Nazorat uchun savollar
Qadimgi Misrning diniy va ma’naviy tamoyillarida ilgari surilgan g‘oyalar qanday bo‘lgan?
Misr ehromlari dunyoning etti mo‘‘jizasidan biri sifatida tan olinganligi sabablari nimada?
Qadimgi Old Osiyo madaniyatining yuksalishini ta’minlagan omillarni asoslang?
Qadimgi Bobilda ilm-fanning qaysi sohalariga asos solingan?
Ossuriya madaniyati ravnaqida me’morchilik va tasviriy san’atning o‘rni qanday bo‘lgan?
Budda dini Braxmanizm dinidan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
Ajanta majmuasida san’atning qaysi turlari sintezini ko‘rsa bo‘ladi?
3–mavzu. Qadimgi davr madaniyati
Reja:
Antik YUnoniston madaniyati.
Antik Rim madaniyati.
Tayanch so‘z va iboralar
Ellada – Qadimgi YUnoniston shahri. Zevs – YUnonlarning eng muqaddas bosh xudosi. Gerodot – YUnon tarixchisi. “Tarix fanining otasi” hisoblanadi. Suqrot, Platon, Aristotel – YUnon falsafasining yuksak namoyondalari. Fidiy – YUnon haykaltaroshi. Kolizey amfiteatri – Milodning 1 asrida Rimda qurilgan. Gladiatorlar janglari o‘tkazilgan.
Asosiy adabiyotlar
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni medernizatsiya va isloh etishdir. -T.: O‘zbekiston, 2005.
Vsemirnaya istoriya. Ellinisticheskiy i rimskiy perioda. Moskva. 1999.
Drevnie sivilizatsii. M.: 1999 g. 21-44 str.
Romanov V.N. Istoricheskoe razvitie kulturi. M.: 1991. 9-21 str.
Vinnichuk L. «Lyudi, nrav i obichai drevney Gretsii i Rima». M.: 1999. 10- 42 str.
Gulmetov E., Qobuljonova T., Ernazarov SH., Mavrulov A. Madaniyatshu-noslik ma’ruzalar matni. T.: 2000. 74-80 betlar.
.
Akropol – 200 let spustya... Respublika Gretsiya Ministerstvo Pechati i SMI Moskovskiy Otdel Pechati. M.: 2003 g. Str.15-48.
Aflotun «Qonunlar». T.: 2002. 7- 400 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |