,
kabi misollarning bo'lishi ham xarakterlidir. Turmushga chiqib, butunlay begona joyda tinib- tinchib, oilaning farzandi bo'lib qolgan, erining qarindosh-urug'lari bilan ahil va baxtli yashash, hayot kechirish uchun umumiy til topolgan kelinlarga nisbatan xalqning «Keng uyning kelinchagi» kabi juda chuqur ma'noli iborani qo'llashi ham tasodifiy emas, balki hayotiydir. Yoki xalqning:
Kelsa xotin urug'i,
Bo'lar yo'li-o'g’rig'i,
_ Kelsa erning urug'i, .
Bo'lar yurak burug'i, —
qabilida ish tutmay, o'zining qarindosh-urug'ini qanday iliq kutib olsa, eriga- qarashli kishilarga ham shunday iliq munosabatda bo'lmoqni uqtirishi ham tabiiy bir holdir. Darhaqiqat, xalqimiz azal-azaldan xulq-atvori yaxshi, oilaparvar, kaynona-qaynota, qayni-qaynisingillariga mehribon, qisqasi, farzandlik burchini bajargan kelinga chin inson sifatida qarab, uning hurmat va ehtiromini joyiga qo'yishlikni ham ta'kidlaydi. Ha, el-yurt odobli kelinlarni ko'klarga ko'tarib, boshqalarni ulardan ibrat olishga undagan. Darvoqe, xalq odobnomasining, xalq an'anaviy tarbiya usulining eng zarrin sahifalari ayollarga, xususan, zebo kelinlarga, ularning chuqur insoniy fazilatlariga, xulq-odoblariga bag'ishlangan, deyish mumkin. Masal: «Ilgarilari bunchalik emas eding. Endi bo'lsa uying top-toza, hovling ham yog' tushsa yalagudek-a?»— dedi Bulbul To'tiga, «Uzim-chi, o'zim qandayman?» savolga-savol bilan dedi To'ti. «Uzing ham binoyidek bo'lib qolibsan. Og'zingdan bol, yuzingdan kulgu arimay,- qolibdi. Bunchalik tez o'zgarishingning boisi nimada?» «O, xabaring yo'qmi? Oltin topib oldim, dunyoda yo'q. Ha, yolg'izimga kelin oldim. Kelipim biram yaxshiki, jonim kirib qoldi. Bir bolam ikki bo'libgina qolg'ay, mening ham ko'zimga — ko'z, qo'limga— qo'l qo'shildi... Uyim nurga to'lib, qalbim ham butunlandi». «Aytishingdan kelining yaxshi chiqibdi-da»,— havas bilan dedi Bulbul. «Sekinroq aytasan-a», — ichi ichiga sig'masday javob qildi unga To'ti.
Qissadan hissa:
Yaxshi kelin non beradi.
Yomon kelin jon oladi.
Yana bir masal:
«Voy-bo', namuncha qaddi-qomating bukchayib, aftangoring tanib bo'lmaydigan holga tushib qolibsan, yaqin-yaqinlarda ham bunchalik emas eding-ku. Yo biron-bir tuzalmas kasalga chalindingmi? Ust-boshingga ham qarab bo'lmay qolibdi-ya, ko'rgan kishi qo'rqadi-ya!» — dedi Fil Ona SHerga. «Sen so'rama, men aytmay, — javob berdi unga Ona SHer, — kelin olganman. Hikmatliroq chiqib qoldi...»
Kelinning tilliligi,
Qaynotaning so'lgani.
Kelinning ko'rsligi,
Qaynonaning o'lgani.
Xalq deydi: — Ey, kelin, eringning onasi — onang, otasi — otang. Oga-bobolaring qadimdan davom ettirib kelgan qaynona-qaynotangni e'zozlash, hurmatini o'rniga qo'yishdek olijanob udumga amal qil, ularning izzat-ikromini o'rinlar, shunda ering seni boshiga qo'yadi, farzandlaryng, el-yurt oldida obro'ying ortadi. Axir, sen hozir qaynonangga kelin bo'lsang, ertaga kelinga kaynonasan-ku? SHuni ham aytish kerakki, o'z oilasi, xususan, qaynona-qaynotasi haqida so'zlaganda tilidan bol tomadigan, muomalasndan har qanday toshyurak kishi erib ke- tadigan, allaqachon tushgan oplaning ham ko'rki, iftixori bo'lib qolgan oqila kelinlar ko'p bo'lishi bilan birga, ming afsuski, shunday kelinlar ham borki, ularning kelinlik sha'ni, oilada o'zlarini tutishlari, kishilar bilan munosabatlari haqida so’z borar ekan, xalqning «Aytsam tilim kuyadi—aytmasam dilim kuyadi» iborasini qo'llash joizdir. Xalq maqollarida aytilgandek:
Yomon turmush yalchitmas,
Yomon kelin boyitmas.
Ha, folklor asarlarida, xalq an'anaviy tarbiya usulida badfe'l, tili boshqayu dili boshqa, qo'pol, qo'rs, badjahl, badnafs kelin tufayli keksa qaynona- qaynotalarning dili pora bo'lishi, muhabbatning so'nishi, oqibat-natijada oilaning buzilib ketishi ro'y-rost tasvirlanadi. Darvoqe:
Kelinning yaxshisi,
Oila kamoli.
Kelinning yomoni,
Oila zivoli, —
deydi xalq. Qaynona-kelin munosabatlarini uzoq yillardan buyon o'rganib yurgan folklorshunos va elshunos olimning aniq hisobiga ko'ra, kelinlarning- (oqila kelinlar bundan istisno) o'z erlari, qarindosh-urug'lari sha'niga aytgan, eshitganda har qanday kishini ranjitadigan so'zlari — qarg'ishlarining turi besh yuzdan oshiq ekan! Ba'zi kelinlar tilidan «Qaynonam unday, qaynona bunday»,—deb zorlanishlarini eshitib qolasan. Bir kelsnning «Qayponam bilan qaynotamga bolalarimni qoldirgim kelmaydi, negaki ularga ishonib bo'lmaydi, — degan so'zini eshitib, yoqamni ushlaganman. Uyalmay-netmay shu so'zlarni aytgan kelin o'z bolalarining og’asi yomonlayotgan kishilarining suyukli o'g'li ekanligini nahotki bilmasa? Menimcha, biladi! Ammo, afsuski, o'rtada kelin-—qaynona—qaynotachilik borda. Erining oldida bir xil, eri yo'g'ida ikkinchi xil tovlanadigan, qaynona-qaynotasiga goh oshkora, goh pinxona zahar-zaqqum yedirib, ularning umrini qisqartiradigan kelinlarga nima deysiz?' Yoki, «Ona qizim, eringiz maoshini olmabdi, ro'zg'orga ozgina qarashib yuborsangiz» degan oppoq sochli qaynonaga: «Nima, men sizlarni boqqani kelganmanmi? O'zimga zarur zirak olaman. Kerak bo'lsa bir kelinni boqib olinglar», — deb o'shqirgan kelinni ko'rganda, nahotki inson degani shunchalik o'z qiyofasini yo'qotib yuztuban ketsa-ya, deb afsus-nadomatlar chekasan kishi. Va yana: «Onang akangning bolalariga yaxshi qaraydi, menikini turtib-surtadi», degan bema'ni gap bilan onani bolaga, bolani onaga qayrab qo'yib, janjal chiqargan kelinga nima deysiz? Umuman, bo'lar-bo'lmasga, arzir-arzimasga janjal ko'taradigan, na faqat qay- nopa-qaynotalarni, balki butun qavmu qarindosh, qo'vi-qo'shnilarning ham diliga ozor beradigan kelinga karab: «Hoy inson, bir kunmas-bir kun sen — qaynona, ering qaynota bo'lasanlar, shunda kelining senga o'xshab holsa nima bo'ladi», deging-keladi...
Xalq ham aytadi:
SHirin tilli kelinni,
Ko'rgani rox(at, yor-yor.
Zahar tilli kelinni,
Ko'rgani azob, yor-yor.
Qaynonang dilin og'ritma,
Uzing kayna bo'larsan, yor-yor,
Nohaq ko'ngling qoldirma,
G'am-g'ussaga to'larsan, yor-yor.
Ha, mashoyihlar aytganidek:
Gujum qalin bo'lsa yomg'ir o'tmas,
Kelin-qaynona inoq bo'lsa gap-so'z bo'lmas.
Kelinnomaning ayrim sahifalari borasida aytilgan fikrlarga yakun shunday: Kelin bilan qaynona-qaynota o'rtalaridagi munosabat, o'zaro hurmat va ehtirom asosiga qurilgan bo'lsa, ularning tilidan zahar emas, bol tomsa, qisqasi, oradan ota bolalik pardasi ko'tarilmasa, oilada avlodlar tarbiyasi shunchalik yaxshi va samarali bo'ladi. Turmush ahil, totli, shirin o'tadi.

Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling