Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 422.09 Kb.
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet sayti: www.ziyonet.uz www.google.ru www.fikr.uz Amaliy mashg’ulot
- Ishning jihozi
Qo’shimcha adabiyotlar:
Stanislavskiy K..Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.Xo‘jayev tarjimasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2011. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari.-Toshkent: O‘DSI bosmaxonasi, 2008. Norboy Ortiqov Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. –Toshkent: O’zbekiston, 1997. Qorabayev U. O‘zbekiston bayramlari.-Toshkent: O‘qituvchi,1991. 19.Qorabayev U. O‘zbek xalq o‘yinlari.-Toshkent: San'at, 2001. 20 Musulmonova О. Ма’vaviy qadriyatlar– sod’lom avlodni tarbiyalash vositasi. –Т.: 1995. 21.Nоrboy Оrtiqov Ма’naviyat: Мilliy va umuminsoniy qadriyatkar. –Т.: O’zbekiston, 1997. Internet sayti: www.ziyonet.uz www.google.ru www.fikr.uz Amaliy mashg’ulot 12-Mavzu: Yaxshi so’z jon ozig’i Reja: 1.Odobning boshi salom. 2.Dilozorning so’zi qilichning tig’idan yomon 3.Shirinsuxanlik inson ziynati Ishning maqsadi: Odobning boshi salom, dilozorning so’zi qilichning tig’idan yomon, shirinsuxanlik inson ziynati haqida bilimlarga ega bo’lish va bu boradagi bilimlarni mustahkamlash. Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari. Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi. Ishni xulosasi: Bajarilgan vazifani yozma ravishda rasmiylashtiradi va taqdimot tayyorlanadi. OLQISH OLGAN OMONDIR, QARG'ISH ESA YOMONDIR f Xalq an'anaviy pandnomasi hamda og'zaki ijodidaqarg'ish bilan olqishning inson hayoti, kamolati va ha-lokatida tutgan o'rni, ko'rsatgan ruhiy-ta'siri xususida ham bir-birvdan kuchli, mazmunan sizikarli sahi-falar ko'p, eng muhimi, xalq qarg'ishnomalari, olqishduonomalari, mana necha zamoplar, asrlarki, katta kichikning axloqiy, ruhpy tarbpyasida o'ziga xos vositabo'lib kelmoqda. Darhaqiqat, qarg'ish ham, olqish ham uzo kschmishdayuzaga kelgan bo'lib, og'izdan-og'izga o'tib bizning kun-larimizgacha yetib kelgan. Har bir davr, har bio qavm-ning o'z qarg'ish va olqishi bor. Qadim-qadimlarda paydo. bo'lib bizgacha yetib kelgan (-hayotda faol qo'llangan)an'anaviy qarg'ish-olkishlar bilan birga, dazr. sharo-it va kishilar xulq-atvoridan kelib chiqib, yuzaga kel-gan yangi qarg'ish-olqishlar ham mavjud. Biz kitobimizning ushbu bobida qarg'ish va olqishlarning kelib chiqish sabablari, tipologiyasn va turla-riga batafsil to'xtalib o'girmaymiz. Bizni o'rganilayot-gan mavzu — qarg'ish va olqishlarning manfiy hamdamusbat tomonlari, ta'sir kuchi, xalq an'anaviy pandnomasida tutgan o'rni kabi masalalar qiziqtnradi vabiz imkoniyatimiz doirasida ularni'yoritishga harakatqilamiz. Yashash joyi, turmush sharoiti, kishilarning fe'l-atvori, yoshiga qarab qarg'ish va olqishlar qator o'zigaxos xususiyatlarga ega. CHunonchi, biz shu ma'noda oila a'zolari o'rtasida bo'ladigan ota-onaning bolaga, boota-onaga, akaning ukaga, ukaning akaga, yoki opa-, shuningdek, qaynona-qaynotaning kelin- kuyovga, kelin-kuyovning qaynona-qaynotaga qaratilgan qar--la'nat, olqish-duolarini nazarda tutamiz. Urug' urug', qavm bilan qavm, qo'ni-so'shni, mahalla-ko'y orasida uchraydigan qarg'ishlar ham diqqatga sazovor. Ayni.qsa jangu jadalda, uzoq safarga otlanishdaaytiladigan olqish-duolar bilan qarg'ishlar — la'natlarning tub mohiyati nihoyatda teran bo'lib, ijtimoiyahamiyat kasb etishda faolroq xizmatni o'taydi.Mana «YAkka Ahmad» (Ergash Jumanbulbul o'g'li)dostonidan bir misol. Ahmadbek arazlab ketib qolganOqbilak yoridan: «Utirsa—tursin, tursa—yursin, biz-dan umidi bo'lsa kelsin; bo'lmasa biz dushmanlarning qo'liga tushib ketdik, Albatta yetsin», deb xat olgach,otasidan duo-fotiha so'raydi: Mard yigitga davron ikki kelmasin, Mard o'lsa, qakini dushman. yemasin,, Yeri ketsa dushmanlarning ko'liga, Uylagin otajon, o'lim emasmi?! Omin deng, otajon, yorga boraman, YOr emasdir, nomus-orga boraman.. Bunga javoban otasi Qoraxon shunday duo-olqish ay-tib nasihat qiladiki, unda otaning farzandga bo'lgancheksiz mehr-muhabbati, umid-ishonchi chuqur aks etgan- ligini ko'ramiz: Uzingdan pastlarman har yo'lga ketma, Bolam, aytgan nasihatim unutma. Oldingdan kim o'tsa besalom o'tma. Bir g'aribni ko'rsang, bolam, og'ritma, Gaplarimni yodingga ol, Ahmadjon, 'Zinhor manmanlikning yo'lini tutma...Utmyshda zolim xonlar, beklar, amaldorlar mehnat- kash xalqqa zulm qilganlari natijasida ularga atalgan xoh oshkor, xoh mahfiy bo'lsin, el qarg'ishlari paydo bo'lgan. SHuning aksi o'laroq, ona-Vatanni balo-ofatdan -bosqinchi yog'iylardan saqlashda o'z tengqur quroldoshla?riga qaraganda ko'proq fidoyilik ko'rsatgan, topqirlik qilgan xalq qahramonlari, sarkardalar, allomalar, pa^lavonlar el olsishi-duosiga sazovor bo'lgan.Ayni choqda sarkardalar, allomalarning o'zlari ham ol-qish-duoning qudrati, ta'sir kuchiga’ katta . ahamiyatberganlar. Shu jihatdan sohibqiron Amir Temurning: «Ulamo bilan suhbatda bo'ldim va pok niyatli, toza xalbli kishilarga talpindim. Ularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotihaberishlarini o'tindim», kabi o'gitlari xarakterlidir. Xalq an'anaviy pandnomasi sahifalaridan ma'lumki, el-yurt osoyish topgan vaqtlarda xalqning nufuzlizotlari raiya^ni o'z olqishlari evaziga odob doirasida saqlashgan, ya'ni xalq mo''tabar zotlarning voqea-hodisalarga munosabatiga qarab turib, o'z xatti-harakatini belgilagan, qisqasi, mo''tabar zotning, xususan din ar-bobining qarg'ishidan katta-kichik xayiqqan, olqish-duosidan umidvor bo'lgan. Utmishda shunday edi, hozir ham shunday. Kelajakda ham olqish-duoning katta-kichikningaxloqiy, ruhiy tarbiyasida muhim o'rin tutishi shub-hasizdir. Qarg'ish hamma vaqt shunday ruhiy kuchini yo'sotmay qolaveradi. SHuning uchun ham xalqning «Duoolgan omondir, qarg'ish olgan yomondir», «Olqish — duomingta bo'lsa ham qolma, qarg'ish bitta bo'lsa ham olma» kabi maqollar to'qishi va katta-kichikni unga amalqilishga da'vat etishi bejiz emas. Datto muborak Qur'onu sharif va payg'ambarimiztabarruk hadislarida ham olqish-duo olish savob ekan-ligi, qarg'ish olishning yomon oqibatlari asosli uqtiriladi. Ayniqsa, ota-onaning duo yoki qarg'ishi tezda o'zkuchini ko'rsatishi 32-hadisda shunday keltiriladi Abu Hurayra: «Men Rasulullohdan quyidagi hadislarnieshitdim: «Bibi Maryamning o'g'illari hazrati Iso (alayhissalom) bilan Jurayjga so'zlagan boladanbo'lak hech bir bola beshikdaligida gapirgan emas», de-dilar. Sahobalar: «Ye Rasululloh, Jurayj va uning so'zlagan bolasi kim edi», — deb so'rashganda, Rasulul- loh rivoyatni aytib berdilar: «Jurayj o'zining ibodatxonasida ibodat bilan mashg'ul bo'ladigan bir rohib bo'lib, uning ibodatxonasi atrofida bir podachi sigirlarini o'tlatib yurar ekan.SHu ibodatxona joylashgan qishloqda turadigan bir xotin podachi yonnga kelib-ketib turardi. Jurayj birkuni namoz o'qib turgan vaqtida onasi kelib chaqirdi. Jurayj ancha xayolga cho'mdi: namozida davom etaver-sinmi yoki uni buzib onasiga javob qilsinmi? U o'ylanib-o'ylanib, oxiri onasiga javob qaytarmadi va na-mozda davom etaverdi. Onasi ikkinchi va uchinchi martaba chaqirganda ham’ u javob qaytarmagach: «Olloh Taoloseni fohisha xotinlarga yo'liqtirsin», — deb duoyibad qilib, qaytib ketdi. SHundan keyin o'sha podachi oldiga kelib yuradigan xotin bir bola tug'ib qo'ydi. Uni pod-shoh oldiga keltirib so'roq qilishganda: «Bu bola ibodatxonadagi rohibdan bo'lgan», — deb da'vo qildi.Podshoh: «Uning ibodatxonasini buzpb, o'zipi menychg huzurimga olib kelinsin», — deb buyruq berdi. Podshoh-ning buyrug'iga asosan ibodatxona buzilib Jurayjning qo'lini arqon bilan bog'lab, podshoh huzuriga keltirdilar. Uni olib kelayotganlarida yo'lda tomosha qilibturgan fohisha xotinlarga ko'zi tushdi-da, bir kulib qo'ydi, Keyin, p.odshoh uni so'roq qilib: «Bu xotin tu-g'ilgan bolani sendan bo'lgan deb davo qilayotibdn», dedi. Jurayj xotinga qarab: «SHundaymi?»— dedi.Xotin: «Ha, shunday», — dedi. SHunda Jurayj onasi-ning bag'rida turgan chaqaloqqa qarab: «Ey bola, sening otang kim?»— deb so'radi. CHaqalo tilga kirib«Oiaupodachi», deb javob berdi va uning gapini hamma eshitdi. SHu vaqtda podshoh Jurayjga uzr ay-tib: «Endi ibo-datxonani biz yangidan qurib beramiz»,— dedi. Jurayjbuni qabul qilmagach, «Bo'lmasa kumushdan quraylik-mi» — dedi. Jurayj buni ham qabul qilmay: «Uni avvalgi holiga keltirib berylsa knfsya», dedi. Podshoh: «Xo'sh, menga ayt-chi, qo'lingni bog'lab olib kelayotganlarida nima uchun kulding?» — deb so'raganda, u: «YUz bergan voqeani ko'zim bilan ko'rib kulgim qistadi, u ham bo'lsa onamning menga qilgan duoyibadiedi», — dedi:da, bo'lgan voqeani podshohga va atrofdagi kishilarga hikoya qilib berdi» Biz uzoq yillardan buyon boshqa o'zbek folklori va jonli tiliga, an'anaviy pandnomasiga oid material-lar"qatori qarg'ish va olqish-duolar bo'yicha ham izlanishlar olib bordik, natijada ko'pdan-ko'p ma'lumot-larni qo'lga kiritdik. SHu yillar ichida xalq orasida bir lahzada o'nlab, yuzlab qarg'ishni taxlab tashlovchi, so'zga chechan, hatto soatlab qarg'ay oladigan .yoxud uzun-dan-uzun duo-olqishlar aytuvchi duoxonlarni uchratdik va ulardan qarg'ish, duo-olqish turlarini yozib oldik.Yozib olish jarayonida turli xil mashmashalar ham bo'lib turdi. Masalan, bir qishloqning . qarg'ishchisidabdurustdan qarg'ish aytishdan qolib: «Hozir qarg'ish qiladigan zamonmi, yaxshisi, olqish-duolarni to'plang,domullo», — deb dakki ham berdi. Boshqa ovulning oqsoqoli bundan boshqacha fikrni aytdi. Dadam bilanHasanboy ota Umarov (95 yosh) ning bir-birlari bilan suhbatlarida deganlari hamon qulog'im ostida jaranglaydi: musulmon xalqi, shu jumladan, o'zbek xalqi ki-shini ko'rinmas og'u bilan zaharlovchi qarg'ishdan ko'raduo-olqpshga moyil. YAxshi niyat qilib qo'lini olqishduoga ochmagan keksa ota-ona bo'lmaganidek, duo eshit-magan kunimiz yo'q. Xalqimiz katta-kichik biror ishgakirishar yo kimnidir ishgymi, safargami jo'natar ekan,og'zidan chiqadigan birinchi so'zi — duo-olqish, fotiha bo'ladi. Olloh, Muhammad alayhissalom, aziz-avliyo-lardan yaxshi niyatlarning ijobat bo'lishini so'rab, qo'lduoga ochildimi, har qanday kishida o'zgacha kayfiyat, o'zgacha ruhiy holat paydo bo'ladi. Ishning muvaffaqiyatli bajarilishiga, safardan eson-omon qaytilishigaishonch, o'mid tug'iladi... Bugina emas, har bir udum, marosim, rasm-rusum, .har bir tadbirning o'ziga xos duo-olqishlari mavjud,Ayni choqda yoshga, jinsga qarab, kasb-kordan kelib chiqib aytiladigan duo-olqyshlar ham bor. Ha, o'zbeklarqarg'ishdan ko'ra duo-olqishga o'chroq, uning katta-kichi-gi og'zidan qarg'ish emas, ko'proq olqish-duo_chiqadi. «Afsuslar bo'lsinki, — degan edi Hasan ota o'shan'da, — zaadon zayli bilan ko'pchilik hatto dasturxon us-tida ham «Bismillo»ni aytib taomini tanavvul qilgandan keyin duoni bajo keltirib, yuzga fotiha tortishni ham esdan chiqardi. Aksincha, kishilar tilida qarg'ish kuchayib ketdi. Qarg'ishlarni ham to'plab, uning zararli oqibatlarini ko'rsatib berilsa yaxshi bo'lardi. — keksa otaxon shunday dedi-da, keyin: — Baribid olqish-duoga e'tibor berish kerak. Olqish-duo bilan yomonlarni ham yo'lga solish, ofatning oldini olish mumkin», — deb qo'shib qo'ydi. Men har ikki otaxonningso'zini tinglar ekanman, mashhur xalq baxshi shoiriErgash Jumanbulbul o'g'lining sharq falsafasi, axloq odobining sintezi bo'lmish mashhur to'rtligini esla- dim. Mana u: Yaxshi yetsin murodga, Yomon qolsin uyatga. Yomon fakir ne ipti, U ham yetsin murodga Shunday qilib, qarg'ish, duo-olqishni aytishda ham,uni yozib olishda ham qiziq holatlar ko'p bo'lgan. 10 qorida keltirilgan hodisaga o'xshash voqea mashhur shoir Rasul Hamzatovning hayotida ham ro'y bergan ekan.«Tog' qizi» degan dostonimni yozayotgan kezlarim edi, — deb hikoya qiladi Rasul Hamzatov o'zining «Do-g'istonim» asarida. — Dostonda bir xotinning qarg'i-shini ishlatadigan o'rin kelib qoldi. Bir-ikkitasi menga uzoq bir ovulda yashaydigan xotinning daragini ay-tishdi. «Bu atrofda unga yetkazib qarg'aydigan xotinzoti yo'q deyishdi. Har qancha qarg'ish kerak bo'lsa o'shandan yozib olasan».Bbrdim. Bahor payti edi. Hammayoq ko'kalamzor, tabiatda ajoyib beg'uborlik. Bunday paytda qarg'ish emas,faqat shirin so'z aytging keladi, Haligi xotinning uyi-ni topib kirdim. Maqsadimni aytdim. «Zo'r qarg'ish topib bering», — dedim. — Tilginang kesslsin seni! Dunyoda yaxshi ko'rganingni nomini bilmay o't! Odam bolasi gapingga tushunmasin! YUrtiga salomsiz kirgur! Tishlaring to'kilib, og'zingga shamol kirib, hushtak chalsin!... Shag'alvachcha, dunyoda. kulgu ko'rmagur! Men qanday qilib xursandbo'lmasam kulamanu, uyimdan o'lik chiqmasa yig'layman?Meni hech kim xafa qilmasa, bekordan-bekorga nega gaprap ekanman? Senga qarg'ish kerak bo'lsa, jahlim chiqqanda kel. Tur yo'qol, ko'zimga ko'rinma! — Rahmat, opajon, — dedimu turib jo'nadim. yo'lda kelar ekanman, o'zimcha o'yladim. «Bu xotin agar jahli chiqmaganda shunaqa qaErg'asa, jahli chiqqanda unga yo'liqishdan xudoning o'zi asrasin». Uylayman- gji, va kelib birorta folklorshunos tog'lik xotin-(larning qarg'ishini to'plab kitob qilar. Ana o'shanda tog'lik xotinlarning zukkoligi, topqirligi, o'tkirligiyaqqol- ko'rinadi-qo'yadi. Tilimizning boyligi ham yuzaga »chiqadi. Har ovulning o'z qarg'ishi bor. Hech kim tog'lik-ning qarg'ishiga yo'liqmasin. Bitta qarg'ish qo'l-oyog'in-gizga kishan solib 'tuproqqa tashlasa, boshqasi tunroq-dan olib tobutga soladi. Uchinchisi ko'zingizning bori-da astar-paxtasini ag'daradi, to'rtinchisi ko'zingizni iritib, osh yeb turgan kosangizga oqizadi. Qo'z ustidaaytiladigan qarg'ish qarg'ishlarning eng dahshatlisizryasoblanadi. Lekin undan ham zo'rroq qarg'ish bor. Bir ovulda ikkita xotinning qarg'ashib turganini ko'rganman. — Iloyim, bolalaring til o'rgatadig'anidan judo bo'lsin! — Iloyim, bolalaring til o'rganadiganlaridan’ judo bo'lsin! Mana shunaqa vaHimali qarg'ishlar ham bo'ladi...» ;- Bordi-yu folklorshunos yoxud elshunos xalq an'anaviy qarg'ishnomalarini to'plash borasida uddaburonlik qilmasa, umumiy til topa olmasa, qarg'ovchining qar-g'ishlari o'z bo'g'zida qolib ketaveradi. Shuni aytish kerakki, badiiy so'z ustalari garchi folklorshunos, elshu-nos, pedagog bo'lmasalar-da, xalq qatlamlari orasiga kirib, turli guruh vakillari: chapanilar, romchilar,dimorvozlar, dallollar, hunarmandlar, qarg'ovchilarbilan suhbat qurib, ularning «lug'at fondi»ga e'tibor beradilar va bu so'zlardan badiiy asarlarida qahra-monlarning tilini individuallashtirishda, milliy ko- .loritni kuchaytirishda foydalanadilar. Masalan, taviqli yozuvchi Abdulla Qodiriy «Yezuvchi o'z ishi to'g'risida» degan ma'ruzasida: — Haqiqiy yozuvchi bo'lishni istagan yoshlarimiz ham (dastlab shu turmush ichiga kirishlari, uni bilishlarikerak,— degan edi. Asarlar ustida qanday ishlashga ko'chib, yozuvchi aytadi: — Materialni o'rganish mahalida eng mayda nar-salarga, detallarga ham ahamiyat beraman. Masalas,men haligi o'rganmoqchi bo'lgan yerda qancha daraxt borligi, ularning qanchasi eski va qanchasi yangiligi, medborgan mahalda o'sha daraxtlarda qanday qushlar qay-si xilda qo'nib turganligi va shunga o'xshash juda may-da narsalargacha. Birinchi qaraganda, bu narsalar. hech.a^amiyatga molik bo'lmaydigandek ko'rinsa ham, keyin-roq foydasi tegib qolishi .mumkin. Qarg'ishlar, olqish-duolarda ham xuddi shunday — katta-yu kichigidan tor- tib hammasiga e'tibor berish, ulardan tarbiyada oqilola foydalana bilmoq zarur. Kezi kelganda folklorshunoslar, elshunoslar, pedagoglar katta yezuvchilardan o'rganadilar. Biz ham xalq ijodi, an'anaviy pandnomasi bisotidagi iboralar,maqol, matallarni, qarg'ish va olqish duolarni yozibslishda ustozlar tutgan ‘ yo'ldan bordik. Natijada bu sohadagi ish ham unumli bo'ldi 3 mingga yaqin qar-gish va olqish-duolar turlari yozib olindi! Ularningxalq an'anaviy tarbiya usullarida, oilaviy tarbiyada, qisqasi, katta-kichikning ma'naviy-axloqiy, ruhiy tar-biyasida qanchalik muhim o'rin tutishi aniq. Xo'sh, qay-si paytda qarg'alganu, qay paytda olqish-duolar aytil- gan? Qarg'ish, olqish-duolarning axloqiy-ruhiy tarbiya-da, shuningdek, tilimiznyng boyligini ko'z-ko'z qilish-da;ahamiyati ko'proq nimalarda ko'zga tashlanadi? Mana, olqish-duolar qo'llash an'analaridan namu nalar: ...Dono xalqimizning qadimiy udumiga ko'ra qachondasturxon yozilsa, kattalar tomonidan duo-fotiha o'qi-ladi, unda: allohga shukurlar aytiladi, noz-ne'mat- lar tano.vvul qilinib bo'lingach, dasturxon yig'ilishioldidan ham sog'liq-omonlik tilanib, o'tganlar ruhiyodga olinib, duo-fotiha o'qiladi. Duo-fotihada yanael-yurt xotirjailigi, mehr-muhabbat, dasturxon qut-barakasi, yoshlar kamoloti, keksalarga mustahkam imontilagi bildiriladi. «Bismillohu rahmonir rohimvdi aytmasdan dasturxonga qo'l cho'zish qanchalik gunohi azim bo'lsa, taomdan keyin duo-fotiha o'qimaslik ham shuk-chalik og'ir gunoh. ... Ota-bobolarimiz tillarini duo-fotihaga burib,qo'llarkni duo-olqishga ochganlarida katta-kichikning mas'uliyat hissi paydo bo'ladi, qalblarida ezgu niyatlar, yuksak orzular, favqulodda umidbaxshlik tug'iladi. Bunday laytlardagi kishi holatini to'liq tasvirlab bo'lmaydi. ... Katta-kichik safarga jo'natilganda, biron-bir ish-ga qo'l urilganda, xayrli, savobli yumushlarga otlanyl-ganda, farzandlarga eng yaxshi niyatlar tilanganda qo'l ochib do'o-olqishlar aytilgan. ... Qiz uzatilganda, yigit kuyovlik libosini kiyganda,-to'y-ma'raka boshlanganda, kishi hayotdan ko'z yumgai- da ham duo-fotihalarni bajo keltirish eng ommaviy udumlardandir. ... Dehqon o'roqqa tushishidan oldin, chorvador otar-ga jo'nashi paytida, sholikor sholi o'rog'ini boshlagan-da, qisqasi, nonvoy xamir qorish, qassob ishga tushish, bog'bon mevaga ilk qo'l urish chog'ida qo'llari duo-fotihaga ochilgan. -Xullasi kalom, ota-onalarimizning og'zi, qo'lifo-— duoga ochilishi, keksalarimizning duo-olqishaytishdan charchamasligi, kishilarimizning duo-fotiha katta ixlos qo'yib ahamiyat berishi xalqimizga xosibratli fazilatlardandir. Shu jihatdan qaraganda,safar, dasturxon, aqliy-ruhiy kamolat, kasb-kor, o'sish unish, o'tganlar yodi kabilar bilan bog'liq duo-olqishlarxalq an'anaviy pandnomasi, oilaviy axloq-odobnoma-sining nodir namunalaridan bo'lib, katta-kichikniqadimiyqadriyatlar ruhida tarbiyalashda, axloq-odobnikamol toptirishda benihoya ka-tta ahamiyatga molik.Qarg'ishlar haqida ham xuddi shunday fikrni bildirish mumkin. Quyida ulardan ba'zi birlarini ko'ribo'taylik. «Betingni sartaxtada ko'ray», «Bo'ylaring la-hadda chirisin», «Go'ringda cho'chqa qo'psin», «Qo'zingga bo'z tuproq to'lsin» va boshqalar. Bunday qarg'ishlarning, yuqorida ham qisman aytib o'tganimizdek, katta-kichikka nisbatan ruhiy ta'siri juda kuchlidir. Shuni aytish kerakki, ruh, Sulaymon, Ahramon,Xizr, Hazrati Ali, Erhubbi, Hazrati Dovud kabipirlar, chiltonlar, parilar, shayton, jinlar, devlar nomi bilan bog'liq bo'lgan mifologik bbrazlar hamxalq qarg'ish va olqish duolarida uchrab turadi. Bu ob-razlar asosan adashgan, yo'lda qolgan qahramonlarga madad beruvchilar sifatida xalq dostonlarida, ertak-larida va boshqa afsonalarida namoyon bo'ladilar. Ma-salan, ota o'g'lini safar oldidan: «Qirq chilton jilov-dor, pirlar madadkor bo'lsin», desa, yo'lda uchragan sof qaiyatli yo'lovchi unga: «Xizr jilovdoring bo'lsin», deydi.Duoibad bo'lsa: «Seni jin ursin», «Alvasti chalsin», «Axramonga yo'liqqin», «Ilohim Hazrati Alining qilichiga duch kelgin», «Balo ko'tarsin», «Payg'ambarlar qarg'ishiga qolgin» deyishadi. Qarg'ish va olqish duolar orasida «Qur'on», shuningdek non, tuz, yer, yul- duz, suv, qabriston, olov, oy, quyosh kabilar bilan bog'lnqlari ham bag'oyat mazmunli, teran va ta'sirlidir. Bunga «Yer yutsin», «YUlduzday to'kilgin», «Kalomylloursin», «Non ko'r qilsin», «Non ursin», «Tuz ko'r qilsin», «Suv olsin», «Uyingga o't tushsin», «Olov olsin», «Ustingga tog' qulasin», «Daryo yutsin» kabi qarg'ishlar: «Ut balosidan, suv balosidan saqlasin!», «Non va tuzga zor qilmasin», «Qalamullo madadkor bo'lsin», «Yulduzday istarasi issiq bo'l», «Oy alqasin, kun ko'kartsin», «Erxo'bbim yorlaqasin» singari olqish-duolar misol bo'la oladi. SHundyy qilib, qarg'ish va duo-olqishlar mavzu ji-hatdan rang-barang. Qarg'ishlar yuqorida ham qismanaytilganidek, duch kelgan katta-kichikni goh suvda cho'ktirib o'ldirsa, goh do'zaxning yetti' kundasida kuydi-radi. Ba'zilari odamxo'r devlarga duch qilsa, ba'zilari ona sutini og'zidan keltiradi...Duo-olqishlarda esa ko'pincha orzu-umid tushunchalarisingdirib yuboriladi. Agar kishi safarga otlansa, «oy borib, omon kelishi», «yo'lda balo-qazo uchramasligi»tilanadi. Agar yangi oila qursa, «qo'shgani bilan qo'shaqarishi», «uvali-juvali bo'lishi», «farzandlarining rohatini ko'rishi» duo-olqishlari aytiladi. Ayniqsakeksa ota-onalarning katta-kichikka aytgan olqish-duo-lari benihoya mo''tabardir: «Biring ikki bo'lsin, ik-ning tuman bo'lsin», yoki: «Boshing toshdan bo'lsin»,«Borgan joyingda qumtosh bo'l», «Olgaiing oltin bo'l-sin!», «Tuproq olsang oltin bo'lsin», «Yegan noning ha-lol bo'lsin» va boshqalar.Odatda bu xil duo-olqishlarni erkak ham, ayol ham birdek qo'llayveradi, lekin qarg'ish otalarga nisbatanonalarda ko'pros tilga olinadi. Bu xol «xotin ^arg'ay-di», «erkak so'kadi» iborasi bilan izohlanadi. Binobarin, qarg'ish haqida so'z ketganda ayollar bilan erkak- lar, otalar bilan onalar, chorvadorlar bilan hunarmandlar orasidagi o'ziga xoslikni unutmaslik kerak.Xalq qarg'ishnomalariyu, olqish-duonomalarida viloyat, tuman, qishloq va shaharlarda farqlar sezilarli darajadadir. YUqorida qarg'ish kishiga nisbatan ruhiy hujumning eng ta'sirchan, eng o'tkir, eng kuchli vositalaridan biri hisoblanadi, degan edik. Darhaqiqat, qarg'ish har qan-day. katta-kichik yoshdagi kishi ruhiyatiga kuchli ta'sir,qiladi, shuning uchun ham o'tmishda ayrim hukmdorlar, biror amal-lavozimdagi kishilarni tobe qilish va qo'r-qitishda, itoatgo'y qulga aylantirvshda qarg'ishdan kengva o'rinli foydalanganlar. «Eshonning qarg'ishi yomon—tegsa o'ladi», «Mullaning nafasi o'tkir, qarg'asa tamom bo'lganing»,«Sultonning qarg'ishiga duch kelganiyag,hayotdan ko'z yumganing»,— deb hukmdor sinf korchalon-lari mehnatkashlarni qo'rqigganlar. Katta-kichikligi to'satdan kasalga chalinishi yoki baxtsiz hodisaga duchorbo'lishini ham qarg'ish bilan bog'laganlar. Demak, qarg'ish emas, olqish olish, unib-o'sish, kamolotga erishish-ning garovidir. Xalq yaxshi xulq-odobni qarg'ish va ol-qish-duo orqali ham singdirgan. Xalq qarg'i-sh va olqishga o'z g'oyalarini o'tkazish va mustahkamlashda ruhiyva ma'naviy qurolning eng sinalgan usuli deb qaragan. NAQL. Oqibatli bir baxshi shahrisabzlik do'mbirakashning do'mbirasi dovrug'ini eshitpb, uni sotib olmoqchi bo'libdi. Bor bisotidagi qo'y va serkalarini pullab, Shahrisabzga boribdi. Do'mbirakash, do'mbirasini sotmay, agar chalishda undan o'tkazib yuborsa, do'mbirasini tekinga berishligini aytibdi. Baxshi do'mbirani chunonam soz chalibdiki, uni eshitib bog'lardagi qushlar ham sayrashdan to'xtab qolibdi. Do'mbirakash qoyil qolib: — Qoyillatding, inim. Ol, do'mbira seniki bo'la qolsin, — debdi. Baxshi do'mbirani olib, o'z qishlog'iga qaytib kelibdi. Qishloq chetidagi karvon yo'l bo'yida baland tepalik bor ekan. Baxshi qo'ylarini qirga yoyib, o'zi tepalikkachiqib, do'mbirani sayrata beribdi. SHu payt yonidano'tayotgan tuyalar do'mbira kuyiga erib, birin-tin yurishdan to'xtay boshlabdi. Qarvonboshi o'z eshagy 0r-may qolganini ko'rib orqasiga qarasa, tuyalari aci'a-ce-kin cho'kkalayotgan emish. Karvonboshi hayron bo'libdi. Keyin «SHu baxshida bir ran bor-ku-ya», deb unga qarabqichqiribdi: — Hoy, baxshi, do'mbirangni to'xtat, tuyalarim yurmay cho'kkalab oldi! — Baxshi uni eshitmay chalishda davometaveribdi. Qarvonboshi yana qichqiribdi. Baxshininge'tibor bermay, do'mbira chertishini ko'rib, kar-vonbo- shi: «Quv yog'ochni quvratmay qo'llaring quvrab qolsin,ilohim!» deb qarg'abdi. Baxshining do'llari shu zaho-tiyoq quvrab qolibdi. Xo'sh, bu afsona voqeasini qanday izohlash mumkin?Birinchidan, baxshi kuy orqali to'yalarga ruhiy ta-syro'tkazdi. Do'mbira kuyiga sel bo'lgan tuyalar cho'kkalaborzusida oshiqmoqda edi. Baxshi uning so'rovini pisand qilmagach, karvonboshi kishigaruhiy ta'sir qilishning o'tkir quroli — qarg'ishni ish-ga soldi. Binobarin, qarg'ovchi qarg'ayotganda,- o'z ob'ek-tiga, ya'ni qarg'ishlanuvchiga ko'z puri bilan ta'siro'tkazadi. Ikkinchidan, baxshiqo'llarining quvrab qolish hodisasini qandaydir ilohiy kuchi bilan Zaxmas, aslida shunday bo'lishi ham mumkin, balki betinim do'mbira chertish va qarg'ovchining ruhiy ta'siri bilan izohlash mumkin. Ruhoniylar ham ko'p hollarda ruhiy ta'sir orqali o'z mafkuralarini amalga oshirganliklari ma'lum. ... Bir kishining o'g'li, qizi va xotinini tom bosibqoladi. Boyaqish jasadlarni tom ostidan tortib olibko'madi.' Marosimda ishtirok etgan kishilar qabristondan qaytishayotganda, azadorning qop-qora soch-soqolibirpasda qorday oppoq tusga kirib qolganini ko'rib, hayratdan yoqalarini ushlashadi.To'pda ham, azada ham g'iybatni tildan qo'ymaydigankimsalar bu marosimda ham o'z hunarini ishlatib, mazkur ayanchli voqeani qarg'ishga olib borib taqaganlar.Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, dindorlardantashqari, ayricha qatlamga mansub bo'lgan kishilar ham o'z nuqtai nazarlarini qarg'ish yo'li bilan haspo'shla-ganlar. SHuni aytish kerakki, xalqda o'rinli va o'rinsizolqish-duolar va qarg'ishlar mavjud. Urinsiz qarg'ish-lar, olqish-duolar xalq tomonidan qoralanib kelin-gan, o'rinli qarg'ishlar va olqish-duolar esa hamishama'qullangan.Endi xalq an'anaviy tarbiyasi xazinasidan joy olgan kyshilar og'zida aytilib kelinayotgan, katta-kichikuchun tarbiyaviy ahamiyati zo'r bo'lgan qarg'ish va olqish-duolardan ayrim namunalarni keltiramiz: «Tilingni qarg'a cho'qisin», «Ko'zingni quzg'un cho'qisin», «Uligingustida o'ltiray», «Yo'lingda qoqinib o'lgin», «Boshingkesilsin». «Boshing tagingda qolsin», «So'zing bo'g'zing- da qolsin», «Otning tagida qolgin», «Ot tepib o'lgin»,«Go'shtingni g'ajir g'ajisin», «YUlduz ko'rmay jonbergin», «SHomga yetmagin», «Onangni bolamlab qolganini ko'ray», «Ostonaga qoqilib til tortmagin», «Bo'y-nin.g'ni shayton uzsin», «Og'zingdan laxta-laxta qoningkelsin», «Bir nafaslikka uchragin», «Dardi bedavoga yo'liqqin», «Unib-o'smagin», «Uying chumolining uyidaybuzilsin», «Sochlaring sartaxtaga yoyilsin», «YUzinggacheiak chiqsin», «Kosang oqarmasin», «Tildan qolgin»,«Bir qarich yer buyurmasin», «Vatangado bo'lgin», «Qo'sh-mozor bo'lgin», «Tiling tanglayingda qotsin», «Boshingazadan chiqmasii», «Qo'zing okib tushsin», «CHaynaganingbo'g'zingda qolsin», «Eshak tepkisidan ketgin», «Arvoh o'rsin», «Niyatingga yetmagin» kabi qarg'ishlar bevosita kishiga choh qazish, unga o'lim tilash bilan bog'liqdir. Ammo, «Jig'ildoningga suyak tiqilsin», «Quturgan itqopsin», «Quyukkan tuyaga duch kelgin», «Jigaring te-shilsin», «Otdan yiqilib o'lgin», «Bo'yning tagingda qolsin», «Balo olsin, yashshamagin», «Bolang og'zingdankelsin», «Ikki ko'zing oqib tushsin», «Ko'zing teshil-sin», «Bir ko'zingdan yiring, bir ko'zingdan qon oqsin», «Basharang qursin», «Bolangdan tortgin», «Ko'karma-gin», «Tug'may tug'itda ket», «Juvonmarg bo'lgin», «Qir-qingda qiyilgin», «Qirg'inda ketgin», «Go'shangaga kirmagin», «CHimildiq yuzini ko'rmagin», «Yetganda yiqil-gin» singari qarg'ishlar zaminida ham kishilarga yomon-tilash, ular qalbini jarohatlash, zaharlash yotadi! Shunday qarg'ishlar ham borki, ular ko'chma ma'nodagiiboralar tarzida qo'llanilib, chuqur mazmunga ega.«Kosang oqarmasin» iborasi qarg'ish bo'lib, «Boshing muhtojlikdan chiqmasin», «Bir umr muhtojlikda Sina-ra», «Bir burda nonga, bir qultum suvga zor bo'lgii»,«Xoru zor yashagin» ma'nolarini anglatadi. SHu joyda qarg'ish, olqish-duoning ta'sir kuchi, xalqiborasi bilan aytganda, «tegishi» haqida ikki og'iz aytmoqchimiz. Xalqimiz orasida katta-kichik tili-da «falonchini qarg'ish urgap», «fistonchi ota qarg'i-shiga qolgan», «falonchi qarg'ishdan uchdi», «fistonchini qarg'ish oldi», degan jumlalar uchrdb turadi. Yeki «fa-lonchi kam bo'lmaydi, otasining duosini olgan», «pis-tonchi ishi o'ngidap kelaveradi, chunki azizlarning duosiga uchragan» kabi iboralar ham bor. Haqiqatan ham ota-ona, aziz-avliyo, el- yurt qarg'ishpga qolib, tubanlikka yuz tutgan, harob holga kelgan kishilar bilan birga olqish-duo tusrayli ishi o'ngpdan kelib, hayotda, oilada, jamiyatda o'z o'rpini’ topgan, unib-o'sayotgan kishilar oz emas. SHunday kilib, x»lq ana'naziy tarbiya usulining bosh shiori «qgrr ’sh yaralaydi, olqish davolaydi», demak, «oltin OLUZ, duo ol, duo oltpp emasmi?»dan iboratdir. Darhaqiqat, olqish-duo olchiyadaa qimmatlproqdir. «Yaxshi odam qarg'amaydi,— degan edi xo'jandlnl shifokor Abdulla ota biz bilan suhbatda, biz shifokorlar o'z tajribamizdan bilamizki, asabga tsgish. kishi sha'nini oyoqosti qilish-, dilozorlik kabi illatlar xulq-atvori yomon kishilarning bema'ni muomalasidan kelib chiqadi. Qarg'ish ham ana shulardan biri bo'lib, kishilarda abgorlik va umidsizlik paydo qiladi. Bular esa umrni egovlaydi... Qarg'ish ham, olqish-duo ham bir og'izdan chiqadi. «Qarg'ish hatto hayvonlarga ham yomon ta'sir qiladi. Hayvonlar ichida ham qaysar, «bir so'zli»lari bo'ladi, — deb yozgan edi bezabonlar shifokori yangiqo'rg'onlik Vahobjon Murodov. — Ular yaxshi so'z, xushmuomala olqish-duolarni yoqtiradilar. Ammo qo'pol so'z, qo'rs muomala, ayniqsa, qargishga hecham chidamaydilar. Shunday kishilardan o'ch olmay qo'ymaydilar. Bilasizmi, nega hayvonlar ko'proq bolalarni yoqtiradilar? Chunki bolalar tilida qarg'ish kam, shuningdek, ular qo'pollik, qo'rslik bilan emas, xushmuomalalik, yalinchoqlik, shirinzabonlik bilan muomalada bo'ladilar». Astishlaricha, zaharli ilonda bir odat bo'larkan. Zahari to'lib, tobiga kelganda o'z raqibiga yoki biron-bir narsaga tashlanib, uni chaqmasa, zahar badaniga tarqab, o'z-o'zidan yorilib o'larkan. Dilozorlikni, o'rinsiz qarg'ishni o'ziga kasb qilib olgan kimsalar xuddi ana shu ilonga o'xshab, tillarida- gi zaharni — g'iybat va qarg'ishni pokdomon odamlargaravo ko'radilar. G'iybat, bo'hton, quruq tuhmat va qar- g'ish tufayli ozor chekkanlar oz deysizmi? Utmishda va hozir ham o'rinsiz qarg'ishlar qo'shninij qo'shniga, ko'chaii ko'chaga, mahallani mahallaga, dahana dahaga, shaharni shaharga, yurtni yurtga. qarshi qilyb qo'ygan. Va buning oqibati ko'pincha qonli yakunlangan.Qarg'ish va olqish-duolar orasida maqol darajasiga ko'tarilganlari ham uchraydiki, ularning mazmuni yana-da chuqur va keng bo'lib, katta-kichikka ayricha ta'siretadi. Mana, xalq an'anaviy olqish-duoiomasi va qar-g'ishnomasi sahifalarini bezagan ana shunday maqol-qarg'ish, maqol olqish duolardan ayrim namunalar: Olqish olgan omondir, Qarg'ish olgan yomondir. Kiyim dog'i ketar, Qarg'ish dog'i ketmas. Otilgan o'qdach qo'rqma, Qarg'algan qarg'ishdan qo'rQ- Dili to'g'ridan olqish chiqadi, Dili qing'irdan — qarg'iil, Olqshi yaxshiga, Qarg'ish yomonga. El karg'asa tog' qulaydi, El alqasa bog' buladi. Bu kabi o'nlab, hatto yuzlab hikmatlarda-xalq qarg'ishi va olqish-duosining nafi kuchli ekanligi ta'kidlanadi. Ota-ona olqish Ut-suvga oldirmas. Ota-ona qarg'ishi Chohga tiqmay qoldirmas, singari maqol tipidagi iboralar mazmunida ham chu- qur falsafiy, hayotiy mazmun yotadi.Uzbek xalq an'anaviy tarbiya usulining ming-ming- lab qarg'ishnomalari va olqish-duonomalari orasidaota-ona, yer, suv, non, tuz, Alloh, Qur'oni Karim, hayvon- lar bilan bog'liqlari eng dahshatli, vahimali va umid (baxshdir.Darvoqe, «Oqpadar», «Ona suti harom qilgur»,«Padaringga la'nat», «Non urgur», «Tuz urgur», «Qora yerga kirgur», «Ona suti urgur», «Qur'oni Karim ur-gur», «Ot tepgur», «Sigiringsutdan qolgur», «Suv olgur» kabi qarg'ish— la'natlar, «Ota-onang rohatingni«Otasini duosini olgan», «Onasining oq suti-ni oqlagan», «Alloh o'z panohida saqlasin», «Qirq chil-!ton qo'llagur», «Oting uchqur bo'lgur», «Noning halol. Qarg'ishlar orasida qarg'ish-olqishlari ham uchray-diki, aytilayotgan yoki eshitilayotganda xuddi qarg'ishkabi tuyulsa-da, asli qarg'ish orqali alqayotgan bo'ladi. Bunday hollarda qarg'ishnamo iboralar qo'llash orqalio'rtadagi og'ir kayfiyag, ko'ngilsiz ruhiyat o'nglabolinadi. Bunday qarg'ish-olqishlar ko'proq onalar, opa-singil tomonidan aytiladi. Jumladan, «Juvonmargo'lmagur», «Qon qusmagur», «Bosgan izing orqangda qol-gur», «Burning qonamagur», «Yer yutmagur» va boshqalar haqda yana istagancha misol keltirish mumkin.Xalq an'anaviy qarg'ishnoma va olqishnomalariningeng sarrinlari dostonlar, ertaklar va qo'shiqlarda ham ko'plab uchraydi. Ko'pdan-ko'p misollardan ba'zi bir-lariny keltiramiz. Masalan, xalq og'zaki ijodi, ayni choqda, an'aneviy pandnomaning nodir durdonalaridan biri «Alpomish» dostonidaqahramonlar tilidan be-rilgan qarg'ish va olqish-duolarni olib ko'raylik: Qayga borsang SHohimardon yor bo'lsin,Unakimom, chilton jilovdor bo'lsin, Dushmanlarimg ko'rsa seni zor bo'lsin, Sog' borib, salomat kelgin, bek og'a... Ostingda irg'isa arobi tulpor, Bu yo'lda ko'rmagin, akajon, xatar, Sening duoying menday mushtipar... Borgin, emikdoishm, xa^qa topshirdimo' Dostonda qarg'ishlar ham ko'p uchraydi: Mendayin akangni ko'nglin bo'lasan, Ot o'zdirib saysi go'rga borasan, Akangning xotinin. kimga berasan, Bunday ^ilsang sen juvonmarg o'lasan. Sen eshitgin bek akangning dodini, Juvonmarg o'ldirma o'zbek otini, Armonman ketmasin akang xotini, Aytgan so'zning poyomini bilsang-chi, SHumlik silsang, qonlar yutib o'lsang-chi. Ikki, qo'llab yak jilov kil bursang-chi, Sening o'zing yurgan sanday bolasan, Elu xalqqa sharmanda bo'p qolasan, Akang tirik chechangni kimga berasan Tort, juvormak, o'zdirib qayda borasan, Xotinimni kimga sarson qilasan.2 Uzbek xalq an'anaviy tarbiya usulining o'ziga xos fazilatlaridan yana biri — og'zaki ijod yoxud qadriyatlar hamda urf-odatlarning qaysi biri katta-kichikka ayricha didaktik ta'sir qiladi, ko'proq ana shulargao'ryn beradi. Xalq ijodi orasida an'anaviy dostonlarkishiga r.uhiy hamda axloqiy ta'sir etishning eig sivalgan va ommalashgan turidir. SHuniig uchun ham unda qarg'ish, olqish-duolar, pand-nasihatlar ko'p uchraydi. Shunday qilib, qarg'ish va olqish-duolar mafkura-viy, axloqiy, ruhiy ahamiyat kasb etadi, ularni to'llabtarbiya, odob, til vustai nazaridai o'rganish, kundalik faoliyatimizda foydalanish maqsadga muvofiqdir, Xalq qarg'ish va olqish-duolarinafaqat og'zakiijod, balki an'anaviy tarbiyaning boshqa namunalari kabi xalqning o'tmish tarixi, ruhshunosligi va elshu-nosligini o'rganishda, tarbiya usullarini tekshirishdaturli soha mutaxassislariga, adiblar, murabbiylarga boy material bera oladi. Ayniqsa, qarg'ish va olqish-muayyan bir millat yoki elatning o'ziga xos xu-aniqlashda, milliy qiyofasini belgilash-da konkret ma'lumot beruvchi xalq an'anaviy tarbiyausulining bebaho materiallari bo'lib xizmat qiladi. yaxshi sg'z — jon ozig'iUzbek xalq og'zaki ijodi odobpomasi hamda an'ana-viy pandnomasida katta-kichikning axloqiy tarbiyasida shirin suxanvorlik, yaxshi-yomon so'zning o'rni, salomat-likka ta'siri kabi masalalar ham alohida o'rin tu-tadi. Zero, so'z ilohiy ta'sirga ega, bir og'iz so'z kishiga qanot bog'lashi, uni yuksakliklarga ko'tarishy,mushkul muammolarni hal qilishga yo'l ochishi, hattoumriga umr, obro'siga obro' qo'shishi mumkin.Aksincha, bir og'pz noo'rin aytilgan so'z bilan ota boladan, aka ukadan ajralib ketishi, oraga sovuqliktushirib, do'st-birodarni dushmanlarga aylantirishi,hatto o'limga olib borishi hayot haqiqatlaridandir. «Yaxshi so'z bilan ilon inidan chiqadi, yomon so'z bilanpichos qinidan chiqadi» degan .hikmatning ma'nosi na-qadar chuqurligiga e'tibor beraylik. Darha^iqat, yax- shi shirin so'z bilan hatto zaharli ilon ham inidan chi-qib kishiga yaxshilik qilishi, bir og'iz yomon so'z bilanpichoq qinidan chiqib, ikki orada qon to'kilishiga sabab bo'lishi mumkin. ... Do'stimiz bizni shanba kuni uyiga chorlab qoldi. .Nnhoyatda band bo'lsam-da, borishga va'da berdim. Zero,boshqa do'st-birodarlarim orasida u o'zining dilkash- ligi, oq ko'ngilliligi bilan bizni butunlay rom etgan...Naql-qiladilar: Sahroda mehrigiyo degan giyoh o'sar-mish. Uning bir donagina guli bo'lib, bu giyohning zo'rxosiyati bor ekan. Kimda-kim mehrigiyoni topib olib yoniga solib yursa, ko'ringanning undan ajralgisi kel- may qolarmish. Xullas, har qanday kishi qanchalik za-rur ishi bo'lmasin, mehrigiyoli kishining shirin tiliyuyaxshi so'zini eshitib o'ltyrishga vaqtini ayamasmish...Nazarimda do'stimning ham mehrigiyosi borday...SHunday qilib, do'stimnikiga borishni o'ylab, shanbani orziqib kutdim. SHanba ham yetib keldi. Oshnamtushmagur bizni keladi deb azonlab Oloy bozoriga ke-tibdi. Oradan unchalik ko'p vaqt o'tmasdan kirib keldi. Uni kutilmagan bir 'alfozda' ko'rib, qo'rqqanimdan yura-gim orqamga tortib ketdi. Davosiz bir dard-kysalgachalingan odamga o'xshardi. Hamma vaqt tabassum bilan lorlab turadigan ko'zlarining nuri go'yo so'ngan. Oyoq-kuli qaltirar, tili kalimaga kelmasdi. Xotini, qo'sha-loq o'g'ilu qizlari uning atrofida parvona bo'lib, nima bulganini bilishga shoshilardi. Ammo barcha urinish-larimiz foydasiz edi. Nima qilishimizni bilmasdik.Oraga kishi qalbini ezib yuboruvchi dilxun sukunat cho'kdi...— Avtobusda kelayotgandim, — do'stim 'zo'r-bazo'r o'ziga kelib, entika-entika so'z boshladi. — Ro'paramdagio'rindiqda ikki yosh qiz bilan yigit atrofida hech kimyo'qday ovozlarini shang'illatib so'zlashib kelishardi. Bekatlardan birnda keksa kishi avtobusga chiqdi. Ul-tirganlar deyarli qari erkak-ayollar edi. Men otagami, bilmadim, u o'ltirishga ko'imadi. Men yigitdanjoyini berishni ilgimos qildymu baloga qoldim-da. — Voy-bo' g'amxo'r bobom-yey, — dedi yigitcha.— Kerak bo'lsa o'zingiz joy bering. Men bu joyni ellik so'mga sotib olganman. SHu payt yonidagi burguttirnoq, labi do'rdaygan qiz gapga aralashib: — Olako'zning (ko'zoynagimga sha'ma qilardi) turqi sovuqligidan hozir po'pg'illasa kerak devdum-a, aytganim keldi,— dedi g'ayritabiiy ovozda. Bu so'znieshitganda ichimda bir narsa uzilganday bo'ldi. Keyin 4 o'zimni tutib turolmadpm. Ular yana nimalar deyishdi-yu, mening javoblarim qanaqa bo'ldi, hozir aytib be-ra olmayman. Baxtimga yaxshipar bor ekan. Bekatda av-tobusdan tushirib, bu yerga olib kelib qo'yishdi... Men o'shanda bir og'iz achchiq so'z kishi uchun qanchalarqimmatga tushishini his qildim. Masal:... — Uzing yaxshisanu kaftingdan sassiq hidjelgani yomon-da,— debdi o'rmopchi Ayiqqa, «Bir ilti-mosimni bajarishingni iltijo qilaman»,— debdi Ayiq uning qo'liga bolta berib: «Manovuni ol-da, or- qamdagi bukrimni chopibtashla». Urmonchi Ayiqnyngaytganini qilib, bukrisini chopib tashlabdi. Shunda Ayiq «Bolta bilan chopgan joying tuzaladi, ammo haligi «sassiq» degan tilingni yarasi bir umr tuzalmaydi. Tig' yarasi tuzalar—til yarasi guzalmas», debdi. Yana masal: — Biz o'ttiz ikkitamiz. Doimo seni payingni qir- qiy! yaiyatida bo'lamiz. Lekin hecham niyatimizga yetolmaymiz. Nega shunday-a? — so'rab qoldi Oziq tish tildan. — Voy toshmehrlar-yey, shuniyam bilmaysaklarmi? Nimadan bo'lardi — shirinsuxanligimdan-da! Shirin zabon bo'lib, xush muomalada bo'lmaganimda-ku allaqachon shum niyatlaringga yetgan bo'lardinglar-a!— dedi Til. Darvoqe, «SHirin til bol yediradi, achchig'i boshga g'avg'o keltiradi» degan hikmag ham bejiz emas. Xalq an'anaviy pandnomasida o'zgalar-ko'nglini ranjitmay digan, dilini og'ritmaydigan serfahm, katta-kichikka baravar, saxovatli. xushmuomala, rostgo'y odamni «Tili shirin» deb atab, undan o'rnak olishga va bunday kishiga ergashishga da'vat etiladi. Dono xalqimizning: Til bor— bol keltirar, Til bor — balo keltirar. Tildan yetgan ozor, Nayza ozoridan yomon. Tilga ziynat — elning ishi, Dilga ziynat — erning ishi. Achchiq savol berib — shirin javob kutma, SHirin tildan sassiq so'z chiqarma. Tilni tiygan boy bo'lar, Bahri-diling chog' bo'lar Til — ko'ngil tilmochi, Til — yurakning kaliti, kabi hikmatlarning har birida ham olam-olam ma'-no bor! Shuni alohida e'tirof etish kerakki, xalq an'ana-viy padnomasi yosh avlodni hayotga qadam qo'ya boshlaganlaytdan boshlab, tilga nihoyatda ehtiyot bo'lish, har qanday sso'zni pala-partish ayga bermaslik, avval o'ylab,keyin so'ylash, yetti o'lchab — bir kesishlik qabilida ishtutish ruhida tarbiyalashga da'vat qiladi. Zero, insonning ichki dunyosi, ma'naviy qiyofasi, hulq-atvori,muomalasi uning tili orqali zuhur etilishini, shutil bilan inson kimligini namoyon qilishini xalqyaxshi biladi. Xalq hayotda kamsuxan, shirin zabon,xushmuomala va kamtarin bo'lishga chaqiradi. Insonboshiga nimaiki yaxshilik yo yomonlik tushsa tildan ke-lishini aytib, qanday vaGzicht va sharoitda bo'lmasinso'zga, uning ma'nosiga alohida e'tibor berishga, qo'pol, achchyq, |Tildan yiroq bo'lishga da'vat etadi.«Til zahari ilon zaharidan yomon» deb bilgavxalqimizning shirin tillilik va xushmuomalalik bi-lan devu balolarni daf etib, o'z izmiga solgani, aksin-cha, achchiq til tufayli boshiga ne-ne kulfatlar yog'ilga- ni an'anaviy dostonlar, ertaklar, latifalarda ko'p uchraydi. ... Bir hukmdor «Menga dunyodagi eng shirin gushtdan kabob qilib keltiring», debdi. Boshi qotib o'ylanib o'l-.tirgan otasini ko'rgan vazirning qizi ran nimadaliginibilgach, «Shunga ham ota go'ri qozixonami? Bitta qo'yni so'ydiring-da, tilini kabob qilyb olib boring, gunoh-kor qilsa men kafil», — debdi. Hukmdor go'shtni yeb:«Endi dunyodagi eng yomon go'shtdan kabob qilib keltiring», — debdi. Buni eshitgan qizi otasiga qarab: «Yana bir qo'yni so'ying-da, tilini kabob qilib olib bo-ring», — debdi. «Haqiqatan ham kabobingiz yomon! Qilgan ishingiz joyida, bu sizning zukkoligingizdan dalo-lat beradi», — debdi hukmdor. SHunda vazir: «Taqsir,gunohimdan o'tsangiz, to'g'risini aytay», — debdi va podiyuga bu ishni kimnipg aqli bilan qilganini aytibdi.SHunda podsho vazirning qiziyy chaqirtirib: «Qizim,nyama uchun tilni ham yomon, ham yaxshi go'shtlarga sanaysan!» debdi. SHunda qiz: «Podshohim, kishining boshiganima yaxshilik kelsa, uning shirin tilidan keladi, ni-maiki kulfat tushsa uning yomon tilidan keladi. Elda bir maqol bor: «Tish tilning qal'asi, til boshning ba-losi». Bu gapni eshitib, hukmdor vazirning qizigaajoyib bir bog' in'om etgan ekan. Xalq oq ko'ngillilik, shirinsuxanlikni atroflichamadh etgani holda dag'allik, qo'pollik, qo'rslik, bir so'z bilan aytganda, dilozorlikni (bularning hammasitildan keladi-da!) qattiq qoralaydi. Darvoqe, xalqi-miz an'anaviy pandnomasida «Odobning boshi —'til», «Dilozorning so'zp qilichniyag tig'idan yomon», «Dilozordan— el bezor», «Dilozor umr zavoli», «Issiq so'zim isitma, sovuq so'zim sovutma», «Qo'pol qopib gapiradi» kabi hpkmatlarda ifodalangan g'oya markaziy o'rinlarida turadi. Rivoyat Donolar donosi Luqmon shifobaxsh giyoh-lar orasida yasharkan. Kasalga chalinib, davo istab kel-gan kpshilarni darrov o'tqazib oldiga dasturxon yozarkan. SHirin tillik bilan hol-ahvolini so'rab-surishti-rib, xastaning kasalini bilib olar, keyin chor-atrof-dagi giyohlarga nazar tashlar, shunda giyohlardan biri,«bemorning dardiga men davoman!» degandek qaddiniko'tarib, bo'ynini cho'zarkan. Hakim darrov uning bargi-nimi, ildizinimi o'g'irda tuyib berar, kasal o'sha zahoti hech nima ko'rmagandek soppa-sog' bo'lib ketarkan..Luqmon yana o'sha xushmuomalalik, shirin tillilik, yuz-da kulgu bilan sog'aygan bemorni kuzatib qo'yarkan. Shunday qilib, yerda ungan giyoh Luqmon hakimning shirin tilligi-yu, xushmuomalasi bilan ming bir dardga davo bo'larkan... Kunlardan bir kuni hakimning yakkayu yolg'iz farzandining qorni og'rib qolibdi. Hakim nima qilishini bil-may shoshib qolibDi. Qovog'idan qor yog'ibdi, tilidanzahar tomibdi. Shosha-pisha giyohlarga do'q-po'pisa qilaketibdi. Qanchalik baqiribchaqirmasin «Men o'g'ling-ning kasaliga davo bo'laman!» deb hech bir giyoh qaddiniko'tarmabdi. Luqmoni Hakim baqirib-chaqirib, u yoqqachopibdi — bu yoqqa chopibdi, Lekin hech bir natija chiq-mabdi. Horib-charchab uyiga kirsa nuridiydasi jonsizyotgan emish.Hakim dod solibdi, faryod ko'taribdi, og'zidan bodi kirib, shodi chiqibdi. Qeyin «bor-ye» deb tarki dunyo qilibdi. Kasal qabul qilmay darvishona hayot kechiraboshlabdi. Bora-bora hech kim tabibni yo'qlab kelmay-dlgan bo'libdi. Bundan Luqmonning battar xunobi oshibdi. Kulish-,ni ham, shirintillikni ham unuta boshlabdi.Oradan bir yil o'tibdi. «Endi butunlay tamom bo'ldim!» deb turgan ekan, birdan eshigi taqillab qolib-di, Tashqariga chopib chiqib, qornini ushlab turgan bir yigitni ko'ribdi. Hakim xursand bo'lib, yigitni ichka-riga olibdi. Asl holiga kelibdi-da, yuzda tabassum,shirin tillilik bilan yigitning hol-ahvolini so'rab-di. Oldiga non-choy qo'yib, uzr aytibdi-da, tashqarigachiqibdi. Hali yon-atrofga qarab ulgurmasdanoq bir giyoh imlab chorlabdi.Hakim uni darrov yulib olib, o'g'irda tuyibdi-da, bemor yigitga ichiribdi. yigit hech nima ko'rmagandeksog'ayib ketibdi. Birdan hakimning esiga shu xastalikbilan o'lgan o'g'li kelib, o'zini tashqariga otibdi:— Ey mehrigiyolarim, nima qilib qo'ydilaring, —deb nolayu fig'on ko'taribdi u. — Axir yolg'iz farzan-dim hozirgina davolangan kasalning og'rig'i bilan o'libketdi-ku? Nima sababdan yakkayu yagona o'g'limga davobo'lmay, meni undan judo qildilaring? Shunda giyohlardan biri qaddini ko'tarmoqchi bo'-larmishu ko'tarolmasmish. Buni ko'rib hayron bo'lganhakim giyohning oldiga boribdi, shirin til, xushmuomalalik bilan giyohning nega qaddini ko'tarolmayotganiniso'rabdi. Shunda giyoh tilga kirib: Ey ulug' hakim, o'g'lingga yopishgan kasalning da’vosi men edim. O'sha kuni boshingga tushgan tashvishdandanday ahvolga tushganingni bilasanmi? O'z yog'inggao'zing qovurilib, hasratdan changing osmonga chiqdi.Kulgu-tabassumni unutding. Qovog'ingdan qor yog'sa, tilingdan zahar tomdi. Qahr-g'azabingdan yer titradi. Shirinsuxanlik vaxushmuomalilikni unutib birpas-ning o'zida dilozorga aylanding qolding. Seni buah-volda ko'rib, men qaddimni ko'tara olmadim. Aslida meno'g'ling kasalining davosi edim. Bilmasdingki, biz giyohlar sening shirin suxaning, shodliging bilanqo'shil-gandagina bemorga davo bo'lardik.Luqmoni hakim «E, attang!» — deb peshonasiga bir;uribdi-da, keyin: «Har qanday kasalning davosi avva-lo shirin tillilik, tabassum, kulgu va xushmuomalalik-dir», — debdi. Bu Luqmoni Hakimning eng buyuk shifo-korlik qonuni bo'lib tarixda qolgan ekan... Miltiq o'qi, — deb yozadi taniqli murabbiy Ra-himjon Usmonov, — insonning turli joyiga tegishimumkin, lekin tildan otilgan o'qning nishoni bitta, u faqat inson qalbiga tegadi.„ Uzari shirin so'z va shirinmuomalada bo'lish alohida ahamiyatga molik, hatto shi-rin tilli, yaxshi muomalali bo'lsang, filni bir qil bilan yetaklaysan, deydilar. Shirin tilli bo'lish yaxshi, ammo haqiqiy odam bo'lish faqat til yoxud dil bilan emas, balki barcha odob-axloq qonunlari, odamgarchilik yo'l-yo'riqlarini anglashdadir. SHu boisdan ham odamiylik to'g'risida ozgina gaplashsak. Download 422.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling