Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Madaniyat sotsiologiyasi
1. Madaniyat falsafasi — madaniyatdagi murakkab va ko`p maqsadli jarayonlarni taxlil
qilishda yondashuvning eng umumiy tamoyillarini namoyon qilib, qiyosiy taxlil, tasniflashga asoslanadi. Madaniyatni falsafiy nuqtai nazardan anglash, madaniy tushunchalarni falsafiy jihatdan asoslash bilan bog`liq qarashlar mavjud. Insoniyat yashaydigan tabiiy va ijtimoiy guruhlar (sotsium) olamida uning jismoniy, ma`naviy va ruhiy hayot faoliyati shakllanadi. Insonning asha shu hayot faoliyati rivojlanishini nazariy jihatdan tushuntirish va o`ziga xos tahlil usullari madaniyat falsafasi bilan aloqador. 3. Madaniyat sotsiologiyasi — jamiyatning biron tarixiy davrida mavjud madaniy jarayonlarni o`rganish bilan shug`ullanadi; ya`ni har xil sotsiologik axborotlar to`planib qayta ishlanadi va tahlil qilinadi. Xullas, ana shunday jarayonlar bilan bog`liq bo`lgan madaniy jarayonni empirik tadqiq qiladi. Ma`lum madaniy sharoitda kishilarning o`zaro munosabatlari va boshqa ijtimoiy–madaniy hodisalar ham shu sohaning ob`ektidir . 4. Madaniyat tarixi — har bir madaniyatni noyob va betakror hodisa sifatida o`rganadi; shuningdek, turli madaniy jarayonlarni o`zaro taqqoslaydi, ularning o`zaro munosabati va o`zaro ta`sirini, zamon va makondagi farqlarini, madaniy taraqqiyotidagi o`ziga xos va umumiy jihatlarini tadqiq etadi. Areologlar, antropologlarning XX asrda olib borgan bir qator tadqiqotlari “madaniyat” terminiga yangi ma`no yukladi. Antropologlarning kuzatishlariga ko`ra, Avstaraliyaning tub xalqlari yoki Afrika bushmenlari orasida ibtidoiy qonunlar bo`yicha yashaydigan qabilalar bor. Ularda opera teatrri ham, suratlar ko`rgazmasi ham yo`q. Lekni bu qabilalarni dunyoning tsivilizatsiyalashgan xalqlari bilan bog`lab turadigan mezonlar va qadriyatlar tizimi bor. O`sha mezon va qadriyatlar ularning tili, qo`shiqlari, raqslari, urf–odatlari, an`ana va xulq–atvor tarzidir. Shular yordamida hayotiy tajriba tartibga solinadi, odamlar o`rtasidagi munosabat yaxshi tomonga o`zgaradi. Har ikkala jarayon yo butun jamiyatning yoki jamiyatning ma`lum qismi hayot tarzini 3 Kravchenko A.I. Kul`turologiya. – Uchebnik. “Prospekt”, M.:2005, str.15. 8 ifoda etadi. Kundalik hayotda odamlarning atrofini o`rab turgan moddiy yodgorliklar o`tmish madaniyatni yoki madaniy merosni tashkil qiladi. Bu xalqlarda urf–odatlar, yodgorliklar muqaddas bir narsa sifatida saqlanadi, avloddan–avlodga o`tkazilib boraveradi. Zotan, tarixiy madaniyatda an`anaviylik kuchli. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling