Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Qiziqchilik - o`zbek an`anaviy teatr turi. Qiziqchilik teatri, asosan Qo`qon xonligi 
hududida (ayniqsa, Farg`ona vodiysi va Toshkentda) rasm bo`lgan, ijrochisi qiziqchi (qiziq), to`da 
boshlig`i va ish yurituvchisi korfarmon deb atalgan.
XIX asrda qiziqchilarning truppalari (mas. Bidiyorshum, Zokir Eshon boshchiligidagi 


111 
to`dalar) faoliyat ko`rsatgan. Bidiyorshum truppasi XVIII asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida 
Qo`qonda ijod qilgan. Uning repertuari, asosan, hajviya, askiya, musiqa, ashula va raqslardan iborat 
bo`lgan. XIX asr ikkinchi yarmida Zokirjon qiziq to`dasiga 20 dan ziyod qiziqchi uyushgan bo`lib, 
yuzga yaqin tanqid, muqallid, kulki-hikoyalar va latifalar namoyish etishgan

 
Davriy matbuot. O`zbekiston hududida matbuotning paydo bo`lish jarayoni XIX - asrning 
70 - yillariga to`g`ri keldi. Mustamlakachilar mintaqada yashovchi erli xalqlarga o`zlarining 
siyosatlarini targ`ib va tashviq etish maqsadida 1870 yilda Toshkentda “Turkestanskie vedomosti” 
va “Turkiston viloyatining gazeti”ni tashkil etgan. Markaziy Osiyoda davriy matbuot shu tariqa 
paydo bo`ldi. Mazkur gazetalarning har ikkisi ham 1917 yilgacha chop ettirilgani bois Turkiston
matbuoti tarixida uzoq muddat davomida uzluksiz faoliyat ko`rsatgan davriy nashrlar sanaladi. 
“Turkiston viloyatining gazeti” o`zbek publitsistikasining shakllanishiga yo`l ochdi. 
Zokirjon Furqat, Sattorxon Abdug`afforov, Ishoqxon Ibrat, Mahmudxo`ja Behbudiy va boshqa 
ko`plab ziyolilarning bu gazeta bilan ijodiy hamkorligi natijasida Turkiston o`lkasida jaholatga 
qarshi kurash, ommani, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama ilm-ma`rifatli qilib tarbiyalashga 
intilish 
harakatining 
kuchayishini 
ta`minladi. 
Boshqacha 
aytganda, 
mazkur 
nashr 
ma`rifatparvarlarning fikr va so`z aytishi uchun ilk minbar vazifasini o`tadi. 
XIX asrning 90-yillariga kelib Turkistonda matbuot sohasida o`ziga xos yangilanish 
jarayonlari kuzatildi. Rus tilidagi dastlabki xususiy gazetalar nashr qilina boshlandi. Dastlab 
Samarqandda, keyinroq Toshkentda nashr etilgan “Okraina” (1890-1907), Toshkentda chiqqan 
“Russkiy Turkestan” (1898-1907) gazetalari shular jumlasidandir.
Aynan shu davrda “Sredneaziatskiy vestnik” (1896), “Turkestanskiy skorpion” (1907, 
hajviy), “Srednyaya Aziya” (1910-11), “Turkestanskiy karakurt” (1911, hajviy) jurnallari Turkiston 
jurnalchiligining ilk namunalari edi. O`zbek tilida esa “Oyna” (1913-15), “Al-isloh” (1915) kabi 
jurnallar hamda “Al-izoh” (1917) va boshqa al`manaxlar ham o`lkaning tarixini, o`sha kezdagi 
ahvolini o`rganishga, o`quvchilarning madaniy-ma`rifiy ehtiyojlarini qondirishga ko`maklashdi.
Chorizm mahalliy xalqlar ongi va bilim saviyasining yuksalishidan manfaatdor bo`lmagan. 
Shu bois hukmron siyosat milliy ongning yuksalishiga xizmat qiladigan vositalarning, jumladan, 
milliy tildagi davriy nashrlarning yuzaga kelishiga imkon qadar yo`l qo`ymadi. 1906 yilga qadar 
butun o`lkada yagona “Turkiston viloyatining gazeti”dan bo`lak mahalliy tilda bironta gazeta nashr
qilinmagani ham buning isbotidir. 
Turkiston jadidlarining etakchi namoyandalari: Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvarqori 
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniylar demokratik yo`nalishdagi o`zbek matbuotini shakllantirishga
katta hissa qo`shdilar. Jadidlar milliy davriy nashrlar faoliyatini tashkil etish va yo`lga qo`yishda 
mahalliy rus matbuoti hamda Rossiyaning turli hududlarida tatar tilida nashr qilingan gazetalarning, 
xususan, ma`rifatchi Ismoilbek Gaspirali muharrirligida chiqqan “Tarjumon” gezetasining ish 
tajribasiga tayandilar.
O`zbekistonda chinakam milliy matbuotning yuzaga kelishi 1906 yil 27 iyundan 
Toshkentda chiqa boshlagan jadidlarning “Taraqqiy” gazetasi bilan bog`liq. Uning sahifalarida
podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini fosh qiluvchi maqola, xabarlar bosilgan. Gazeta 
materiallaridagi tanqidiy ruh mustamlakachi ma`murlarga yoqmagan. 19 soni chiqqach, gazeta 
yopib qo`yilgan. Gazetaning ilk soni chiqqan 27 iyun` 1993 yildan buyon mamlakatimizda 
«Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» sifatida nishonlanadi. 
“Sadoi Turkiston” (Toshkent, 1914-15), “Samarqand” (1913), “Sadoi Farg`ona” (1914) 
gazetalari hamda “Oyna” (Samarqand, 1913-15) jurnallarini saviyasi, omma ongiga ta`siri jihatidan 
o`zbek matbuoti tarixidagi eng ibratli nashrlardan deb hisoblash mumkin. 
1917 yil Rossiyadagi fevral` inqilobi Turkistondagi ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, 
matbuot rivojiga ham ta`sir ko`rsatmay qolmadi. Milliy birlik harakatini avj oldirishga, o`zbek 
xalqining istiqlolga erishish yo`lidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga 1917 yilda tashkil 
etilgan “Najot”, “Turk eli”, “Turon”, “Ulug` Turkiston”, “Hurriyat” (Samarqand), “El bayrog`i” 
(Qo`qon) gazetalari va “Yurt” (Qo`qon), “Chayon” jurnallari o`ziga xos hissa qo`shdi.

Зокиржон Эшон (лақаби Зокиров) қарийб ярим аср даврида Қўқон актёрлар гуруҳига раҳбарлик қилган. 
Тақлидчилик, маъноли имо-ишора ва ҳаракатлари, маъноли сўз ва оҳангдор товуш унинг асосий бадиий ифода 
қуроли бўлган. 


112 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling