Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Adabiy hayot. XVI asrda Samarqand va Buxoro mamlakatning madaniy va adabiy 
markazlari hisoblangan. Tarix va tilshunoslik, adabiyotshunoslik va sufiylikka doir XVI asrda 
yozilgan va bizgacha etib kelgan asarlar o`sha davrdagi adabiy, falsafiy va ijtimoiy qarashlarni 
o`rganishda katta ahamiyatga ega. Bunday asarlar sirasiga Mas`ud ibn Usmon Ko`histoniyning 
“Tarixi Abulxayrxoniy”, noma`lum muallifning “Tarixi guzida nusratnoma”, Abdulloh 
Nasrullohiyning 
“Zubdat 
al-osor”, 
Kamoliddin 
Binoiy 
va 
Muhammad 
Solhining 
“Shayboniynoma”, Fazlullox ibn Ro`zbexonning “Mehmonnomayi Buxoro”, Hofiz Tanish al-
Buxoriyning “Abdullanoma” Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”, Muhammad Xaydarning 
“Tarixi Rashidiy”, Boburning “Boburnoma”, Zayniddin Vosifiyning “Badoi al-vaqoe”, Ali Safiy 
ibn Husayn Voiz Koshifiyning “Rashahat ayn ul hayot” kabilarni kiritish mumkin. 
Hofiz Ko`hakiy (1490-1584) Ulug`bekning shogirdi Ali Qushchining avlodidan bo`lib, 
shayboniylar davrining etuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom ilmidagi olimi bo`lgan. Uning “Tarixi 
ali Chingiz” (“Chingizxon va uning avlodlari tarixi”), “Sharhi odobul al-munozara” (“Odob va 
ahloq to`g`risida munozara” kitobiga sharh), “Favoid ziyoiya” (“Munavvar foydalar”) kabi asarlari 
ma`lum. 
XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda ko`plab adiblar, shoirlar bo`lib, ular orasida 
forsigo`y shoir Abdurahmon Mushfiqiy ajralib turadi. Hajviy shoir sifatida shuhrat qozongan. 
Mushfiqiy Abdullaxonning saroy shoiri bo`lgani uchun unga atalgan ko`plab madhiyalari saqlanib 
qolgan. Shayboniy hukmdorlar, shahzodalarning ko`plari ham shoir bo`lishgan. Shayboniy, 
Ubaydiy, Xoniy va boshqalarning she`rlari bizgacha etib kelgan. Shu davrda ijod etgan shoirlardan 
Majlisiyni qayd etib o`tish joiz. Uning “Qissai Sayfulmuluk” dostoni xalq mehrini qozongan. 
Asarda adolat, yaxshilik va ezgulik madh etilgan, podshohlar adolatga chaqirilgan, xotin-qizlar 
xuquqlarini himoya qilish g`oyalari ilgari surilgan. Shoir Ibodulla Sayid Podshoxoja ibn 
Abdulvahhobxoja ham mashhur bo`lib, u Xoja taxallusida ham nasr, ham nazmda ijod qilgan. 
Buxoroda bu davrdagi adabiy hayot to`rtta asosiy tazkira-Mutribiyning “Tazkirat ash-
shuaro”, Maleho Samarqandiyning “Muzakkir al-ashob”, Mulla Sodiq Samarqandiyning “Riyoz 
ash-shuaro” va Nurmuhammad Nasafiyning “Mazhar al-musannifin”larni yaratilishi bilan e`tiborga 
molik. 
Turdi Farg`oniy, Mulla Mastiy Oxundiy va boshqalar shu davr adabiyotida progressiv rol` 
o`ynadilar. Ularning g`azallarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi adolatsizliklar qoralandi. Shuningdek, 
Sayid Nasafiy ijodi alohida ajralib turadi. Uning “Xayvonotnoma”asari mashhur. Shoir hayvonlar 
timsoli orqali adolatsizlik, poraxo`rlik, amaldorlarning kirdikorlarini fosh etadi. 
Shoir Mujrim Obid o`zbek va tojik tillarida yozilgan she`rlaridan maxsus devon tuzgan. 
Bulardan tashqari Vola, Shavqiy Kattaqurg`oniy Xiromiy kabi shoirlar ham ijod qilishgan. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling