Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Me`morlik. 1917 yilgi Oktyabr` to`ntarishi va fuqarolar urushi oqibatida o`lka 
me`morchiligi tamoman tanazzulga uchradi. Sho`ro tuzumi davrida er, suv qatorida, me`morlik ham 
davlat tasarrufiga o`tdi. Yirik binolar musodara qilindi, masjid va madrasalar berkitildi. 1930-
yillardan boshlab esa yangi tipdagi binolar qurila boshladi: kommuna uyi, ishchilar shaharchasi
maktab, bolalar bog`chasi, ishchi-yoshlar klubi, kinoteatr, muzeylar, istiroxat bog`lari paydo bo`ldi, 
suv omborlari qurildi. Yangi tartibdagi loyixali shaharlarga asos solindi. Ayniqsa, 1940-yillardan 
boshlab Yangiyo`l, Chirchiq, Olmaliq, Angren, Bekobod kabi shaharlar tez taraqqiy etdi, yangi 
tipdagi zavod-fabrikalar qad ko`tara boshladi. Toshkentda urushning eng og`ir yillarida (1943) 
Muqimiy teatri qurildi. Alisher Navoiy teatri (1947) binosi umuman o`zbek me`morchiligi ijobiy 
imkoniyatlarining yorqin namoyishi bo`ldi.
20-asrning ikkinchi yarmida binokorlik tez sur`atlar bilan rivojlandi. Davlatning 
me`morchilikda ortiqcha bezakdorlik alomatlariga chek qo`yish, binokorlik industriyasini 
rivojlantirish haqidagi qarori 1950-60 yillarda temir - beton zavodlari tayyorlagan konstruktsiyalar 
bilan, bir qolipdagi (tipovoy) loyixalar asosida kata - kichik mikrorayonlar qurish odatga aylandi. 
Qurilishda temir - beton bilan bir qatorda yaxlit yirik oynalardan foydalanildi: San`atshunoslik 
instituti, ma`muriy binolar, san`at muzeyi va boshqalar. 1960 - yillarning ikkinchi yarmi -70 
yillarda sinchli, yirik panelli va yirik blokli, zilzilabardosh binolar qurish avj oldi. Qurilishlar 


116 
ko`cha bo`ylab qurilmasdan yangi uslub - mikrorayon qurilishi joriy etildi. Toshkentdagi Chilonzor, 
Shimoliy-Sharqiy, Yunusobod, Qoraqamish, Qorasuv massivlar qad ko`tardi. 
Qishloq bilan shahar orasidagi tafovutni yo`qotish shiori ostida yangi o`zlashtirilayotgan 
hududlarda, ayniqsa, Mirzacho`lda o`nlab sovxoz shaharchalari qurildi, namuna tarzida ikki qavatli 
kottejlar dexqonlarga tavsiya etildi, lekin qishloq sharoitida bunday binolar g`ayri tabiiy, begona 
tarzida aholiga ma`qul bo`lmadi. Qishloqlarda 3-4 qavatli uylar qurilishi butunlay salbiy natija 
berdi.
Lekin shunday bo`lsada, yakka tartibdagi yirik imoratlar me`morchiligi ba`zan ijobiy 
yutuqlarga erishildi. Toshkentdagi San`at saroyi kinoteatri (1964), Markaziy universal magazini 
(1964), O`zbekiston tarixi muzeyi (1970), Bosh unversal magazin (1972), «O`zbekiston» 
mehmonxonasi (1974), Toshkent teleminorasi (1981), Xalqlar do`stligi saroyi (1981) kabi imoratlar 
yangi davr ruxida yaratilgan. Toshkentda metropoliten ochilishi (1977) milliy me`morchilikning 
yangi imkoniyatlarini namoyish etdi. Metro bekatlarining me`moriy tuzilishi, husnu jamoli esda 
qoladigan shohona ko`rinish kasb etdi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling