Ma`deniyat taniw uzb


Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat soxasidagi siyosati


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat soxasidagi siyosati. Turkiston 
podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingach, rus olimlari tomonidan mahalliy xalqlar tarixi, 
etnografiyasi, arxeologiyasini o`rganishga oid dastlabki ilmiy ishlar yaratildi. Turkistonda muzey 
ochildi, kutubxona ish boshladi. Bu davrda O`rta Osiyo tarixi, etnografiyasi, iqtisodi, botanikasi, 
arxeologiyasi va madaniyatiga oid noyob bibliografik asar – “Turkiston to`plami” (594 j.dan iborat) 
hamda «Turkiston al`bomi» yaratildi. Rus va o`zbek tillarida gazetalar (“Turkestanskie vedomosti”, 
“Turkiston viloyatining gazeti” va boshqalar) hamda jurnallar chop etildi. Maorif sohasi ham 
rivojlandi. Ammo bu sohadagi har qanday o`zgarishlar Rossiya imperiyasi mustamlakachilik 
manfaatlariga bo`ysundirilgan edi.
Mustamlakachilar madaniyat sohasida ruslashtirish siyosatini yurgizdilar. Bu avvalo maorif 
tizimi-maktab va madrasalardan boshlandi. O`lkada «rus-tuzem» maktablari ochila boshlandi. 
Dastlabki «rus-tuzem» maktabi 1884 yil 19 dekabrda Toshkentda ochildi. XIX asr oxirida ularni 
soni yuzdan oshib ketdi. 1917 yilning boshlarida esa 170 taga etgan edi. Bunday maktablarda
o`quv jarayoni ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismda 2 soatlik mashg`ulotni rus o`qituvchisi 
(o`quv, yozuv, hisob bo`yicha), ikkinchi qismda esa saboqni o`zbek muallimi olib borgan. Uni 
ochishdan asosiy maqsad – mustamlaka ma`muriyati uchun tarjimon (tilmoch)lar tayyorlash edi. 
Rus-tuzem maktablari uchun S.M.Gramenitskiyning 3 qismdan iborat ruscha kitoblari, Saidrasul 
Saidazizovning «Ustodi avval» (1902), Ali Asqar Kalininning «Muallimi soniy» (1903) darsliklari 
nashr etildi.
Mahalliy aholi turmushiga ma`naviy – ruhiy tazyiq o`tkazish dasturida o`lka xotin-qizlarini 
va oilalarni ruscha hayot tarziga o`rgatish alohida o`rin egallagan. Buning uchun o`lkada xotin-
qizlar ambulatoriyalari ko`paytiriladi.
XIX asr oxiriga kelib jahonning bir qancha mamlakatlarida hayot tarzining yuksakligi, 
ijtimoiy tartibotlarning inson tabiatiga muvofiqligi, ilm-fan taraqqiyotining yuqoriligi turkistonlik 
ziyolilarni ham sergaklantirdi. Ta`lim tizimini yaxshilash, uning samaradorligini ko`tarish ehtiyoji 
paydo bo`ldi. Dastlab, 1884 yilda Qrimning Boqchasaroy shahrida Ismoilbek Gaspirali tomonidan 
birinchi jadid maktabi tashkil etildi. Musulmoncha ta`lim tizimining mohiyatiga dahl qilmagan 
holda ta`limning mazmunini boyitish, chuqurlashtirish va uni dunyoviy ruh bilan sug`orish, 
yoshlarni tezkor sur`atlar bilan hayotga tayyorlash, ularni zamonaviy ilm-fanni qiynalmay 
o`zlashtira olish darajasiga etkazish jadid maktablarining oldidagi asosiy vazifa edi. 
Turkiston o`lkasida ham jadid maktablari ochildi. Ushbu maktablar uchun Mahmudxo`ja 
Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Xamza, Isoqjon 
1
Самойлович А.Н. О Хивинской придворной библиотеке и книгопечатании .// Туркестанские ведомости, 1880, 
№24. 


108 
Ibrat, Saidrasul Saidazizov, Saidahmad Siddiqiy va boshqa jadidchilik namoyandalarining tuzgan 
darslik va o`quv qo`llanmalari saviyasi jihatidan eng zamonaviy pedagogik asarlar darajasida edi. 
Podsho ma`muriyati bunday maktablar milliy madaniyatning o`sishiga yordam berishidan 
cho`chib, ular faoliyatini bo`g`ish uchun turli tadbirlar ko`rdi.
Teatr. Rossiya mustamlakachiligi davrida Turkiston o`lkasiga o`z g`oyaviy-estetik 
xususiyatlari bilan mahalliy an`anaviy teatrdan keskin farq qiluvchi rus, keyinroq tatar va 
ozarbayjon teatr to`dalari kirib kela boshladi. O`zbek madaniyatining ilg`or namoyandalari (Furqat, 
Ahmad Donish, Behbudiy, Abdulla Avloniy va b.) mahalliy aholini ulardan o`rganishga chaqirdilar. 
Shu tarzda milliy teatr yaratish harakati yuzaga keldi, unga jadidlar bosh bo`ldi. 1914 yil 
Samarqandda Behbudiy boshchiligida tashkil etilgan birinchi o`zbek havaskorlik teatr guruhi, uning
«Padarkush» dramasini sahnalashtirdi. O`sha yil Toshkentda Abdulla Avloniy tuzgan teatr guruhi 
ham «Padarkush» bilan ochildi. Tadqiqotchilarning ma`lumotiga qaraganda «Padarkush» 
p`esasidan keyin 1917 yilgacha o`zbek dramalarining soni 40 ga etgan. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling