Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

an`anaviy musiqa san`ati rivojiga e`tibor yanada kuchaydi. 
Xususan, shu davrda oilaviy ansambllar, fol`klor-etnografik ansambllar, to`y marosim qo`shiqlari, 
katta ashula, baxshi-shoirlar, maqom ijrochiligi bo`yicha ko`rik-tanlovlar bilan birga «Alla» (1991 
yildan), «Sharq taronalari» (1997 y. Samarqand) Ma`murjon Uzoqov va Jo`raxon Sultonov 
nomidagi (1997 yildan, Marg`ilon), Xojiabdulaziz Abdurasulov nomidagi (1997 yildan, 
Samarqand), Komiljon Otaniyozov nomidagi (2001 yildan, Urganch), «Boysun bahori» (2003 
yildan, Boysun) va boshqa yangi tashkil etilgan respublika va xalqaro musiqa festival` va tanlovlari 
o`tkazildi. Ayni paytda an`anaviy musiqa ijrochiligini o`rganish barcha musiqa kollejlari hamda 
ko`pgina bolalar musiqa maktablarida joriy etildi.
O`zbek mumtoz musiqa ijodiyoti va ijrochiligi sohasida keksa, etuk hamda yosh avlodga 
mansub o`nlab san`atkorlar-hofiz, sozanda va bastakorlar (T.Alimatov, G`.Hojiqulov, 
Q.Iskandarov, X.Rajabiy, O.Xudoyshukurov, A.Ismoilov, F.Umarov, O`.Rasulov, Q.Rahimov, 
Sh.Jo`raev, O.Xotamov, F.Mamadaliev) sermaxsul ijod qilishdi. 
Maxsus musiqa ta`limi tizimi O`zR Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufida bo`lib, 
300 dan ziyod 7 yillik bolalar musiqa maktablari, 5 o`rta maxsus musiqa maktab (internat) va 
litseylari, 14 musiqa (san`at) kollejlari va O`zbekiston davlat konservatoriyasida amalga oshiriladi. 
O`zbekiston mustaqilligi davrida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo`lganidek teatr 
sohasida ham tub o`zgarishlar ro`y berdi. Teatr san`atining ahamiyati oshdi: u endi mustaqillik 
g`oyasiga xizmat qilishi, buyuk ajdodlarimiz merosining, necha ming yillik o`ziga xos noyob 
madaniyatining vorisi ekanligini anglashga yordam berishi, ushbu boylikni asrash va umuminsoniy 
qadriyatlar, jahon taraqqiyoti yutuqlari asosida ko`paytirishga ko`maklashishi, o`sib kelayotgan 
yosh avlodni undan bahramand qilib, har tomonlama kamol topgan, qat`iy iroda va e`tiqodga ega 
kishilar qilib tarbiyalashi lozim edi.


124 
Teatrlar nafaqat ijodiy, balki tashkiliy va iqtisodiy ishlarni ham mustaqil hal qila boshladilar. 
Teatrlar repertuarida barcha mavzu yo`nalishlarini, ijodda shu kunda mavjud bo`lgan barcha 
uslub va vositalarni kuzatish mumkin. Tarixiy mavzularni ijodiy o`zlashtirishda mamlakat teatrlari
katta yutuqlarni qo`lga kiritdi.
O`zbek teatrlari va san`atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun keng yo`l ochildi. 
Milliy teatrimiz 1997 yil ilk marotaba Qohira shahrida o`tadigan xalqaro festivalda o`zining 
«Chimildiq» spektakli bilan qatnashdi. 
Davlat teatrlari asosan O`zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 
«O`zbekteatr» ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan boshqariladi. Teatrlar uchun 
mutaxassis kadrlar M.Uyg`ur nomidagi Toshkent davlat san`at instituti, madaniyat va san`at 
kollejlarida tayyorlanadi. «Teatr» jurnali ta`sis etilgan (1998). 
Mustaqillik yillarida 
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling