Ma`deniyat taniw uzb
Musiqa san`ati. An`anaviy qo`shiqchilik san`ati
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Musiqa san`ati. An`anaviy qo`shiqchilik san`ati. Ma`lumki o`tmishda mahalliy
hukmdorlar musiqa san`ati ahliga homiylik qilib kelgan. Turkiston Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan so`ng, bu an`analar yo`qqa chiqarildi. Mahalliy xalq orasidagi milliy musiqa san`atiga bo`lgan azaliy qiziqish evropacha musiqa janrlari, ijrochiligi va ta`lim tizimini astoydil singdirish yo`li bilan paymol qilindi. Toshkent, Qo`qon, Farg`ona, Buxoro, Samarqand kabi yirik shaxarlarda rus imperatori musiqa jamiyati bo`limlari, uning tarkibida esa «Lira» xor jamiyati (1898), Musiqa va drama (1907), Simfonik va kamer musiqa (1908), Vokal musiqa (1914) singari evropacha musiqa shahobchalari keng faoliyat boshladi. Bunday sharoitda mahalliy atoqli xonanda, bastakor, sozandalar atrofida muayyan «ustoz- shogird»tarzidagi maktablargina mahalliy an`analarni davom ettirib keldi. Xususan, Buxoroda – «Shashmaqom” ijrochilik maktabi Ota Jalol (1845-1928), Ota G`iyos (1859-1927) va Levi Boboxon (1873-1926)lar, Samarqandda – maqomchilik va bastakorlik Xoji Abdulaziz (1852-1936), Xorazmda – maqomchilik Pahlavon Niyoz Mirzaboshi (Komil Xorazmiy, 1825-1897), Farg`onada - sozandalik Rustam Mehtor (1860-1933), katta ashulachilik Erkaqori (1877-1954), Toshkentda – maqomchilik va ashullachilik To`ychi Hofiz (1868-1943) singari ustozlar atrofida taraqqiy topdi. Mustamlaka sharoitida bo`lishiga qaramasdan, Turkiston o`lkasida an`anaviy qo`shiqchilik san`ati taraqqiy eta bordi. Ayniqsa, Farg`ona vodiysida yaratilgan kuylar va qo`shiqlar o`sha davrning og`ir kunlarini, ezilgan mehnatkash xalq ommasining orzu umidlarini ifodalaganligi bilan xarakterlanadi. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi murakkab iqtisodiy, siyosiy vaziyatga qaramasdan o`zbek san`atkorlarining nomi boshqa davlatlarga ham tarqalgan. Masalan, Samarqandlik mashhur hofiz Xoji Abdulaziz Rasulov Eron, Afg`oniston, Hindiston, Iroq va Yunoniston mamlakatlarida o`z san`atini namoyish qilgan. Toshkentlik Mulla To`ychi Toshmuhammedovning ovozini Yorkent, G`ulja, Chuguchak ahli sevib tinglagan. To`ychi hofizning 25 ga yaqin qo`shig`i Riga «Grammafon» jamiyati tomonidan 1905 yilda yozib olinib, tarqatilgan. An`anaviy o`zbek qo`shiqchilik madaniyatining rivojlanishida Hamza Hakimzoda Niyoziyning alohida o`rni bor. U o`z she`rlarini xalq kuylariga solib, tanish ashula yoki qo`shiqlar ohangiga mo`ljallab yozilishini ta`minladi va bu bilan ushbu asarlar tezroq xalq orasida yoyildi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling