Baxshilar - doston ijrochilari sifatida mashhur, iqtidorli, shoirtabiat odamlar.
Xalq tomosha san'ati - O‘tmishda xalq san'atkorlari navro‘z bayrami, hosil shodiyonasi, xalq marosimlari, bayramlari va to‘ylari munosabati bilan tomosha berganlar. Ming-minglab odam to‘planadigan sayilgohlar va to‘yxonalarda birga yoki yonma-yon namoyish qilinadigan masxaraboz hamda qiziqchilarning chiqishlari, qo‘g‘irchoq o‘yin, dorbozlik, uloq, poyga, kurash , ko‘z bog‘lash , nayrangbozlik, muallaq, raqs, mavrigixonlik, ayiq, echki, fil, maymun, ilon o‘ynatish, qo‘chqor, xo‘roz, bedana urishtirish va hokazolar shular jumlasidandir.
An'ana— tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar madaniy hayotiga ta'sir o‘tkazadigan madaniy hodisadir.
Urf-odat - o‘ta keng bo‘lib, u o‘z ichiga xalq hayotining barcha tomonini — oddiy kundalik udum, rasm-rusum, irim-sirimlar, o‘zaro-muomala tarzi hamda barcha marosimlarni butunicha qamrab oladi.
G`oya – inson tafakkuri maxsuli, milliy g‘oya esa millat tafakkurining maxsulidir.
Qadriyatshunoslik fanidan oraliq nazorat variantlari
1-variant.
1. Qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
2. Qadriyatlar jamiyat xayotida qanday ahamiyat kasb etadi?
3. Qadriyatlarni shakllantirish va rivojlanishiga qanday omillar asos bo’lib xizmat qiladi?
2-variant.
1. Qadriyatlarni ko’pligi nimalarni ifodalaydi?
2. Qadriyatlar inson ma`naviy kamolotining muhim omili ekanligini qanday izohlaysiz?
3. Qadriyatlarning ob`ektiv va sub`ektiv jihatlari nimadan iborat?
3-variant.
1. Qadriyatlarning baholashda qaysi omillar ahamiyatli va muhim sanaladi?
2. Qadriyatlar va meros tushunchalari o’rtasida qanday farq bor?
3. Hozirgi O’zbekistonda milliy istiqbol mafkurasini rivojlantirilishi uchun qanday ishlar olib borilmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |