Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 422.09 Kb.
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topishmoqlar
- Ertak
Axuramazda - yaxshilik, yorug`lik, obodonchilik va ezgulik kuchlarining ma`budidir.
Bolalar folklori - kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg`unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o`yinlar, qo`shiqlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan. Maqol- xalq hayotiy tajribalari xulosasini ifodalovchi hikmatli fikrlar majmuasidir. Maqol arabcha qavlun- gapirmoq, aytmoq, so`zidan olingan bo`lib, aytib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan qo`llanadi. Topishmoqlar - xalq og`zaki ijodining kichik va ommabop hamda xalqaro janrlaridan biri hisoblanadi. Terma - pand – nasihat, axloq - odob, soz va badiy so`z haqida yaratilgan, hayotdagi turli hodisalar, biror shaxs yoki jonivorning ta`rifi yoki tanqidiga bag`ishlangan, baxshilar tomonidan kuylanadigan 10 – 12 misradan 150 – 200 misragacha, ba`zan undan ham ortiq hajmdagi lirik, liro – epik asarlarga aytiladi. Ertak - xalq og`zaki ijodidagi badiiy nasrning eng qadimiy va ommaviy namunasi hisoblanadi. Mifologik afsonalar- ajdodlarimizning qadimgi e`tiqodiy qarashlari tufayli paydo bo`lgan tushunchalar bilan bog`liq afsonalardir Rivoyat - hayotiy voqelarni hayotiy uydirmalar vositasida tasvirlovchi og`zaki ijod janridir. Toponimik rivoyatlar - joy nomi bilan bog`liq bo`lib, hikoya qilingan voqealar o`tgan zamonda sodir bo`ladi. Latifa - og`zaki janrning ma`lum va mashhur janrlaridan biri. Latifa atamasi arabcha «lutf» so`zidan olingan bo`lib, muloyimlik, yaxshi muomala, yaxshilik qilmoq, marhamat ko`rsatmoq, sharaflamoq ma`nolarini anglatadi. Lof - o`zbek xalq nasrining mustaqil janrlaridan biri bo`lib, o`zining tuzilishi, hajv va yumorga asoslanishi bilan latifa va askiya janrlariga yaqin turadi. Doston - o`zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma`naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi g`oyalari bilan chambarchas bog`liq. Download 422.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling