Ma`deniyat taniw uzb


 – MAVZU  XVI -XIX ASR BIRINCHI YARMIDA O`ZBEK MADANIYATINING HOLATI


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

13 – MAVZU 
XVI -XIX ASR BIRINCHI YARMIDA O`ZBEK MADANIYATINING HOLATI 
 
XV asr oxirida Movarounnahr taxti uchun temuriy shahzodalar o`rtasidagi tinimsiz 
kurashlar oqibatida saltanat tanazzulga yuz tutdi. Natijada Movarounnahrni egallashni o`z oldiga 
maqsad qilib qo`ygan Muhammad Shayboniyxon uchun qulay fursat vujudga kelgan. Uning 
temuriylarga qarshi 1500-1509 yillarda olib borgan shiddatli kurashlari oqibatida Movarounnahr, 
Xorazm va Xurosonni o`z ichiga olgan Shayboniylar davlati vujudga keldi va o`zbek davlatchiligi 
tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi. Samarqand poytaxt shahar deb 
belgilandi. Biroq 1510 y. Muhammad Shayboniyxon Eron safaviylari shohi Ismoildan mag`lub 
bo`lib, qatl etilgach, Xuroson qo`ldan ketgan. Shayboniylar orasida yuz bergan ma`naviy 
parokandalikdan foydalanib Ismoil Safaviy Movarounnahr hududini egallab olmoqchi bo`lgan. 
Ammo Ubaydulla Sulton boshchiligidagi shayboniy sultonlar bu tazyiqni bartaraf etib, mamlakat 
hududini saqlab qolishga erishganlar.
Shayboniylar davrida, ayniqsa ulardan Ubaydullaxon (1533-1539) va Abdullaxon II (1583-
1598) hukmronlik qilgan yillarda mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotida birmuncha o`zgarishlar 
ro`y berdi. Ubaydullaxon davrida mamlakat poytaxti Buxoroga ko`chirilgach, shayboniylar davlati 
Buxoro xonligi deb ataladigan bo`ldi. 
Buxoro xonligidagi madaniy hayot. Islom. O`rta Osiyo hududida X-XII asrlarda vujudga 
kelgan so`fiylik tariqatlari bu davrga kelib nafaqat diniy sohada, balki siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotda ham muhim rol` o`ynay boshladilar. Ayniqsa naqshbandiylik tariqati keng quloch yozgan. 
Siyosiy hokimiyat shayboniylar sulolasi qo`liga o`tishi bilan temuriylar davridagi diniy arboblar 
o`rnini yangilari egallay boshladi. Xususan, XVI asrning ikkinchi yarmidan Jo`ybor xojalari 
(shayxlari) nufuzi kuchaydi. Mashhur Maxdumi A`zam Kosoniy (1549 yil vafot etgan)ning shogirdi 
bo`lgan Jo`ybor xonlaridan Xoja Muhammad Islom va uning o`g`li Xoja Sa`dlar mamlakat
ma`naviy, siyosiy – iqtisodiy hayotida etakchi rol o`ynaydilar. Ular XVI asrning ikkinchi yarmida 
Buxoroning shayxulislomlari, shayboniylar hukmdorlarining pirlari bo`lishgan. Ularning Jo`ybor 
xojalari nomini olishi Xoja Muhammad Islomning bobosi Xoja Muhammad Yahyo Buxorodagi 
Jo`ybor degan mavzega ko`chib kelishi bilan bog`liqdir. Jo`ybor xojalari o`zlarini islom dinini 
targ`ib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo avlodi deb 
hisoblaganlar. 
Xoja Muhammad Islom shayboniylar davlatidagi toj-taxt uchun bo`lgan kurashlarga 
aralashib, o`z muridi Abdullaxon II ning taxtga chiqishiga yordam bergan. Shu tufayli unga Buxoro 
yaqinidagi Sumiton qishlog`i in`om etiladi. Jo`ybor xojalarning ota-bobolari Buxoro yaqinidagi 
Chor bakr mozoriga qo`yilgani uchun XVI asrdan boshlab bu er ziyoratgohga aylantirilgan. 
XVI asrdan e`tiboran O`rta Osiyoda ijtimoiy-falsafiy tafakkur ikki bosqich (XVI-XVII
asrlar va XVIII - XIX asrning birinchi yarmi)da rivojlangan. Birinchi bosqichga Mirzajon 
Sheroziy, Yusuf Qorabog`iy, Muhammad Sharif Buxoriy, Inoyatullo Buxoriy kabi o`z davrining 
etuk faylasuflarini kiritish mumkin. Ular falsafa, tarix, tilshunoslik bo`yicha ko`plab asarlar 
mualliflari bo`lishlari bilan birga falsafiy xarakterdagi ko`plab sharhlar va izohlar ham yozishgan. 


101 
Masalan, Yusuf Qorabog`iy (1563-1647) o`tmishdagi buyuk faylasuflarning an`analarini davom 
ettirib, XVI-XVII asrlarda falsafaning O`rta Osiyodagi taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan. Uning 
“Risolai botiniyya” (bu asar “etti jannat” nomi bilan mashhur), “Fi ta`rifi ilm” (“Ilm ta`rifida”), 
“Mafotih” (“Kalitlar”) va boshqa asarlari ma`lum. Olim, shuningdek, arab tili, mantiq, riyoziyot
lug`atshunoslik va fiqh masalalariga oid qator risolalar, she`rlar ham yozgan.
O`rta Osiyo falsafiy tafakkuri Hindistondagi Boburiylar davlatiga ham yoyilib, hind 
falsafasi bilan ma`lum darajada uyg`unlashgan. Bunda Bedil falsafasi keng tarqalgan. Bedil inson 
erkinligi, tafakkuri haqida falsafiy fikrlar bayon etgan. Uning yirik asari “Chor unsur” (“To`rt 
unsur”, 1703)da to`rt unsur - havo, suv, er, olov to`g`risida; o`simliklar, hayvonlar va odamning 
paydo bo`lishi haqida so`z yuritiladi. Bedil “Irfon” (“Bilim”, 1711-12; “Komde va Mudan”, 
“Nukot” asarlari ham shuning tarkibida) dostonida falsafa, tarix, tabiyot, adabiyot va ilohiyotning 
xilma-xil masalalariga to`xtalgan. Bedilning ijtimoiy masalalarga oid qarashlarida ma`rifatparvarlik, 
muruvvat va odamiylik asosiy o`rinni egallaydi. Uning asarlari ayniqsa XIX asrdan O`rta Osiyoda 
keng tarqalgan. Ikkinchi bosqichda ayrim sharhlar, falsafiy risolalar yozilgan. Falsafiy tafakkur 
sohasidagi yirik muallimlari bu davrda uchramaydi, tasavvuf ta`siri kuchaygan, ijtimoiy-siyosiy 
xarakterdagi she`rlar bitgan shoirlar ijod qilgan.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling