Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Tabiiy fanlar. XVI-XIX asrlarda o`tgan davrga nisbatan O`rta Osiyo tabiiy fanlar rivojida
birmuncha turg`unlik holati vujudga keldi. Bu jamiyat madaniy hayotida va musulmon 
ruhoniylarining mutaassib qatlamini nufuzi kuchayib ketishi bilan bog`liq edi. Shunga qaramay 
O`rta Osiyolik olimlar o`tmishdagi buyuk ajdodlari Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, 
Ulug`bek, Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi allomalarning asarlariga sharhlar 
yozdilar, yangi g`oyalarni o`rtaga tashladilar. Bu davr matematik olimlari qatorida Muhammad al -
Xodi Toj al-Sayidiy, Latif Muhammad ibn Bobo Samarqandiy (Bobokalon Muftiy nomi bilan 
shuhrat qozongan), Muhammad Amin al-Mo`minobodiy, Abdusamad ibn Qozi Muhammad 
Akbarxon (Xon Ulum laqabi bilan mashhur), Tursun az-Zominiy al-Farxiziy, Soqi Muhammad ibn 
Muhammad Amin as-Son Chahoryoqiy, Mirza Bade` devonlarni ko`rsatish mumkin. 
Bu olimlardan Latif Muhammad ibn bobo Samarqandiy (XVI asr)ning O`rta Osiyodagi 
madrasalarda XVII – XIX asrlarda darslik sifatida o`qitilgan. “Risola dar ilmi hisob” (“Hisob ilmi 
risolasi”), “Vasiyat bar chahor qism” (“To`rt xil vasiyat”) va boshqa asarlari diqqatga sazovor. 
Qozizoda Rumiyning nabirasi Mahmud Muhammad Miram Chalabiy astronomiya va 
matematikaga oid bir qancha asarlar yozgan. 
Ashtarxoniylardan bo`lgan Buxoro xoni Subxonqulixon ilmi nujum (astronomiya)ga doir 
“Lubb ul-laviyih ul-qamar fil-ixtiyorot” (“Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati”) 
risolasi muallifi hisoblanadi. Astronomiya ilmi rivojiga, shuningdek Ahmad Donish (1827-1897) 
ham munosib xissa (“Manozir ul-kavokib”), (“Sayyoralarning joylashishlari” asari) qo`shgan. 
XVI-XIX asrlarda geografiya fani ham birmuncha rivojlandi. Goegrafiyaga doir maxsus asarlardan 
tashqari memuar xarakterdagi risolalar, sayohatnomalar paydo bo`ldi. Nizomiddin Abduvali al-
Birjandiy, Bobur, Sulton Muhammad al-Balxiy, Hofiz Tanish al-Buxoriy, Mahmud ibn Vali, Sayid 
Muhammad Tohir ibn Abdulqosim, Abulg`ozi Bahodirxon, Abdulkarim Buxoriy, Xudoyberdi ibn 
Qushmuhammad, Abu Toxirxoja Samarqandiy kabilar bu sohaga munosib hissa qo`shganlar. 
Jumladan, Birjandiy (taxminan 1525 yil vafot etgan) “Ajoyib ul-buldon” (“Mamlakatlar 
ajoyibotlari”) asarida O`rta Osiyoda keng tarqalgan bo`lib, unda etti iqlimdagi dengizlar, tog`lar, 
daryolar, shuningdek yirik shaharlar – Samarqand, Buxoro va Xorazm haqida qiziqarli ma`lumotlar 
keltirilgan. 
Boburning “Boburnomasi”da Farg`ona vodiysi, Buxoro, Toshkent, Hisor, Xirot, va 
Qobulning tabiiy sharoitlari keltirilgan hamda boshqa mamlakatlar haqidagi geografik ma`lumotlar, 
o`simlik va xayvonot dunyosi, aholisi haqida qiziqarli faktlar keltirilgan. 
O`rta Osiyo xalqlari o`rtasida tibbiyotga doir asarlar keng tarqalgan. Ularning orasida 
Sharq olimlarining tibbiyotga oid mumtoz asarlarining tarjima qilingan nusxalari, shuningdek
mahalliy olimlarning risolalari ham bo`lgan. Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf al-Hiraviyning fors 
tilida yozilgan “Jome` al-favoid” (“Foydali ma`lumotlar to`plami”) asari (1511y) ko`plab 
kasalliklarni davolashda qo`llanma bo`lgan. U 1882 yil Mulla Muhammad Zohir al-Xorazmiy 
tomonidan o`zbek tiliga tarjima qilingan. Shuningdek Nurulloh A`lo al-Hakim, Mulla Muhammad 
Yusuf Qahhol, Ubaydulloh ibn Yusuf Ali, Muhammad Kozim, Solih ibn Muhammad Solih 


102 
Qandahoriy, Ja`farxo`ja ibn Nasriddinxo`ja, Junaydullo ibn Shayx al- Islom, Muhammad Sharif 
Buxoriy va boshqalar tibbiyot sohasiga oid ko`plab asarlar yozdi. Subhonqulixonning “Ihyo at-tibb 
Subhoniy” asari turli kasalliklarni davolashga bag`ishlagan. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling