Ma`deniyat taniw uzb


Xiva xonligidagi adabiy hayot


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Xiva xonligidagi adabiy hayot. Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotidagi voqealar 
madaniy hayotga ham ta`sir etmay qolmadi. Ijtimoiy tafakkurning barcha sohalarida reaktsion va 
progressiv dunyoqarash o`rtasida kurash olib borildi. Buni biz o`sha davrda yaratilgan 
tarixshunoslikka oid asarlarda va she`riy to`plamlardan kuzatishimiz mumkin. Abulg`ozi 
Bahodirxonning ikki tarixiy asari alohida e`tiborga sazovor. 
Abulg`ozi (1603-1664) nafaqat Xiva xoni, balki turkiy va forsiyda ijod etgan yirik tarixchi 
olim hamdir. Uning “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlari O`rta Osiy xalqlari tarixi 
bo`yicha qimmatli manba hisoblanadi. Abulg`ozi tib ilmiga oid “Manofi`ul inson” (“Insonga 
foydali narsalar”) asarini ham yozgan. Xiva xonligida ijod etgan adiblardan Andalib, Pahlavon 
Ravnaq, Rahim, Nishotiy, Muhammad Hokisorlarni sanab o`tish mumkin.
XVII – XVIII asrlarda “Go`ro`g`li” dostonlari turkumi va “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G`arib 
va Shohsanam”, “Sayyodxon va Hamro”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bahrom va 
Dilorom” kabi xalq-fol`klor dostonlari xalq orasida keng tarqaldi. Bu davrda Muhammad Yusuf 
Rojiy, Bobojon Sanoiy, Xudoybergan Muhrkan, Muhammad Yoqub Devon Xorazmiy, Muhammad 
Rizo Oxund va boshqa xattotlar ijod etdi. 
Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlari “Firdavs ul iqbol”, “Riyoz ad-davla”, “Zubdat at-
tavorix”, “Gulshani davlat” va boshqalar Xiva xonligi tarixini o`rganishda beqiyos qimmatga ega. 


103 
Munisning “Savodi ta`lim” asari yoshlarni xattotlik san`atini o`rganishlariga bag`ishlangan. 
Bu davrda Xorazimda ko`plab tarixiy, ilmiy va badiiy asarlar o`zbek, tiliga tarjima qilingan. 
Xonlikda o`ziga xos tarjima maktabi shakllangan. Ogahiy, Komil, Sanoiy, Dilovar xoja
Muhammad Yoqubxo`ja va boshqalar ko`plab asarlarni tarjima qilishgan. 
Komil Xorazmiy (1825-1899) shoir, bastakor, xattot va rassom bo`lgan. U musiqaga oid 
“Xorazm notasi”ni yozgan. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling