Ma`deniyat taniw uzb


Madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari. Tarixdan ma`lumki, Turkiston 
hududi qadimdan turli mamlakatlar uchun o`lja manbai bo`lib kelgan. O`rta Osiyoga turli 
maqsadlarni ko`zlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng 
avvalo O`rta Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirgan. 
Rossiya imperiyasining O`rta Osiyoga bosqini nafaqat uning hududini egallash, aholisini 
talash bilan cheklangan, balki o`zbek xalqining madaniy merosini talon-taroj qilib, tashib ketish va 
madaniyat yodgorliklarini harob qilish bilan birga sodir etilgan.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo`qon kabi 
ko`hna shaharlar xazinasida to`plangan boyliklar maxfiy rejalar asosida ba`zan ochiqchasiga talon-
taroj etildi.
Xiva yurishi vaqtida harbiy maslahatchi bo`lgan sharqshunos A.L.Kun turli yo`llar bilan 
to`plangan 300 kitobdan iborat sharq qo`lyozmalarini 1873 yil Imperator xalq kutubxonasiga 
topshirgan. A.L.Kun va uning guruhi Xivadan tanga zarb qilishga mo`ljallangan 200 nusxa qolip, 
muhrlar bog`lami, xon taxti, 172 nusxa Jo`jixon tangalari, Qo`ng`irot sulolasidan bo`lgan Xiva 
xonlarining 3 nusxa tanga va bir qator etnografik ashyolarini, xususan, ayollar va bolalar kiyim-
boshlari, ko`plab tilla va kumush bezaklarini
2
olib ketgan. 
Qo`qon bosqini vaqtida ham tarix, tibbiyot, huquq va ilohiyotga doir 130 qo`lyozma kitob 
Rossiyaga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. Demak, Qo`qon arxivi ham, 
xuddi Xiva xonlari arxivi kabi bosqinchilar tomonidan zo`ravonlik bilan olib ketilgan.
Turkiston general - gubernatorlarining o`zlari Turkistondagi boyliklarning eng birinchi 
qaroqchilari 
va 
shaxsiy
kollektsiyalarning tuzuvchilari edi.
Xulosa qilib aytganda, Turkiston xalqlarining fan va madaniyati mustamlaka tuzumining 
biqiq tarkibida ham, ruslashtirish siyosatining barcha zug`um sitamlariga qaramay, rivojlanishdan 
to`xtamadi. Mustamlakachilar xalqimizning ilm-ma`rifatga intilishi, ilg`or g`oyalar va istiqlol 
istagini bo`g`ib tashlay olmadilar. 
Chorizmning madaniyat sohasidagi siyosatining asosiy yo`nalishlarini quyidagicha 
belgilash mumkin: 
-
Chor hukumati Turkistonda turg`unlik xolatini saqlash, o`zaro nizo-adovatlar urug`ini 
sepib turgan xolda ulardagi millatparvarlik, yurtsevarlik va jangovarlik tuyg`ularini o`ldirish. 
-
O`lka xalqlarini o`z tarixi va madaniyatidan uzoqlashtirish. Bu sohada chorizm juda 
izchil ish yuritdi. Olimlar, ilmiy jamiyatlar tomonidan Turkiston tarixiga doir moddiy va ma`naviy 
yodgorliklar yig`ib olindi va Moskva hamda Sankt-Peterburgga jo`natildi. Shunday qilindiki, 
endilikda o`lka tarixini o`rganish uchun turkistonliklar ana shu markazlarga borishga majbur 
bo`lishdi. 
-
Mustamlaka ma`muriyati o`lkadagi tarixiy adabiyotlarning qarovsiz qolib vayron 
bo`lishiga ataylab yo`l qo`ydi. 
-
Chorizm xalq maorifi sohasidagi ruslashtirish siyosatini rus-tuzem maktablari tizimini 
vujudga keltirish va rus tiliga davlat maqomi berish vositasida amalga oshirdi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling