Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
kino va televidenie sohada ham muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi. Kino
san`atida badiiy fil`mlar mavzular va qahramonlar bilan boyidi, kinoda ma`muriy tashkiliy ishlar qayta tashkil etilishi sodir bo`ldi. 90-yillar oxiri - XXI asr boshlari fil`mlarida kinoning adabiyot, teatr bilan hamkorligining kuchayishi, haqiqiy hayot borligicha tasvirlanishi, mavzu, janrlar xilma- xilligi, o`ziga xos ijod, yuqoriy tasviriy madaniyat, mualliflik fil`mlarining paydo bo`lishi ko`zga tashlanadi. («Otamdan qolgan dalalar», rej.Sh.Abbosov, «Voiz», «O`rtoq Boykenjaev», rej. Yu.Roziqov, «Buyuk Amir Temur», I.Ergashev, «Alpomish», H. Fayziev va b.) O`Zbekiston Respublikasi prezidentining 2004 y. 16 martdagi farmoniga ko`ra «O`zbekkino» davlat aktsionerlik kompaniyasi «O`zbekkino» Milliy agnetligiga aylantirildi. Televideniyada ko`rsatuvlarning asosiy qismi sho`rolar davrida Markaz teledasturlaridan iborat bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilardi. Istiqlol davrida mahalliy ko`rsatuvlar hajmi oshdi, o`zbek tilidagi ko`rsatuvlar ko`paytirildi. 1992 yil 11 martda O`zbekiston Respublikasi Televilenie va radioeshittirish davlat komiteti O`zbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga aylantirilishi munosabati bilan 4 ta telekanal tashkil etildi. O`zR Vazirlar Mahkamasining 2003 yili 4 noyabrdagi «Ommaviy sport targ`ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori asosida «Sport» telekanali tashkil etildi. Televidenie qoshida «O`zbektelefil`m» 2005 yildan teleradiokompaniya tarkibida badiiy, musiqiy va hujjatli fil`mlar yaratuvchi davlat korxonasiga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O`zbekiston milliy telekompaniyasining xalqaro aloqalari mustahkamlanib, boshqa mamlakatlar bilan o`zaro teledastur va videofil`mlar ayriboshlash sohasiga hamkorlikka keng yo`l ochilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatda Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling