Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Musiqa. XVI-XIX asrning birinchi yarmida musiqiy hayot asosan poytaxt va yirik 
shaharlarda jonlandi. Mohir musiqachilar xuddi avvalgi davrlardagi kabi hukmdorlar saroyida 
to`plangan. O`tmish an`analariga sadoqat, vorisiylik, mohirona ijrochilik san`ati tufayli Buxoro va 
Samarqand O`rta Sharqning musiqa markazlariga aylandi. 
XVI asr boshida Xurosonning, Hirot va boshqa shaharlaridan Movarounnahrga ko`plab 
musiqachilar keldi. Buxoroga Husayn Udiy, G`ulom Shodi va boshqa atoqli qo`shiqchilar, 
sozandalar, musiqa nazariyotchilari ko`chib keldi. Bu ma`lum darajada mahalliy musiqa-ijrochilik 
va musiqiy-nazariy faoliyatning jonlanishiga olib keladi. XVI-XVIII asrda maqom janri taraqqiy 
etdi. XVIII asr o`rtasida Buxoro (tojikcha-o`zbekcha) Shashmaqomi shakllandi. 
Movarounnahr musiqachilari Hindiston, Turkiya, Eron, Afg`oniston, Xitoy, Rusiya davlati 
bilan musiqiy aloqalar o`rnatganlar. Ushbu mamlakatlarning musiqachilari va shoirlari ijodi O`rta 
Osiyo shaharlarining musiqiy hayotini qandaydir ma`noda boyitishga xizmat qildi. 
Bu davrning musiqiy hayotida Najmiddin Kavkabiy, Ja`far Qonuniy, Ali Do`st Nayi, Hofiz 
Mahmud, Hofiz Miraklar mashhur bo`lishgan. Xususan, Najmiddin Kavkabiy musiqashunos, shoir, 
bastakor bo`lib, musiqa ilmi va amaliyotining turli masalalariga doir ilmiy qismlar yozgan. “Risolai 
musiqiy” asarida ilmi musiqiy, o`n ikki maqom tizimiga oid nazariy tushunchalar berib, turli zarb-
usullarining nomini keltirib ta`riflagan, kuyning amaliyotidagi xillari haqida ma`lumot bergan. 
Kavkabiy maqomlarni kecha-kunduzning qaysi soatlarida ijro etilishi va har xil ruhiy halovatdagi 
kishilarga ta`siri masalalarini bayon etgan. Ayniqsa Darvish Ali Changiy shuhrat qozongan. Uning 
“Risolayi musiqiy” asarlarida XV asr oxiri – XVII asr boshida Movarounnahrda yashagan, ijod 
etgan ijrochilar, bastakorlar haqida batafsil ma`lumot to`plangan.
Shunday qilib XVI-XIX asr birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning rivojlanishi bir 
muncha susaygan bo`lsada, Movarounnahr aholisining madaniy darajasi nisbatan yuqoriligicha 
qolgan. 
Teatr. XVI-XVIII asrlarda masxarabozlik teatri nafaqat poytaxt shaharlar – Buxoro, Xiva, 
Qo`qonda, balki boshqa shaharlarda ham faoliyat olib borgan. Turli xonliklardagi teatr guruhlari 
bir-biridan ijro usuli, mahorati, repertuari va taqdim etish shakllari bilan farq qilishgan. 
Buxoro vohasida XVIII-XIX asrlarda Sayfulla masxara, Zokir masxara, Ergash masxara va 
boshqalar o`z spektakllari bilan tomosha ko`rsatganlar. 
Qo`qon xonligida XVIII asr boshida qiziqchilik teatri faoliyat yuritgan. Muhammad Solih 
Bidiyorshum ko`plab og`zaki p`esalar ijro etgan. Bidiyorshum truppasida 30 dan ortiq aktyorlar, 
qiziqchilar (Bahrom qiziq, Mo`min qiziq, Davlatyor qiziq va boshqalar) bo`lgan. Ular shaxarning 
Chorsu maydonida, ba`zan xon saroyida qiziqchilik qilganlar.
XVI-XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyoda qo`g`irchoq teatri keng tarqalgan. Uning 
“Qo`l qo`g`irchog`i”, “Chodir xayol” kabi turlari bo`lgan. Ularning har ikkisida bittadan asosiy 
p`esa – Polvon kachal (“Qo`l qo`g`irchoq”) va “Sarkardalar” – “Amaldorlar” (“Chodir xayol”) 
bo`lgan. XIX asrda O`zbekiston hududida Shosolih, G`afur, Xalfarang (Qo`qon), Orifjon 
qo`g`irchoqboz, Azim burun, Doniyor (Toshkent), Jo`ra Qayroq, Hamro qo`g`irchoq boz 
(Samarqand), Sharif Sayyoh, Qori xoji (Buxoro) va boshqa usta-qo`g`irchoqbozlar o`z 
maktablarini yaratganlar. 
Bu davrda raqs san`ati ham yuksak rivojlangan. Xalq-raqs san`atining Farg`ona maktabi o`z 
tarkibiga quyidagi raqs turlari va guruhlarini olgan: “Katta o`yin”, “Xonaki o`yin”, “Yalla” va 
boshqalar. Shulardan “Katta o`yin” murakkab raqs kompozitsiyasiga ega bo`lib, 60 usuldan tashkil 
topgan. 
Xorazmda “Maqom o`yin”, “Lazgi”, “Qayroq o`yin”, “Yalla” va boshqa raqs turlari 


106 
tarqalgan. 
Buxoroda raqs maktabi ettita katta va kichik shakllardan tashkil topgan: “Maqom o`yin”, 
“Qayroq o`yin”, “Xonaki o`yin”, “Zang bozi”, “Yalla” va boshqalar. 
XVI-XIX asrning birinchi yarmida sayyor tsirk artistlari – dorbozlar, akrobatlar, 
ko`zboylag`ichlar, jonglyorlar, hayvon o`rgatuvchilar va boshqalar shahar va qishloqlar 
maydonlarida tomosha ko`rsatib o`zlarining mahoratlarini namoyish etishgan.
XVIII asr oxiri - XIX asr boshida O`rta Osiyo xonliklarida an`anaviy teatr faoliyatida o`ziga 
xos uslubiy ko`rinishlar paydo bo`ldi. Buxoro amirligida, masalan, masxaraboz, qo`g`irchoqboz, 
raqqos va boshqalarning uyushmalari vujudga keldi, bu o`z navbatida ularning reperturarlari 
boyishga va ijrochilik mahoratining oshishiga olib bordi. Xorazm an`anaviy teatrida 2 turkum 
tomoshalar - “To`qma” va “Xatarli” o`yin yaxshi shakllandi. Farg`ona va Toshkentda qiziqchilik va 
askiya taraqqiy etib, so`z san`atiga alohida e`tibor berildi.
Shunday qilib XVI-XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo xonliklari tarixi faqat o`zaro 
urushlar, ichki nizolardan iborat bo`lib qolmagan. Xatto shunday og`ir kezlarda ham mamlakatda 
madaniy hayot o`z rivojlanishida davom etgan. Garchi XIV-XV asrlardagi kabi yuksak darajaga
erishilmagan bo`lsada, uning yutuqlarini saqlab qolishga, uni yangi g`oyalar bilan boyitishga
harakat qilingan. 
Shunday qilib, XVI-XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo jamiyati hayoti notekis 
rivojlangan; ayrim o`n yilliklarda erishilgan yutuqlar, ko`pincha o`zaro nizolar tufayli yuzaga 
kelgan navbatdagi tanazul davri bilan almashgan. Biroq ana shunday og`ir damlarda ham o`zbek 
xalqining ijodkorlik faoliyati to`xtamaganidan faqat faxrlanishimiz mumkin. Qishloq, shaharlar 
qayta qad ko`targan. Hunarmandchilik turlari rivojlangan. Xalq ustalari tomonidan bunyod etilgan 
mahobatli me`moriy obidalar butun dunyoga mashhur bo`lgan. Har qanday og`ir, noqulay 
sharoitlarda ham xalqimizning ijodiy tafakkuri rivojlanishda davom etgan. Ular orasidan ko`plab 
iqtidorli olimlar, mutafakkirlar, qo`shiqchilar, musiqachilar, rassomlar, me`morlar va quruvchilar 
etishib chiqdi. 
O`zbekiston madaniyatining bir qator arboblarining ismlari insoniyat hayoti solnomasiga 
abadiy yozib qo`yilgan.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling