Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Musiqa. XVI-XIX asrning birinchi yarmida musiqiy hayot asosan poytaxt va yirik
shaharlarda jonlandi. Mohir musiqachilar xuddi avvalgi davrlardagi kabi hukmdorlar saroyida to`plangan. O`tmish an`analariga sadoqat, vorisiylik, mohirona ijrochilik san`ati tufayli Buxoro va Samarqand O`rta Sharqning musiqa markazlariga aylandi. XVI asr boshida Xurosonning, Hirot va boshqa shaharlaridan Movarounnahrga ko`plab musiqachilar keldi. Buxoroga Husayn Udiy, G`ulom Shodi va boshqa atoqli qo`shiqchilar, sozandalar, musiqa nazariyotchilari ko`chib keldi. Bu ma`lum darajada mahalliy musiqa-ijrochilik va musiqiy-nazariy faoliyatning jonlanishiga olib keladi. XVI-XVIII asrda maqom janri taraqqiy etdi. XVIII asr o`rtasida Buxoro (tojikcha-o`zbekcha) Shashmaqomi shakllandi. Movarounnahr musiqachilari Hindiston, Turkiya, Eron, Afg`oniston, Xitoy, Rusiya davlati bilan musiqiy aloqalar o`rnatganlar. Ushbu mamlakatlarning musiqachilari va shoirlari ijodi O`rta Osiyo shaharlarining musiqiy hayotini qandaydir ma`noda boyitishga xizmat qildi. Bu davrning musiqiy hayotida Najmiddin Kavkabiy, Ja`far Qonuniy, Ali Do`st Nayi, Hofiz Mahmud, Hofiz Miraklar mashhur bo`lishgan. Xususan, Najmiddin Kavkabiy musiqashunos, shoir, bastakor bo`lib, musiqa ilmi va amaliyotining turli masalalariga doir ilmiy qismlar yozgan. “Risolai musiqiy” asarida ilmi musiqiy, o`n ikki maqom tizimiga oid nazariy tushunchalar berib, turli zarb- usullarining nomini keltirib ta`riflagan, kuyning amaliyotidagi xillari haqida ma`lumot bergan. Kavkabiy maqomlarni kecha-kunduzning qaysi soatlarida ijro etilishi va har xil ruhiy halovatdagi kishilarga ta`siri masalalarini bayon etgan. Ayniqsa Darvish Ali Changiy shuhrat qozongan. Uning “Risolayi musiqiy” asarlarida XV asr oxiri – XVII asr boshida Movarounnahrda yashagan, ijod etgan ijrochilar, bastakorlar haqida batafsil ma`lumot to`plangan. Shunday qilib XVI-XIX asr birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning rivojlanishi bir muncha susaygan bo`lsada, Movarounnahr aholisining madaniy darajasi nisbatan yuqoriligicha qolgan. Teatr. XVI-XVIII asrlarda masxarabozlik teatri nafaqat poytaxt shaharlar – Buxoro, Xiva, Qo`qonda, balki boshqa shaharlarda ham faoliyat olib borgan. Turli xonliklardagi teatr guruhlari bir-biridan ijro usuli, mahorati, repertuari va taqdim etish shakllari bilan farq qilishgan. Buxoro vohasida XVIII-XIX asrlarda Sayfulla masxara, Zokir masxara, Ergash masxara va boshqalar o`z spektakllari bilan tomosha ko`rsatganlar. Qo`qon xonligida XVIII asr boshida qiziqchilik teatri faoliyat yuritgan. Muhammad Solih Bidiyorshum ko`plab og`zaki p`esalar ijro etgan. Bidiyorshum truppasida 30 dan ortiq aktyorlar, qiziqchilar (Bahrom qiziq, Mo`min qiziq, Davlatyor qiziq va boshqalar) bo`lgan. Ular shaxarning Chorsu maydonida, ba`zan xon saroyida qiziqchilik qilganlar. XVI-XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyoda qo`g`irchoq teatri keng tarqalgan. Uning “Qo`l qo`g`irchog`i”, “Chodir xayol” kabi turlari bo`lgan. Ularning har ikkisida bittadan asosiy p`esa – Polvon kachal (“Qo`l qo`g`irchoq”) va “Sarkardalar” – “Amaldorlar” (“Chodir xayol”) bo`lgan. XIX asrda O`zbekiston hududida Shosolih, G`afur, Xalfarang (Qo`qon), Orifjon qo`g`irchoqboz, Azim burun, Doniyor (Toshkent), Jo`ra Qayroq, Hamro qo`g`irchoq boz (Samarqand), Sharif Sayyoh, Qori xoji (Buxoro) va boshqa usta-qo`g`irchoqbozlar o`z maktablarini yaratganlar. Bu davrda raqs san`ati ham yuksak rivojlangan. Xalq-raqs san`atining Farg`ona maktabi o`z tarkibiga quyidagi raqs turlari va guruhlarini olgan: “Katta o`yin”, “Xonaki o`yin”, “Yalla” va boshqalar. Shulardan “Katta o`yin” murakkab raqs kompozitsiyasiga ega bo`lib, 60 usuldan tashkil topgan. Xorazmda “Maqom o`yin”, “Lazgi”, “Qayroq o`yin”, “Yalla” va boshqa raqs turlari 106 tarqalgan. Buxoroda raqs maktabi ettita katta va kichik shakllardan tashkil topgan: “Maqom o`yin”, “Qayroq o`yin”, “Xonaki o`yin”, “Zang bozi”, “Yalla” va boshqalar. XVI-XIX asrning birinchi yarmida sayyor tsirk artistlari – dorbozlar, akrobatlar, ko`zboylag`ichlar, jonglyorlar, hayvon o`rgatuvchilar va boshqalar shahar va qishloqlar maydonlarida tomosha ko`rsatib o`zlarining mahoratlarini namoyish etishgan. XVIII asr oxiri - XIX asr boshida O`rta Osiyo xonliklarida an`anaviy teatr faoliyatida o`ziga xos uslubiy ko`rinishlar paydo bo`ldi. Buxoro amirligida, masalan, masxaraboz, qo`g`irchoqboz, raqqos va boshqalarning uyushmalari vujudga keldi, bu o`z navbatida ularning reperturarlari boyishga va ijrochilik mahoratining oshishiga olib bordi. Xorazm an`anaviy teatrida 2 turkum tomoshalar - “To`qma” va “Xatarli” o`yin yaxshi shakllandi. Farg`ona va Toshkentda qiziqchilik va askiya taraqqiy etib, so`z san`atiga alohida e`tibor berildi. Shunday qilib XVI-XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo xonliklari tarixi faqat o`zaro urushlar, ichki nizolardan iborat bo`lib qolmagan. Xatto shunday og`ir kezlarda ham mamlakatda madaniy hayot o`z rivojlanishida davom etgan. Garchi XIV-XV asrlardagi kabi yuksak darajaga erishilmagan bo`lsada, uning yutuqlarini saqlab qolishga, uni yangi g`oyalar bilan boyitishga harakat qilingan. Shunday qilib, XVI-XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo jamiyati hayoti notekis rivojlangan; ayrim o`n yilliklarda erishilgan yutuqlar, ko`pincha o`zaro nizolar tufayli yuzaga kelgan navbatdagi tanazul davri bilan almashgan. Biroq ana shunday og`ir damlarda ham o`zbek xalqining ijodkorlik faoliyati to`xtamaganidan faqat faxrlanishimiz mumkin. Qishloq, shaharlar qayta qad ko`targan. Hunarmandchilik turlari rivojlangan. Xalq ustalari tomonidan bunyod etilgan mahobatli me`moriy obidalar butun dunyoga mashhur bo`lgan. Har qanday og`ir, noqulay sharoitlarda ham xalqimizning ijodiy tafakkuri rivojlanishda davom etgan. Ular orasidan ko`plab iqtidorli olimlar, mutafakkirlar, qo`shiqchilar, musiqachilar, rassomlar, me`morlar va quruvchilar etishib chiqdi. O`zbekiston madaniyatining bir qator arboblarining ismlari insoniyat hayoti solnomasiga abadiy yozib qo`yilgan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling