Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

 
 
 
 
 
 
14 - MAVZU 
MUSTAMLAKA VA MUSTABID TUZUM SHAROITIDA MADANIYAT
 
O`rta Osiyo xonliklarining siyosiy-iqtisodiy, xarbiy jihatdan qoloqligi, tarqoqligi, o`zaro 
adovatidan unumli foydalangan podsho Rossiyasi Turkistonni bosib olishga kirishgan. 1868 y. 
Buxoro xonligi, 1873 y. Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylanib, siyosiy mustaqillikdan mahrum 
bo`lgan. 1876 y. Qo`qon xonligi tugatilib, 1867 yil tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligi 
tarkibidagi Farg`ona oblastiga aylantirilgan. Shu tariqa o`lkada chorizmning mustamlakachilik 
rejimi o`rnatilgan. 
Turkiston o`lkasi xalqlari og`ir mustamlaka sharoitida yashashlariga qaramay, ularning 
ijodkorlik faoliyati to`xtab qolmagan. Buni Xiva xonligi misolida ham ko`rishimiz mumkin, 
xususan Muhammad Rahimxon II (Feruz) (xonlik davri 1864-1910) davrida Xivada mashhur 
kutubxona tashkil etiladi. Kutubxona dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan nodir 
qo`lyozmalar bilan muttasil boyitib borilgan. O`rta Osiyoda birinchi marta Xivada litografiya 
tashkil qilinib, noshirlik ishlari yo`lga qo`yiladi. Bu hol ma`naviy-ma`rifiy ishlarni rivojlantirishda, 
o`lka milliy-madaniy merosini boyitishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Shu o`rinda, Muhammad 
Rahimxonning o`zi ham shoir va bastakor bo`lib, she`rlarini “Feruz” taxallusi bilan nashr ettirgani, 
shular qatorida zamondosh adibu olimlar asarlarini ham chop qildirganligini alohida ta`kidlab o`tish 
lozim. Uning Xorazm shoirlari haqidagi “Majmuat ush shuaro” tazkirasi juda mashhur edi.
Xivaga kelgan sharqshunos olim A.N.Samoylovich xon kutubxonasini ko`rishga muyassar 


107 
bo`lgan. Rus olimida kutubxonaning boyligi va undagi kitoblarning muayyan tartib va tabaqalar 
bilan saqlanishi juda katta taassurot qoldiradi. U o`zining “Xiva saroy kutubxonasi va kitob chop 
etish” nomli maqolasida bu kutubxonaga katta baho beradi
1
.
Bu kutubxonalarda nafaqat O`rta Osiyoda yozilgan, balki xorijiy mamlakatlarda nashr 
etilgan ko`plab kitoblar ham saqlanar edi. Bu erda arab va fors tillaridan o`zbek tiliga tarjima 
qilingan asarlar ham mo`l bo`lgan, xonning o`zi saroyga shoir va olimlarni to`plagan. Kutubxona 
qoshida xattotlar va musavvirlardan iborat katta guruh faoliyat ko`rsatgan.
Kitob, qo`lyozmalarni yig`ib borish, ularni ma`naviy-milliy boylik sifatida e`zozlash va 
saqlash, kelajak avlodga berish xalqimiz orasida uzoq yillar davomida an`ana va odatga aylangan 
edi. 
Qo`qon qadimdan hunarmandchilik markazi bo`lgan. Qo`qonda misgarlik, zargarlik
o`ymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qog`ozgarlik, badiiy to`qimachilik, do`ppichilik, kashtachilik, 
temirchilik, ko`priksozlik kabilar rivoj topgan. Qo`qon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur 
bo`lgan. Ayniqsa, Qo`qon qog`ozi hunarmandchilikning alohida tarmog`i sifatida nom qozongan va 
O`rta Osiyoda eng sifatli qog`oz hisoblangan.
XX asr boshiga kelib Qo`qonda 52 madrasa 120 ta eski maktab, o`ndan ortiq jadid maktabi,
3 ta rus-tuzem maktabi, savdo-tijorat maktablari bor edi. Sadoi Farg`ona”, “Yangi Farg`ona”, 
“Qo`qon sadosi” gazetalari chop etila boshlagan. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling