Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Amaliy bezak san`ati. XVI-XIX asrlar amaliy bezak san`atida ikki asosiy yo`nalish-rasmiy 
va xalq san`ati mavjud bo`lgan. Xalq san`ati izchil, birmuncha erkin, hayotga yaqinroq bo`lgan. 
Xalq san`ati ko`p turli an`analarni saqlab qolgan, biroq XVII asr oxiridan e`tiboran uning 
rivojlanishida turg`unlik holatlari kuzatila boshlandi, buyumlar turi, shakli va bezagi soddalashib 
borgan. 
XVI asr oxiri – XVII asrda amaliy bezak san`ati sekin rivojlandi, bu mujassamot 
tuzilishidagi bir xillikda, bezakning murakkablashuvi va vazminlashuvida, gullarning maydalashuvi 
va takomillashuvida, tashqi bezakning kuchayishida o`z ifodasini topdi. 
XVIII asrdagi murakkab tarixiy sharoitlarda amaliy bezak san`ati garchi sekin rivojlansada, 
biroq u o`zining asosiy hayotiylik mazmunini va ip matolar ishlab chiqarish, ipakchilik, gilamchilik, 
palos to`qish, zargarlik, kulolchilik, charm, tosh, yog`och, metalga badiiy ishlov berish kabi barcha 
turlarini saqlab qoldi. XVIII asrning oxirida amaliy bezak san`ati taraqqiyotida yuksalish ko`zga 
tashlanib, u XIX asrning so`nggi choragiga qadar davom etgan. XIX asrning birinchi yarmida qat`iy 
shakl mujassamotini tuzishga intilish kuzatiladi. Bu xususiyatlar, ayniqsa, badiiy hunarmandchilik 
(abrli matolar guli, zardo`zlik, kandakorlik)da aniq ko`zga tashlanadi. Naqsh mujassamoti va mavzu 
shakliga ko`ra bir oz qat`iy, sipo va tashqi ko`rinishi takomillashgan. Xonadonlarda yaratilgan 
kashtalarda XVIII asr san`ati xususiyatlari (soddalik va go`zallik) uzoqroq saqlangan. Bu davr 
amaliy bezak san`atining barcha sohalari shakl, rasm va o`ziga xosligini saqlagan.
Miniatyura. Movarounnahrda miniatyura san`ati XVI-XVII asrning birinchi yarmida 
ravnaq topdi. O`rta Osiyo xalqlari orasida miniatyura san`ati “naqshi nigor” nomi bilan ma`lum 
bo`lgan. Bugungi kunlarimizda jahon muzeylari to`plamlarida O`rta Osiyo musavvirlari tomonidan 
bezatilgan 60 dan ortiq nodir qo`lyozmalar saqlanadi. Mahalliy va Hirotlik ustalarning o`zaro ijodiy 
hamkorligi tufayli Samarqand va Buxoroda miniatyura maktablari gullab yashnadi. Behzod 
an`analari bilan bog`liq birinchi yo`nalish qalamtasvirining o`ta nozikligi, manzara va me`moriy 
tasvirlarga boyligi, jarangdor, tiniq ranglarning uyg`unligi, murakkab mujassamoti bilan diqqatga 
sazovor. Mahmud Musahhib va Chag`ri Muxassin (Nizomiy asarlariga ishlangan rasmlar, 1537-38 
yillar), “Ash`or”ni bezagan noma`lum musavvir (1529 y.) va boshqalar mashhur bo`lgan. Ikkinchi 
yo`nalish qahramonlar sonining cheklanganligi, tasviriy vositaning lo`ndaligi, ixcham mujassamoti, 
keskin ranglarga boyligi bilan farqlanadi. Jumladan, Shayboniylar davrida hukmdorlar uchun 
shajaraviy, tarixiy asarlar ko`plab yaratilib, ular miniatyuralar bilan bezatildi. Xususan, 
Muhammad Shodining “Fathnoma” (1502-1507), Ma`sud ibn Usmon Qo`histoniyning “Tarixi 


105 
Abdulxayrxoniy” va boshqalar shular jumlasidandir. Miniatyuralarda hukmdorlar va ularning turli
hayotiy jarayonlardagi tasvirlaridan tashqari, tasavvuf g`oyalari, fol`klor, mehnat va ijod, tabiat, 
hayvonot dunyosi kabi mavzular aks ettirildi. 
XVIII asrda madaniy hayotning keskin pasayishi kuzatiladi. Ammo shunday bo`lsada 
kitobat san`atining rivojlanishi musavvirlarning faollashuviga olib keldi. XIX asr boshlarida 
yaratilgan qo`lyozmalardagi suratlarda avvalgi badiiy nafosat ko`rinmaydi. Hindiston, Qashg`or va 
Eron miniatyura maktablariga taqlid ortdi. Xususan, Navoiyning “Xamsa”siga ishlangan 
miniatyuralar (1824, Farg`ona qo`lyozmasi) mavzui badiiy talqini o`ta sodda, ranglar majmui tor
ohangi so`niq va yasamaligi bilan ajralib turadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling