Madaniyatshunoslik
Ehromning ichki tuzilishi
Download 1.65 Mb.
|
Madaniyatshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehromlar qurilishi.
Ehromning ichki tuzilishi. Ehromlarning kelib chiqishi to‘g‘risida turli qarashlar mavjud. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, ehromlar o‘zga sayyoraliklar tomonidan bunyod etilgan. Boshqa olimlar esa, aniq asosli bo‘lgan qarashga egadirlar.Tadqiqotlarga ko‘ra, ehromlarni insonlar qurgan. Biroq, qanday qilib degan savol tug‘iladi. Vaholangki, Napoleon hisob-kitoblariga ko‘ra, Gizadagi uchta katta ehromlarning toshlari bilan butun Fransiyani balandligi 3 metr va eni 30 santimetrdagi devorlar bilan o‘rab olish mumkin bo‘lgan! Misrdagi ehrom quruvchilarining mahorati hayratlanarli holdir! CHunki ehromning har bir toshi 3 tonnaga yaqin og‘irlikda, ehromning umumiy og‘irligi esa , taxminan, 6 million tonnani tashkil etadi. SHuningdek, mahobatli qurilmaning toshlari hech qanday qorishma materiali bilan mustahkamlanmagan. Toshlar shu qadar bir-biriga yaqin joylashtirilganki, uning orasidan hatto pichoq ham o‘ta olmaydi.
Ehromlar qurilishi. Hozirgi zamon misrshunoslarining hisoblashicha, piramidalar qurishdan oldin misrliklar dastlab tog‘lik erlarda zovurlar qazib, tekis va yaxlit poydevor qilishga erishganlar. Buning uchun zovurni suv bilan to‘ldirib, unga qoziqlar qadaganlar va suvning yuzasini belgilaganlar. So‘ng atrofni tekislab, zovurni tog‘ toshlari bilan to‘ldirganlar va qoziqlardagi belgilar bilan baravarlashtirganlar. Natijada bo‘lajak piramidaning tekis va yaxlit poydevori vujudga kelgan. Bu vaqtda tosh yotqizuvchi mutaxassis piramida uchun ishlatiladigan toshlarni bir necha yil mobaynida tekislab pardozlagan. Bloklar faqat uch oyga etadigan qilib tayyorlangan, chunki har yili bo‘ladigan suv toshqini natijasida uch oy davomida ishsiz qolgan dehqonlar ana shu piramida qurilishiga jalb etilganlar. Birinchi qator toshlar o‘rnatilgach, uning atrofiga shag‘al yotqizilib, bir tomonga nishab tortilgan. Keyin bloklarni tortish yo‘li bilan nishabga olib chiqilgan va birinchi qator ustiga qo‘yilgan. Ana shu yo‘sinda piramida sekin-asta qatorma-qator yuqoriga ko‘tarilgan sari uning atrofidagi shag‘aldan qilingan nishab ham spiral shaklida ko‘tarilib borgan. Piramida cho‘qqisiga oxirgi tosh qo‘yilganda, u qum aralash shag‘alga burkangan massani eslatgan. Xuddi shu vaqtda mohir va tajribali tosh teruvchilar piramidaning sirtini silliq bloklar bilan yuqoridan pastga qarab pardozlay boshlaganlar. Ishchilar esa bir vaqtning o‘zida pardozlash ishlarini yuqoridan pastga tushishiga qarab qum va shag‘allarni chetga torta boshlaganlar. Tashqaridagi ishlar tamom bo‘lgunga qadar piramidaning ichkarisida ichki yo‘llar va dafn qilish xonasi qurilgan. Dafn etish marosimi tugagach, uni barchadan sir tutish maqsadida xonaga olib boruvchi barcha eshiklarni ilgaritdan tayyorlab qo‘yilgan ulkan blok toshlar bilan berkitib, muhrlab qo‘yganlar. Gizadagi ulkan ehrom yaqinida sirli sfinks bor. U kim tomonidan va nima uchun yaratilganligi hanuzgacha noma’lum. Ammo tushunish mumkinki, yarim odam va yarim sher sifatida yaratilgan bu hukmdor o‘rnida Misr fir’avni Xefren o‘z aksini ko‘rgan bo‘lsa ajab emas. 3- Vazifa: Tasavvur qiling siz Misrga sayohatga kelgan O‘zbekistonliklarning gidisiz. Ehromlar bo‘ylab sayyohlik marshrutini ishlab chiqing. O‘zingiz uchun kichik reja tayyorlang. Misrning eng katta ehromlari, ularning qurilish sirlari to‘g‘risida ma’lumotni aniqlab, sayyohlarga aytib bering. 4- Vazifa: Misrning qaysi obidalari Giness rekordlar kitobiga kiritilgan? Ular to‘g‘risida Internetda ma’lumot topib, kichik ma’ruza tayyorlang. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling