Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Amaliy bezak san`ati. 20 - asrning 20-yillaridan keyin o`zbek bezak san`ati qo`shni xalqlar
san`ati bilan bir oqimda rivojlandi. G`oyaviy-badiiy jihatdan bu davr tushkunlik an`analarini engib o`tish, o`tmishning yaxshi an`analariga tayangan xolda yangi taraqqiyot yo`llarini izlash davri bo`ldi. 1920-30 yillarda O`zbekistonda maxalliy badiiy san`at vujudga keldi. Badiiy hunarmandchilikning ko`plab sohalari (ipakchilik, kashtachilik, zardo`zlik va boshqalar) tiklandi. 30 - yillarning o`rtalarida amaliy bezak san`atining sanoat taraqqiyoti boshlandi. Badiiy san`atning dastlabki korxonasi – Toshkent to`qimachilik kombinati ishga tushdi (1934), chitga gul bosishning yangi tarmog`i yuzaga keldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida to`qimachilik va kulollik taraqqiy etdi. Marg`ilon shoyi to`qish kombinati ishga tushdi (1943-47). Xalq ustalari Usta Shirin Murodov, Mahmud Usmonov, Abdulla Boltaev va b. binolarni bezashda faol qatnashib, milliy ganchkorlik, naqqoshlik va yog`och o`ymakorligining noyob namunalarini yaratdi. Buyumlarida an`anaviy va zamonaviylik uyg`unlashgan zargarlik sanoati vujudga keldi (Toshkent zargarlik zavodi, 1963). Chinni sanoati yaratildi. Respublikada birinchi chinni zavodi 1953 yilda ochildi. 1960-70 yillardan boshlab O`zbekistonda amaliy bezak san`atining noan`anaviy shakllari yuzaga keldi. Badiiy mato, an`anaviy bo`lmagan chinni, shisha, kulollik, zargarlik buyumlari ko`rgazmalarda namoyish etildi. 1970-yillarda badiiy shishasozlik noan`anaviy amaliy bezak san`atining gobelen, batik kabi turlari ham 70 - 80 yillarda paydo bo`ldi. Kashtachilik, gilamchilik, kigizchilik, naqqoshlik bo`yicha ustalar kasabachilik guruhiga birlashgan. 1978 yilda Rassomlar uyushmasi qoshida tuzilgan «Usto» birlashmasi mohir xalq ustalarini birlashtirgan. Bu uyushma tizimida ustaxona ochilib, Ch.Ahmarov boshchiligida qadimgi san`at turlaridan bo`yama naqshli buyumlar tayyorlash yo`lga qo`yildi. Bu davrda ma`muriy - buyruqbozlik tizimining qattiq tazyiqlariga qaramasdan qo`shiqchilik - musiqiy san`at ham rivoj topdi. 1928 yili Samarqandda O`zbekiston xalqlari musiqiy madaniyatini o`rganish bo`yicha maxsus ilmiy - tadqiqot instituti barpo etildi. Bu yillarda ijodkorlarimiz tomonidan «O`zbeklar musiqasi» va «Farg`ona, Buxoro va Xiva qo`shiqlari» nomli turkum tadqiqotlar yaratildi. 20-30-yillarda musiqa ta`limi, ijrochiligi va ilmida ma`lum o`zgarishlar sodir bo`ldi. Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi (1918), musiqa texnikumi (1924,1936 yildan musiqa bilim yurti), davlat konservatoriyasi (1936), ilk o`rta maxsus (1927, keyinchalik R.Glier nomidagi) va boshlang`ich musiqa maktablari kabi evropa tizimidagi muassasalar ochilgan. Samarqanddagi O`zbekiston musiqa va xoreografiya instituti (1928) ham o`quv, ham ilmiy dargoh bo`lgan. Bu davrda o`zbek ijrochilari chet el gastrollarida bo`lishgan: Tamaraxonim va M.Qoriyoqubovlar Parij va Berlin(1925), Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, To`xtasin Jalilov va Abduqodir Ismoilovlar London (1935)da katta muvaffaqiyat qozonishgan. O`zbek davlat filarmoniyasining tashkil etilishi (1936) ijrochilik san`atining ma`lum darajada tizimlanishiga asos bo`ldi. 117 1958 y. O`zdavestrada tarkibida, 1963 yilda esa O`zteleradio qoshida estrada orkestrlari tashkil etilganidan so`ng estrada qo`shiqchiligi jadallashdi. 1960-80-yillarda an`anaviy mumtoz musiqa ijodining badiiy madaniyatdagi mavzu qayta tiklanib, ko`tarildi. I. Rajabovning milliy musiqa merosiga bag`ishlangan «Maqomlar masalasiga doir» (1963) ilk yirik tadqiqoti chop etildi. Buxoro Shashmaqomi (Yu.Rajabiy, 1966-75), Xorazm maqomlari (M.Yusupov, 1980-87)ning yangi turli nashrlari e`lon qilindi. Maqom ijrochiligi bo`yicha xonanda va sozandalarning respublika tanlovlari (1983 yilda) o`tkazildi. 1970 - yillarda shahar, rayon va qishloq madaniyat uylarida fol`klor – etnografik ansambllar faoliyat ko`rsata boshladi. 1980 yillardan fol`klor – etnografik ansambllari, baxshi- shoirlar va ko`rik-tanlovlarining o`tkazilishi o`zbek xalq musiqa ijodining targ`iboti, tiklanishi, yangi sharoitda rivoji uchun katta ahamiyat kasb etdi. O`zbek milliy san`ati rivojida kino san`atining o`rni va ahamiyati ham juda katta. Sovet mustabid tuzumi kinoning mafkuraviy kurashdagi o`rnini yaxshi tasavvur etardi. Shuning uchun ham sovet hukumati kino rivoji uchun mablag`ni ayamadi. Kommunistik partiya va davlat tomonidan kino san`ati omma orasida g`oyaviy - siyosiy tarbiya va mafkura targ`iboti uchun zarur muhim vosita deb qaraldi. Bu davrda ommaviy axborot vositalarining kuchli tarmog`i sifatida radio, radioeshittirishga ham muhim e`tibor qaratildi. Sovet xukumati kommunistik dunyoqarashni shakllantirish, kommunizm g`oyalarini targ`ib etish, ilmiy, siyosiy-mafkuraviy bilimlarni tarqatishda radiodan unumli foydalandi. O`zbekistonda birinchi keng tarmoqli radiostantsiya 1927 yil 11 fevralda Toshkentda faoliyat ko`rsata boshlagan edi. Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash lozimki mustabid tuzum davrda milliy madaniyatimiz zaiflashib, qadriyatlar, an`analar va milliy bayramlarimiz unutila bordi. Har bir xalqning asrlar davomida vujudga kelgan o`ziga xos madaniyati, nodir qadriyatlari, an`anasi, urf-odatlari mavjud. Lekin bu davrda tarixan ildiz otgan milliy qadriyatlarimiz oyoq osti qilinib, yot firqa mafkurasi va uning “dohiy”lari esa ulug`landi. Mustabid sho`ro hukumatining milliy madaniyatimizga, qadriyatlarimizga qarshi kurashi «Qizil imperiya»ning parchalanishi davrigacha davom etdi. Mustabid sho`ro tuzumi davrida (20-30-yillar) “din-afyun” degan shior bayroq qilib olinib barcha dinlar, jumladan Islom dini, u yaratgan bebaho madaniy obidalar, diniy qadriyatlar inkor etildi. Islom madaniyatining zamonaviy ilm-fan taraqqiyotiga qo`shgan hissasi tan olinmadi. Odamlarni go`yo diniy sarqitlardan xalos qilish va dahriylik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan “xudosizlar jamiyati”ning minglab faollari milliy urf-odatlarimiz, udum va marosimlarimizga qarshi tashviqotni avj oldirdilar. Yangi «madaniy hayot»ga «sovet turmush tarzi»ga tezroq ko`niktirish uchun ko`p asrlik tarix - ma`naviy merosimiz bitilgan alifbo ham shosha-pisha o`zgartirildi va o`zgartirilib turildi. Arab alifbosida asarlar “diniy” deb turli yo`llar bilan yo`q qilishga harakat qilindi. Hatto “hujumkor ateizm” shiori ostida muqaddas madaniy merosimiz-betakror tarixiy yodgorliklar, obidalar qarovsiz qoldi, ko`plab masjid va madrasalar vayron qilindi. Sovet mustabid tuzumi sharoitida madaniyatda siyosiy badiiylik o`rniga ustuvorlik o`rnatildi. Badiiy jamoalar, madaniyat maskanlari, ijodiy uyushmalarning mehnat faoliyati faqat bir narsaga, sovet voqeligini madh etish, uning dunyoda eng nufuzli va adolatli tuzum ekanligini isbotlashga qaratildi. Bu davrda ham turli mafkuraviy tazyiqlarga qaramasdan o`zbek milliy madaniyatida umumiy rivojlanish bo`ldi. Ammo, juda katta intellektual salohiyatga, buyuk madaniy merosga ega bo`lgan o`zbek xalqi bundan ham ko`ra ko`proq yutuqlarga erishishi mumkin edi. Uzoq yillar davomida madaniyatga sinfiylik, g`oyaviylik, partiyaviylik asosida munosabatda bo`lish milliy madaniyatimizga juda katta salbiy ta`sir ko`rsatdi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling