Madaniyatshunoslik
Download 1.65 Mb.
|
Madaniyatshunoslik
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va
amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin; oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi. ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi. Oliy ta'lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o‘tkaziladi. Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. “Madaniyatshunoslik”fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N( MI).-55+5 ball va O.N.-10 ball qilib taqsimlanadi. 1.Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baxolashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 1.2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, xaqqoniylik, ishonchlilik va kulay shaklda baholashni ta’minlash; v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirishini tashkil etish va tahlil qilish; g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish; e) o‘quv jarayoninng tashkilish ishlarini kompterlashtirishga sharoit yaratish.. 1.3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baxolab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 1.4. Talabalar bilimini 100 balli reyting tizimi orqali baholash fanlarni chuqur o‘zlashtirish, topshiriqlar va uy vazifalarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash va ishlashni ko‘zda tutuvchi, umumiy o‘quv yuklamasini hisobga olish, o‘z bilimi va ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirishga intilish, hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni shakllantirishga erishiladi. Talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishini baxolash semestr (o‘quv yili) davomida olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: -joriy baholash (JB) mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda talabalar mustaqil ishini baholash oraliq baholash (OB) yakuniy baholash (YaB) Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr (yil tsikl) davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
Talabaning fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har-bir baholash turlarida to‘plagan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling