Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miniatyura.
Amaliy bezak san`ati. XVI-XIX asrlar amaliy bezak san`atida ikki asosiy yo`nalish-rasmiy
va xalq san`ati mavjud bo`lgan. Xalq san`ati izchil, birmuncha erkin, hayotga yaqinroq bo`lgan. Xalq san`ati ko`p turli an`analarni saqlab qolgan, biroq XVII asr oxiridan e`tiboran uning rivojlanishida turg`unlik holatlari kuzatila boshlandi, buyumlar turi, shakli va bezagi soddalashib borgan. XVI asr oxiri – XVII asrda amaliy bezak san`ati sekin rivojlandi, bu mujassamot tuzilishidagi bir xillikda, bezakning murakkablashuvi va vazminlashuvida, gullarning maydalashuvi va takomillashuvida, tashqi bezakning kuchayishida o`z ifodasini topdi. XVIII asrdagi murakkab tarixiy sharoitlarda amaliy bezak san`ati garchi sekin rivojlansada, biroq u o`zining asosiy hayotiylik mazmunini va ip matolar ishlab chiqarish, ipakchilik, gilamchilik, palos to`qish, zargarlik, kulolchilik, charm, tosh, yog`och, metalga badiiy ishlov berish kabi barcha turlarini saqlab qoldi. XVIII asrning oxirida amaliy bezak san`ati taraqqiyotida yuksalish ko`zga tashlanib, u XIX asrning so`nggi choragiga qadar davom etgan. XIX asrning birinchi yarmida qat`iy shakl mujassamotini tuzishga intilish kuzatiladi. Bu xususiyatlar, ayniqsa, badiiy hunarmandchilik (abrli matolar guli, zardo`zlik, kandakorlik)da aniq ko`zga tashlanadi. Naqsh mujassamoti va mavzu shakliga ko`ra bir oz qat`iy, sipo va tashqi ko`rinishi takomillashgan. Xonadonlarda yaratilgan kashtalarda XVIII asr san`ati xususiyatlari (soddalik va go`zallik) uzoqroq saqlangan. Bu davr amaliy bezak san`atining barcha sohalari shakl, rasm va o`ziga xosligini saqlagan. Miniatyura. Movarounnahrda miniatyura san`ati XVI-XVII asrning birinchi yarmida ravnaq topdi. O`rta Osiyo xalqlari orasida miniatyura san`ati “naqshi nigor” nomi bilan ma`lum bo`lgan. Bugungi kunlarimizda jahon muzeylari to`plamlarida O`rta Osiyo musavvirlari tomonidan bezatilgan 60 dan ortiq nodir qo`lyozmalar saqlanadi. Mahalliy va Hirotlik ustalarning o`zaro ijodiy hamkorligi tufayli Samarqand va Buxoroda miniatyura maktablari gullab yashnadi. Behzod an`analari bilan bog`liq birinchi yo`nalish qalamtasvirining o`ta nozikligi, manzara va me`moriy tasvirlarga boyligi, jarangdor, tiniq ranglarning uyg`unligi, murakkab mujassamoti bilan diqqatga sazovor. Mahmud Musahhib va Chag`ri Muxassin (Nizomiy asarlariga ishlangan rasmlar, 1537-38 yillar), “Ash`or”ni bezagan noma`lum musavvir (1529 y.) va boshqalar mashhur bo`lgan. Ikkinchi yo`nalish qahramonlar sonining cheklanganligi, tasviriy vositaning lo`ndaligi, ixcham mujassamoti, keskin ranglarga boyligi bilan farqlanadi. Jumladan, Shayboniylar davrida hukmdorlar uchun shajaraviy, tarixiy asarlar ko`plab yaratilib, ular miniatyuralar bilan bezatildi. Xususan, Muhammad Shodining “Fathnoma” (1502-1507), Ma`sud ibn Usmon Qo`histoniyning “Tarixi 105 Abdulxayrxoniy” va boshqalar shular jumlasidandir. Miniatyuralarda hukmdorlar va ularning turli hayotiy jarayonlardagi tasvirlaridan tashqari, tasavvuf g`oyalari, fol`klor, mehnat va ijod, tabiat, hayvonot dunyosi kabi mavzular aks ettirildi. XVIII asrda madaniy hayotning keskin pasayishi kuzatiladi. Ammo shunday bo`lsada kitobat san`atining rivojlanishi musavvirlarning faollashuviga olib keldi. XIX asr boshlarida yaratilgan qo`lyozmalardagi suratlarda avvalgi badiiy nafosat ko`rinmaydi. Hindiston, Qashg`or va Eron miniatyura maktablariga taqlid ortdi. Xususan, Navoiyning “Xamsa”siga ishlangan miniatyuralar (1824, Farg`ona qo`lyozmasi) mavzui badiiy talqini o`ta sodda, ranglar majmui tor, ohangi so`niq va yasamaligi bilan ajralib turadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling