Ma`deniyat taniw uzb
jismoniy tarbiya va sport
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat
ahamiyatiga molik vazifa etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasining sportning alohida turlari (futbol, tennis, kurash)ni rivojlantirishga oid qarorlari bu borada muhim ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo`shimcha chora- tadbirlar to`g`risida»gi qarori (2006 y. 1 may) mamlakatda professional futbol klublari tashkil etishga yo`l ochdi. Istiqlol davrida O`zbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etishi ta`minlandi. 1996 yil 6 fevralda sog`lom avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, olimpiya g`oyalarini rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Lozanna (Shveytsariya)da Xalqaro Olimpiada qo`mitasining oltin ordeni topshirildi. Bu orden namunasi 1996 yilda Toshkentda ochilgan Olimpiya shon-shuhrati muzeyidan joy oldi. 1996 yildan O`zbekistonda professional sport ham rasm bo`la boshladi. Ayniqsa, bokschilar yutug`i xalqimizni xursand etib kelmoqda. Artur Grigoryan, Muhammadqodir Abdullaev, Ruslan Chagaev va boshqalar bu sohada ulkan yutuqlarni qo`lga kiritdi. Rustam Qosimjonov shaxmat bo`yicha jahon chempioni bo`ldi (2004) 1998 yil 6 sentyabrda Toshkentda 28 davlat vakillari Kurash xalqaro assotsiatsiya (KXA)ga asos solishdi. 2005 yil unga 88 ta mamlakat a`zo bo`lgan. O`zbekistonda o`quvchi va talaba yoshlar o`rtasida 3 bo`g`inli ommaviy sport musobaqalari o`tkaziladi. Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilari o`rtasida «Umid nihollari», akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari o`rtasida «Barkamol avlod» hamda Oliy o`quv yurtlari talabalari o`rtasida «Universiada» sport musobaqalarini o`tkazish ta`lim-tarbiya tizimiga kiritilgan. 125 Xullas, O`zbekiston mustaqillikka erishgach, madaniy hayot ulkan sur`atlar bilan rivojlanishda davom etmoqda. Mamlakatimizda buyuk bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling